$$SSSR Oliy Soveti$$ga saylovga tayorgarlik chogʻidagi umumxalq gʻayrat -shijoati okrug saylovoldi kengashlarining Ishida aks etmoqda. Kengash qatnashchilari mehnat kollektivlarining yigʻilisglarida mamlakat davlat hokimiyati oliy organing deputatligiga koʻrsatilgan nomxodlarni yakdillik bilan quvvatlab chiqmoqdalar.
Okrug kengashlarining qatnashchilari $$Moskva$$dagi [F. E. Dzerjinskiy] nomli <<Trexnorgaya manufaktura >> ip gazlama kombinatining toʻquvchisi ^^Nataliya Vladimirovna Orlova^^ nomzodini, $$SSSR Fanlar akademiyasi$$ [P. N. Lebedev] nomidagi Fizika instituning direktori, Butunittifoq <<Bilim >> jamiyati pravleniyasining raisi, ikki marta $$Sosialistik Mehnat Qahramoni$$ akademik [Nikolay Gennadievich Basov] nomxodini, $$Oltoy oʻlkasi$$ $$Pavlov rayoni$$dagi $$[Lenin] nomli kolxoz$$ mexanizatori ^^Galina Andreena Kuleshova^^ nomzodini, $$Orel oblast Kromi rayoni$$dagi <<Vlast Truda>>kolxozning bosh ekonomisti ^^Klavdiya Petrovna Kulakova^^ nomzodini, $$Yamal – Nenes avtonom okrugi$$dagi $$Novoportovsk baliq zavodi$$ning bqliqchisi Pavel Palevich Okotetto nomzodini quvvatlab chiqdilar.
***
Mamlakatda $$SSSR Oliy Soveti$$ deputatligiga nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻishlar davom etmoqda. SSSR Oliy Sovetiga saylov toʻgʻisidagi Qonunga muvofiq deputatlikka nomzodlar koʻrsatish saylovga 30 kun qolganida tugaydi. (TASS).
***
Jamoat tashkilotlari va mehnat kollektivlari vakillarining respublikada oʻtayotgan okrug saylovoldi kengashlarida ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining $$SSSR Oliy Soveti$$ deputatligiga koʻrsatilgan eng yaxshi vakillari yakdillik bilan qoʻlab -quvatlandi. Okrug kengashlarida qoʻllab -quvvatlangan deputatlikka nomzodlar orasida:
120-$$Chirchiq saylov okrugi$$da $$Oʻzbekiston$$ qiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar kombinatining elektr slesari ^^Irina Borisovna Pulina^^;
580-$$Lenin saylov okrugi$$da $$Andijon oblast$$ partiya komitetining birinchi sekretari, [Solijon Mamarasulov];
581-$$Buxoro saylov okrugi$$da $$Sovet Ittifoqi Marshali$$ [Pavel Fedorovich Batiskiy];
125- $$Fargʻona saylov okrugi$$da -<<Fergananrfteorgsintez>> ishlab chiqarish birlashmasining operatori [Yursunjon Nazirov];
588-$$Navoiy saylov okrugi$$da $$Navoiy oblast partiya komiteti$$ning birinchi sekretari [Vasiliy Pavlovich Esin];
592 -$$Bulungʻur saylov okrugi$$da yozuvchi [Vadim Mixaylovich Kojevnikov];
601 -$$Toshkent -Kirov saylov okrugi$$da –[V. P. Chkalov] nomli Toshkent aviasiya ishlab chiqarish bitlashmqsining bosh direktori [Viktor Nikolaevich Sives];
122- $$Qoʻqon saylov okrugi$$da -$$SSSR yustisiya ministiri$$ [Vladimir Ivanovich Terebilov];
563 -$$Nukus saylov okrugi$$da - $$Nukus uysozlik kombinati$$ning kranchisi ^^Tatiyana Mixaylovna Makarova^^;
567-$$Leninobod saylov okrugi$$da - $$Oʻzbekiston kasaba soyuzlari Respublika Soveti$$ning raisi ^^Naima Mahmudovma Mahmudova^^lar bor.
Kengashlarning qatnashchilari deputatlikka nomxodlarga murojaat etib, ana shu okruglardan ovozga qoʻyilishga rozilik berishlarini iltimos qildilar.
$$Qashqadaryo oblast$$ $$Yakkabogʻ rayoni$$dagi $$<<Qizil yulduz >>kolxoz$$ning saylovoldi yigʻilishi shu xoʻjalik makkajoʻxorikorlik brigadasining boshligʻi ^^Muhabbat Xudoyqulova^^ni 104 -SHahrisabz saylov okrugidan $$SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti$$ deputatligiga nomzod qilib koʻrsatdi.
$$Namangan oblast$$ partiya komitetining birinchi sekretari [Nazir Rajabovich Rajabov]ni $$Namangan shoyi kombinati$$ kollektivi yigʻilishining qatnashchilari 589 -$$Namangan saylov okrugi$$dan $$SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti deputatligi$$ga nomzod qilib koʻrsatdilar.
$$Surxondaryo oblast$$ $$[Gagarin] rayoni$$dagi $$<<Pravda >> sovxozi$$ning mehnatkashlari shu xoʻjalik sholichilik brigadasining boshligʻi ^^Qurbonoy Durrievna Qoraxonovani 113- Termiz saylov okrugidagin $$SSSR Oliy Soveti$$ni $$Millatlar Soveti deputatligi$$ga nomzod koʻrsatdilar.
$$Samarqand oblast$$ $$Bolshevik rayoni$$dagi [K. Marks] nomli kolxoz dehqonlari va chorvadorlari shu kolxozning raisi Sosialistik Mehnat Qahramoni [Joniqul Yusupov]ni 111- $$Samarqand Qishloq saylov okrugi$$dan $$SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti$$ deputatligiga nomzod qilib koʻrsatdilar.
Taxiatosh binokorlik konstruksiyalari va detallari zavodi ishchilari, injener -texnik xodimlari va xizmatchilari saylovoldi yigʻilishining qatnashchilari $$SSSR Gidrometeorologiya va tabiiy muhutni kontrol qilish davlat komiteti raisi [Yuriy Antonnievich Izrael]ni 566 -Xoʻjayli saylov okrugidan SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti$$ deputatligiga nomzod qilib koʻrsatdilar.
$$Qoraqalpogʻiston ASSR Toʻrtkoʻl rayoni$$dagi [Dimitrov] nomli kolxoz kollektivi shu xo;jalikning ilgʻor pillachisi ^^Oʻgʻiljon Jumaboevna Sapaeva^^ni 565- $$Toʻrtkoʻl saylov okrugi$$dan $$SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti$$ deputatligiga nomzod qilib koʻrsatdi.
Total words
498
Unique words
320
Annotated anthroponyms
26
Toponyms
50
TTR
0.643
Hapax
259
Distribution
Top frequency chart
Dataset