🔍

Article

MA’NAVIY BOY HAYOT-UZOQ UMR GAROVI

By Sahifa materiallarini Jorabek Murodov tayyorladi. • in 2002

Bostondliqda o‘tgan uch avlod uchrashuvi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Yurtimizning tub-tubida avaylab-asrab, yangicha mazmun bilan boyitib, kelgusi avlodlarga butun moliyati bilan uzatilayotgan milliy qadriyatlarimiz, oilalarimiz, rasm-rusumlarimiz va urf-odatlarimiz ko‘p. Ular ko‘ngillarga singib, millatning ma’naviy-madaniy siyosati, bуnydkorlik ishlari mezoniga aylanadi.
BOQIY AN’ANA
Mamlakatimizning so‘lim g‘o‘shalaridan biri Bostondlikda o‘tgan «Ma’naviyat va uzoq umr sirlar» mavzusidagi uch avlod uchrashuvi xalqimizning ma’naviy milliy qadriyatlari targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Bu anjumani Toshkent viloyat hokimligi va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda viloyatimiz tuman va shaharlarida yashayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar, Misr, Malayziya, Germaniya, Indoneziya, Eron, Janubiy Koreya, Ukraina, Belarus, Rossiya va Qozog‘iston kabi bir qator davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari xodimlari, YUNISEF, OBSЕ kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Uch avlod uchrashuvini viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ^^Adiba Ahmadjonova^^ ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ^^Dilbar G‘ulomova^^ chet ellik mehmonlar, uchrashuvning boshqa qatnashchilariga mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va qarilarni qadrlash, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

Mustaqliligimizning o‘n bir yilligi arafasida O‘zbekistonda keksa avlodning qadriyatini yuqori ko‘tarib, ular hayotining ijtimoiy-iqtisodiy asosini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarga jahon hamjamiyatida qiziqish ortib boryapti. 2002 yil qarilarni qadrlash yili deb e’lon qilinganligi, ularga davlat siyosati darajasidagi ehtirom bilan oilalardagi mehr-oqibatli munosabat uyg‘unligi ko‘pchilikni hayratga solmoqda. Shu yil aprelida BMT Ispaniyada qarilikning oldini olish va bolalar tarbiyasiga bag‘ishlab to‘rt kun davomida o‘tkazgan sessiyada ham anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston tajribasi bilan tanishtirildi. Har yigirma yilda o‘tkaziluvchi bu sessiyada 200 ga yaqin davlatning shu sohaga oid amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Yurtboshimiz rahbarligida sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat dasturlari ham milliy an’analarni to‘la tiklash borasidagi ishlarni kuchaytirdi.
Kuni kecha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yana bir muhim qaror qabul qildi. Unda ko‘zda tutilgan rejalarni ro‘yobga chiqarish uchun 87 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Savol tug‘iladi: mana shu anjumanni o‘tkazish uchun nega ayni Bostondlik tumani tanlandi? Anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan bu savolga tuman hokimi [Kambarali Eshonkulov] mufassal javob berdi.

«Bizlar uchrashib turgan bu zamin necha ming yillik tarixga ega, - dedi u. Obirakhmat gori butun ^^Osiyo^^ mintaqasida inson yashab, mehnat va ijod bilan shug‘ullangan ilk manzil sifatida e’tirof etilgan. Madaniy obidalar sifatida qo‘riqlanuvchi toshlardagi rasmlar 30–40 ming yil ilgari chizilgan. Ularda kiyiklar, tog‘ echkilari mehr va hayrat bilan tasvirlangan...»

Bostonliqning iqlimi yumshoq va mo‘tadil, havosi toza, suvlarining shirin va foydali minerallarga boyligi bilan ajralib turadi. Havosida kislorod 17 foiz. Bu Alltog‘laridagidan ikki foiz kam. Bu manzilda odamlar uzoq umr ko‘rib, tabiat bilan uyg‘unlikda yashashgan.

Bugun Bostondlik qishloqlarida yuz yoshdan oshgan 80 kishi istiqomat qilmoqda. Koramanas qishlog‘idan 102 yoshli ^^Toytan momo Moldaёrova^^ 80 yoshli qizi ^^Marjonbuv^^ bilan birga bu uchrashuvga yetib keldi. Bu tabarruk momoning ko‘rgan-kechirganlari haqidagi hikoyalarini davradagi yoshu keksalar goh iztirob, goh shodion kulgu bilan tinglaydi.

Mehr-oqibatli bo‘ling, kam bo‘lmaysiz, dedi momo har hikoyasini yakunlab.

Bugungi Bostondlik iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida o‘ziga xos qadamlar bilan kirib borayotgan mustaqil O‘zbekistonimizning yorqin bir timsoli. Meva-sabzavot va chorvachilik yo‘nalishlaridagi qishloq xo‘jaligi, keng tarmoqli sanoat ishlab chiqarishi rivojda. Bugun tumanlarda yettita O‘zbekiston–AQSh «Konmit», «Iskandar-Fude», O‘zbekiston–Angliya «Konvin», O‘zbekiston–Niderlandiya–Amerika «G‘azalkent-Oyna» kabi qo‘shma korxonalari zamonaviy texnika va texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish sur’atlarini oshirib boryapti.

«MEHMONDOST BIR ELNI KO‘RDIM»

Uchrashuvda uzoq umir ko‘rish sirlari, so‘glom avlodni kamol toptirish, keksa avlodni ijtimoiy himoyalash, sogliqni saqlash tizimidagi tajribalar haqida keng fikr alishuv bo‘lib o‘tdi. Noyob ne’mat — kimyimizning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari haqida gapirildi. Qozoq qizlari chinni piyolalarda qo‘sh qo‘llab uzatishgan shifobaxsh bu ichimlik horijlik mehmonlarga nihoyatda ma’qul bo‘ldi. O‘qiyin [Qoldibek Tovboev]ning sehrli kimyiz, yosh xonanda Oyligimiz haqida gi qo‘shiqlari ^^Feruza^^ Chirchiq daryosining mavjli shovullashiga qo‘shilib, davraga tog‘ lardagi epkinli selpinishlarni, ohanglar to‘lqinini olib kirdi. Qizaloqning sho‘x o‘yini Quyichirchiq tumani yoshlarining “^^Yulduz^^lar” dastasi ijro etgan arabcha va ispancha raqslarga ulandi.

Lekin, Ghazalkentdagi “^^Gulyor^^” dastasi havaskor san’atkorlarining lapar va raqslari, “Kelinsalom” sahnalashtirilgan tomoshasi uchrashuvga o‘zga cha zavq-shavq va xushnudlik bag‘ishladi. Bu xalq-etnografik dastaning shakllanganligiga 25 yil bo‘ldi. Shu yillar mobaynida keksalikni tan olmay, o‘z ijrochilik san’atlarini sayqallab kelayotgan onaxonlar ijrosidagi xalq qo‘shiqlari necha-necha xorijiy mamlakatlarda yangramadi?!

Uchrashuvda mehmonlar ham o‘z milliy urf-odatlari, qadriyatlari haqida gapirishdi. Indoneziya vakillarining badiiy-to‘qimachilik san’ati haqidagi hikoyalarini uchrashuv ishtirokchilari, ayniqsa, qiziqib tinglashdi.

Uch avlod uchrashuvida Bo‘stonliq chevarlari tikkan noyob zardo‘ziq buyumlari, mahalliy tadbirkorlar yetishtirgan noz-ne’mat va ichimliklar namunasi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Mehmonlar hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati namunalarini qiziqib tomosha qilishdi. Ular dasturxonlarga tortilgan chuchvara, cho‘zma, piyozli nonlardan tatib ko‘rishdi. Koreys va rus, nemis va arab yigit-qizlari sho‘x-sho‘x raqslarga tushishdi.

O‘ZBEKISTON TAJRIBASI IBRATLI

[Joze Lobo], Hindiston madaniyat markazining rahbari:
Men uchrashuvimizning keksayu yosh ishtirokchilariga Ramayana yurtidan salom olib keldim. Mamlakatingiz keksalarga qanday hurmat-ehtirom ko‘rsatayotganligini kuzatib yuribmiz. Bu yerda ham yuz yoshdan oshgan qariyalar bilan uchrashib, hayotdan mamnunliklarining guvohi bo‘lib turibmiz. Iqtisodiyot, tibbiyot va ta’lim yuksalib, dunyoda keksalar turmushiga e’tibor kuchaymoqda. BMT bu umuminsoniy qadriyatlarni barcha xalqlar hayotiga singdirish choralarini ko‘rmoqda. Hindistonda aholining besh foizini keksa avlod tashkil etadi. Lekin ularga e’tibor faqat mahalla, oila ishi, davlat bu masala bilan O‘zbekistondagichalik shug‘ullanmaydi.

Shu nuqtai nazardan ham O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasi ibratli. Hammamiz mana shu tadbir buning o‘ziga xos isboti, deb bilmoqdamiz.

FARQ — YER BILAN OSMONCHA

[Asqar Tojiboev], Qozog‘iston Respublikasi elchixonasining birinchi kotibi:
Oxirgi marotaba O‘zbekistonda 1991 yilning ko‘klamida bo‘lgan edim. O‘sha paytlardagi holatlarni hozirgi ahvol bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi.

Bugungi O‘zbekiston — xalqning azalij an’ana va qadriyatlari hayotda mukammal qaror topgan mamlakat. Bugungi uchrashuv ham shundan bir nishona. Faqat viloyatingizning o‘zida 250 dan ortiq bir asrdan ziyod umr ko‘rgan qariyalar borligini eshitib, o‘zimda qo‘shni do‘st mamlakat uchun iftixor tuyg‘usini his etyapman. Bu ne baxtki, deyarli uch asr bilan yuzlashgan bu tabarruk insonlar nafaqat o‘z farzandlari, balki butun jamiyat va davlat ardog‘ida.

MAFTUNKOR AN’ANA

^^Tatyana Babkova^^, Ukraina elchixonasining ikkinchi kotibi:

Men mamlakatingiz aholisi turli qatlamlari davralarida bot-bot bo‘lib turaman. Lekin bugungidek maroqli, havasli uchrashuv va suhbatni aslo eslay olmayman. To‘g‘ri, har bir tadbirning o‘z maqomi, mazmuni bo‘ladi. Biroq bu davramiz mohiyati ham, ruhi ham o‘zgacha. Uch avlod vakillari to‘kin dasturxon atrofida yig‘ilib, turmushning dolzarb muammosi — avlodlar uzviyligi, keksalarga hurmat va yoshlarga rahnamolik haqida fikrlashishdi.

O‘zbekiston — o‘xshashi yo‘q mamlakat. Faqat shu yerga, shu elga, shu millatga xos qadriyatlar, urf-odatlar borki, ularning hayotdagi ahamiyati, tarbiyaviy ta’siri boshqa hech bir mamlakatda yo‘q. Men bu o‘rinda, ayniqsa, keksalarimizga izzat-hurmat, mehr-oqibatni nazarda tutayapman. Bu odatni qanchalik chuqur o‘rgan­sak, o‘zlashtirsak, o‘zimizga faqat foyda.

Total words

1,009

Unique words

746

Annotated anthroponyms

13

Toponyms

0

TTR

0.739

Hapax

621

Distribution

Top frequency chart

Dataset