🔍

Article

IDORALARARO MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASH MAJLISI

By Oksana ZADUNAYSKAYA, Farhod ARZIEV, O‘ZA … • in 2001

Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining mas’uliyati katta. Shu boisdan $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha idoralararo o‘zaro muvofiqlashtiruvchi kengashning 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy e’tibor mazkur kompleks ishini aniq maqsadlarga yo‘naltirish va samaradorligini yanada oshirish borasidagi chora-tadbirlarqa qaratildi.

Kengash yig‘ilishida so‘zladi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida keyingi yillarda mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishilgani, xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar dasturi hayotga samarali tatbiq etilayotganini, neft-gaz, tog‘-kon, oziq-ovqat, yengil sanoat va mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarishni yangilash va texnik qayta jihozlash tadbirlari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
«Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizni yanada barqaror va izchil rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va mustahkam poydevor yaratilmoqda», dedi Islom Karimov.

Ayni paytda Prezidentimiz Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik, qo‘mita, konsern, kompaniya va idoralar o‘rtasida ishni tashkil etishda o‘zaro hamjihatlik yetishmayotganidan tashvish bildirdi. «Iqtisodiyot rivoji, uning tarkibiga kiruvchi barcha soha va ishlab chiqarish tarmoqlari, avvalo, jamiyatning pirovard maqsad va vazifalariga erishishga qaratilishi darkor», dedi davlatimiz rahbari. «Har qanday tarmoq, har qanday soha o‘z natijalari bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga, xalqimizning hayot darajasini yaxshilashga xizmat qilishi lozim».

Afsuski, idoralar ko‘pincha faqat o‘z manfaatlarini o‘ylab ish tutadi. Tarqoqlik kuchli. Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar ishida, iqtisodiyotning rivojlanish strategiyasini aniqlashda muhim omil bo‘lgan umumiy moliyaviy balans, to‘lov balansi, milliy hisobot tizimi va boshqa balanslardan yetarlicha foydalanilmayapti.
[Islom Karimov] mazkur kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, avvalo, dunyo iqtisodiyoti taraqqiyoti mexanizmlari hamda yo‘nalishlarini puxta o‘rganib olishlari zarurligiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Jahon iqtisodiyotining asosi esa erkin bozor munosabatlari, erkin raqobatdir. Prezident aytmoqchi, «bo‘sh joyi yo‘q dunyo bozoridan» o‘rin egallash mushkuldan mushkul ish ekani ham tushunarli hol. Shu boisdan dunyo bozoridan O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘rnini mustahkam egallashi haqida o‘ylash kerak. Shundagina, iqtisodiyotimiz tom ma’noda yuksaladi.
Prezident mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yana bir masalaga e’tibor qaratdi. Ya’ni korxonalarni, ishlab chiqarish muassasalarini O‘zbekiston sharoitiga, uning iqtisodiyoti va ehtiyojiga moslashtirish lozim. Afsuski, sobiq Sho‘ro davrida mamlakatimiz hududida bizning ehtiyojimiz uchun mutlaqo zarur bo‘lmagan turli korxonalar qurildi. Ular yurtimiz ekologiyasini ham, odamlarimiz salomatligini ham buzgani sir emas. Bunday korxonalar tabiiy ravishda bugunin inqiroziga duchor bo‘layotir.

[Islom Karimov] bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarni yana bir karra ta’kidlab o‘tdi. Makroiqtisodiy barqarorlik va izchillik, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni izchillik bilan amalga oshirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish kabi masalalar shular jumlasidandir. Bularning barchasi xalqimiz farovonligining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kengash yig‘ilishida Prezidentning Davlat maslahatchisi [V. Golishev], Bosh vazir o‘rinbosari, Umumiqtisodiyot kompleksining rahbari [R. Azimov]ning kun tartibidagi masalalar yuzasidan axboroti tinglandi.

Total words

431

Unique words

319

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

1

TTR

0.740

Hapax

254

Distribution

Top frequency chart

Dataset