🔍

Article

EGALLASA BOʻLADIGAN MARRA

By S. ABDULLAEV, Andijon avtokombinati haydovchilar … • in 1984

Besh yilligimizning toʻrtinchi yili dadil odim tashlamoqda. Bizningcha, bu yilning oʻziga xos xususiyatlaridan biri – mehnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini arzonlashtirish uchun qoʻshimcha rezervlarni harakatga keltirishdan iborat. Biz, avtomobilchilar bu sohada katta ishlarni boshlab yubordik. Brigadamiz KPSS Markaziy Komitetining 1983 yil dekabr Plenimu koʻrsatmalarini amalga oshirish uchun zarur choralarni belgiladi.
Avvalo, brigadamizning ishi haqida toʻxtab oʻtmoqchiman. Brigadamiz 1976 yilda $$Andijon avtokombinati$$ tarkibida tashkil topdi. 28 haydovchi bir kollektiv bo;lib ishlaymiz. Biz asosan yordamchi qurilish materialarini tashiymiz. Koʻp yuk koʻtara oladigan avtopoezdlar imkoniyatlaridan keng foydalanish iqtisodiy -texnika koʻrsatkichlarining muttasil yaxshilanib borishiga yordam bermoqda. Bunda, albatta , ishlab chiqarishni tashkil etishning ilgʻor formasi – brigada pudrati asosida ishlash ham katta madad beryapti.
$$Oʻzbekiston SSR Avtomobil transporti minstirligi$$ tarmogʻida bizning brigadamiz koʻp yuk tashiydigan avtopoyezdlarni joriy etish tashbbuskorlaridan boʻlib maydonga chiqqandi. Brigada tashkil topganidan buyon tonna-kilometrlar koʻrsatkichi 58 prosent oʻsdi. Oʻzim bir necha yil davomida 16, 18, 44 va 54 tonna yuk koʻtara oladigan avtopoezdlarni vujudga keltirish ishiga shaxsan hissa qoʻshdim. Bunday tadbir toʻqqizinchi va oʻninchi besh yilliklar mobaynida ikki besh yillik hajmida ish bajarishga imkon berdi. Oʻn birinchi besh yillikda oʻn bir yillik shaxsiy norma bajarishga ahd qilganman. Oʻtgan uch yilda plandagi 57 ming tonna o.rniga 130 ming tonna yuk tashishga, 6 ming litr yonilgʻi, 4,5 ming soʻmlik shin ava ehtiyot qismlar tejashga muvaffaq boʻldim.
Partiya Markaziy Komitetining dekabr plenimu materiallari bilan chuqur tanishib chiqqach, qoʻshimcha rezervlarni harakatga keltirish hisobiga mehnat unumdorligini plandagiga qaraganda bir prosent oshirish va yuk tashish tannarxini 0, 5 prosent arzonlashtirishga ahd qildik.
Mehnat unumdorligini bir prosent oshirish moʻljallanganidan 15,2 ming tonna koʻp yuk tashish, 11 ming 500 soʻmni tejash, yuk tashishni yarim prosent arzonlashtirish esa yiliga 6 ming 300 soʻm iqtisodiy samara olish imkonini beradi.
Bizning brigadamiz boʻyicha 1984 yil planini $$Oʻzbekiston SSR va Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ning yubeleyi - 27 okyybrgacha bajarishga ahd qildik. 4 million 890 ming tonna yuk tashiymiz. Shu jumladan, plandan tashqari 1milion 206 ming tonna yuk tashib, 14 million 700 ming tonna kilometr yuk oboroti ishlarini ado etamiz.
Ratsional marshrutlarga amal qilib yuksiz qatnashi ancha qisqartiramiz. 54 tonna yuk koʻtara oladigan yana bir avtopoezdni ishga tushiramiz. Ehtiyot qismlarni avaylab ishlatish, moylash materialarini tejash yoʻlidan boraveramiz. 102, 5 ming litr yonilgʻi, 3,5 ming soʻmlik ehtiyot qismlar, 21 komplekt shina iqtisod qilib qolamiz.

Total words

366

Unique words

260

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

3

TTR

0.710

Hapax

205

Distribution

Top frequency chart

Dataset