Odatda biz bahorni uygâonish, yasharish, yashnatish fasli, deb taâriflaymiz. Menga qolsa, bu soâzlar yoniga katta harflar bilan YARATISH soâzini ham yozib qoâygan boâlardim. Aslida ham shunday. Koâklamni intiqlik bilan kutgan dehqon dalasidan beri kelmaydi. Erni mehr bilan ekishga tayyorlaydi, sara koâchatlar, sifatli urugâ ekish taraddudini koâradi. Ayniqsa, bogâbonlarning qoâli-qoâliga tegmay qoladi. Hosili moâl va sifatli, toâyimli boâlsin, deb daraxtlarga qaraydi, butaydi, shakl beradi, tagini yumshatadi. Zararkunandalardan asrash choralarini koâradi.
Buginamas, tanu-joni sogâ, yuragida oât chaqnagan inson borki, koâklamda oâz hududi, atrof-muhitning chiroyiga chiroy qoâshish, obod qilish haqida jon koyitadi. Bunday xayrli ishni meâyori bilan amalga oshirishda Oâzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining [Navroâz] bayrami munosabati bilan mamlakatimizda âObodonlashtirish va koâkalamzorlashtirish oyligiâ oâtkazish toâgârisidagi qarori ayni muddao boâldi. Qarorda obodonlashtirish bilan birga yangi bogâ-rogâlar barpo etishga alohida eâtibor berilgan va bu vazifalarning bajarilishini taâminlashda mahalla oqsoqollari, faollariga alohida masâuliyat yuklatilgan.
Shreder nomli bogâdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi har yildagidek, bu yil ham oâz burchiga sadoqat bilan yondoshib, joylarga ekish uchun 3 million 900 ming tup sara mevali, 2,5 million tup uzum, 8 million tup gul, koâplab manzarali daraxt koâchatlarini yetkazib berdi.
Juda koâp tumanlar, xoâjaliklar vaqt va imkoniyatdan unumli foydalangan holda, hukumatimiz qarorini hayotga tatbiq etib, koâchat ekish, obodonlashtirish ishlariga jiddiy kirishdilar. Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Parkent tumanlarida olib borilayotgan ishlar maqtovga sazovordir. Chinoz tumanida ham katta xayrli va savobli ishga qoâl urildi. Gap shundaki, tumanga tegishli hududning Sirdaryo boâylari tashlandiq, chakalakzorga aylanib qolgan yerlar bekor yotardi. Ana shu yerdan umum manfaati yoâlida foydalanishga qaror qilindi. Bu yerlarni tozalab, tekislab, katta bogâ, oromgohga aylantirishga kirishildi va shu maqsadda 80 ming tup koâchat keltirildi. Bu koâchatlarning 50 ming donasi mevali, qolganlari esa manzarali daraxtlardir. Hozirgi kunda bu hududda koâchat ekish ishlari qizgâin davom etmoqda.
Parkent tumanida esa katta maydonda âOnalar va bolalar bogâiâ barpo etilmoqda. Bunday ishlar boshqa hududlarda, tumanlarda ham amalga oshirilmoqda. Maqsad shu â kelgusida har bir tuman oâzining mehnatkashlari hordiq chiqarib, koângil yozib, dam oladigan sayilgohiga, istirohat bogâiga ega boâlsin!
Koâchat ekish bu katta ishning boshlanishi, xolos. Sir emas, ekilgan koâchatga 2â3 yilgacha qaralmasa, suv va ozuqasiga eâtibor berilmasa, qancha mehnat va mablagâ sarflanmasin, bu daraxtlar qurib qolishi hech gap emas. Afsuski, ayrim joylarda bu masalaga eâtibor berilmaydi. Koâchat ekiladiyu, tashlab qoâyiladi. Oqibatda qarovsiz qolgan bu koâchatlar quriydi yoki talon-toroj qilinadi, sindiriladi. Bu gâoyat achinarli hol. Ayniqsa, yoâl chekkalari, jamoat tashkilotlari atrofiga ekiladigan koâchatlar doimiy nazoratda boâlishi shart. Bu muhim vazifani toki oâsha hududda faoliyat yuritayotgan xoâjaliklar, tashkilotlar, korxonalar oâz zimmasiga olmas ekan, maqsadga erishish qiyin boâladi.
Bundan chiqadigan xulosa shu â koâkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga mavsumiy ish deb qarash yaramaydi. Bu ishlar butun yil davom etadigan jarayondir.
Bu yilgi [Navroâz] arafasida âEkosanâ jamgâarmasi olib borayotgan ishlar ham ibratlidir. Jamgâarmaning tashabbusi bilan [Mahmud Mirzayev] nomli mukofot tashkil etildi. Mukofot yilning yakunida kim, qaysi tashkilot, korxona, xoâjalik qancha yerga koâchat ekkanligi, uning tutib ketishini qay darajada taâminlaganligi va bogâ-rogâlarni kengaytirganligiga qarab beriladi. Yana bir muhim masala: yangi bogâ-rogâlar tashkil etish bilan bir qatorda ilgari barpo etilgan bogâlarga qarashni ham unutmaslik va har jihatdan yaxshilash muhimdir. âEkosanâ jamgâarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangilik kelgusida, albatta, oâzining ijobiy samarasini beradi.