🔍

Article

Yu. V. ANDROPOVning “Pravda” gazetasi savollariga javoblari.

By Yu. V. ANDROPOV • in 1984

Savol: Keyingi vaqtlarda $$AQSH$$ va $$NATO$$ning rahbar doiralarida goʻyo xalqaro vaziyatda hech qanday tashvishli holat yuz bermayapti va umuman hozirgi sharoitda goʻyo “dunyo birmuncha xatarsiz boʻlib qoldi” degan da’volar qilinmoqda. Xaqiqiatan ham shundaymi?
Javob: Bunday xulosa chiqarish uchun asoslar yoʻq. Dunyodagi xatarli keskinlikning men ilgari aytib oʻtishimga toʻgʻri kelgan asosiy sabablari bartaraf etilgan emas. Xo‘sh, $$Amerika$$ raketalsrijoylashtirila boshlanganidan keyin Yevropa koʻproq bexatar boʻlib qoldimi? Albatta yoʻq. Yadro urushi xavfi kuchayib ketdi. Bu biz berayotgan bahogina emas. Yevropadagi million-million kishilar nihoyatda tashvishlanayotganliklari shuni muayyan ravishda koʻrsatib turibdi. Yevropa qit’asidagi Amerika raketalari Qoʻshma Shtatlarning oʻz xavfsizligini ham mustahkamlamadi. $$AQSH$$ harbiy muvozanatini oʻz tomoniga ogʻdirish maqsadini koʻzlab bizni javob choralari koʻrishga majbur etdi.
$$Yevropa$$da $$Amerika$$ raketalari paydo boʻlagnligi harbiy keskinliknigina emas, shu bilan birga siyosiy keskinlikni ham kuchaytirib yubordi. Yadro qurollarini cheklash va ancha qisqartirish maqsadini koʻzlagan muzokaralar barbod etildi. Davlatlararo munosabatlar xatarli keskinlik maydoniga duch kelib qoldi.
Voqealarning shunday burilishi uchun butun mas’uliyat Qoʻshma Shtatlarning rahbarlari, $$Amerika$$ ma’muriyati zimmasiga tushadi. O‘z xalqalrining xohish irodasiga xilof ravishda Amerika raketalarini oʻz territoriyasida qabul qilgan $$NATO$$ mamlakatlarining hukumatlari ham javobgardirlar.
Endilikda Yaqin Sharqda Isroil agressori bilan birga Amerika soldatlari ham arablarga qarshi jang qilayotganliklaridan, $$AQSH$$ harbiy kemalari va aviasiyasi esa Livan shaharlari bilan posyolkalarini xarobalarga aylantirayotganligidan duyo yana ham xatarsiz boʻlib qoldimi, axir?
$$Markaziy Amerika$$da vaziyat keskinlashtirib yuborildi. Bu yerda $$AQSH$$ ma’muriyati suveren davlatlarning mustaqilligiga tajovuz qilmoqda. Goʻyo jahonda <<hech qanday xatarli hodisa roʻy bermayapti>>, deb da’vo qilayotgan kimsalar aftidan Amerikaning Grenadaga nisbatan agressiyasini ham kishilar xotirasidan oʻchirib tashlashni istayotgan boʻlsalar kerak. Axir, Qoʻshma Shtatlar xalq hokimiyatini agʻdarib tashlab, $$AQSH$$ning odamlarini – manfur diktatorlarni qurol kuchi bilan qaytirishni istayotganligi Ravshan. Bularning hammasini Oq uyda <<Inson huquqlari uchun kurash>> deb atash odat tusiga kirgan. Bundan ham battaroq surbetlikni tasavvur qilish amri mahol.
Jahonning boshqa rayonlarida ham imperialistlar qaroqchilik qilmoqdalar. Real vaziyat mana shunday. Bu vaziyat keskin va xatarlidir. Unga etarli baho berilmasligiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Xoʻsh, $$Amerika$$ rahbarlarining bayonotlarida dunyodagi hozirgi vaziyat nima maqsadda ongli ravishda buzib koʻrsatilmoqda? degan savol tugʻiladi. Avvalo, $$Vashington$$ning militaristik siyosatidan xalqlarning xavotirligi kun sayin ortib borayotganligi yoʻqotishga, shunday siyosatga qarshi kuchayib borayotgan harakat toʻlqinini pasaytirishga urinib koʻrish uchun buzib koʻrsatilmoqda.
Hamma joyda kishilar tinchlikka tahdid solinayotganligini yaxshiroq anglab etayotganliklarini, ular shunday xavf-xatar qay tomondan kelayotganligini tushunayotganliklari, shubhasiz, katta ahamiyatga molik faktdir. Millionlab kishilarning tinchlik uchun kurashi – bu ham hozirgi kunlarning obyektiv voqeligidir.
Savol: Yaqinda $$AQSH$$ prezidenti $$Sovet – Amerika muloqoti$$ni yoqlab gapirdi. Uning nutqida bu gap:<<kuch va muloqot qoʻlni qoʻlga berib bormoqda>> degan mazmunda yangradi. Bu gapga Sizning munosabatingiz qanday?
Javob: Muloqotning foydali va maqsadga muvofiq ekanligiga bizni ishontirishning hojati yoʻq. Bu bizning siyosatimizdir. Ammo muloqot [R. Reygan] taklif etayotganidek kuchni pesh qilib emas, balki tanglik asosida olib borilishi kerak. Muloqot shunchaki bir muloqot olib borish uchungina oʻtkazilishi kerak emas. U konkret shartnomalarga erishishga qaritilgan boʻlishi lozim. Muloqotdan oʻtkinchi maqsadlar yoʻlida foydalanishga urinmay, balki uni halol olib borish kerak.
$$Amerika$$ rahbarlari biz bilan muzokaralarni kuchni pesh qilish, doʻq -poʻpisa va tazyiq pozisiyasida turib olib borish niyatlaridan voz kechmaganliklarini hamma narsa koʻrsatib turibdi. Biz bunday yondashuvni qat’iyan rad etamiz. Qolaversa, umuman bizga nisbatan <<zoʻravonlik diplomatiyasi >>ni olib borish yoʻlidagi urinishlar istiqbolsiz ishdir.
Muzokaralarni shunchaki bir muzokaralar oʻtkazish uchungina olib borish gʻoyasiga ham biz xuddi shunday munosabatda boʻlmoqdamiz. Afsuski, $$AQSH$$ hozirgi ma’muriyatning bunday yondashuviga biz duch kelgan edik. Yevropada oʻrtacha olislikka uchiriladigan yadroviy vositalar xususidagi Jeneva muzokaralari toʻgʻrisida eslatib oʻtmoqchiman. Hozir endi hech kimga sir emaski, AQSHning $$Jeneva$$dagi vakillari qariyb ikki yil mobaynida oʻgʻirda suv tuyishgan ekan. Ayni vaqtda esa Vashingtondagilar birinchi zarba urishga moʻljalangan yangi yadro raketalarini amalda $$Gʻarbiy Yevropa$$da joylashtirishga hozirlik koʻrdilar.
Biz bu ishlarning hammasi nimalarga olib kelishi toʻrisida bir necha marta ogohlantirgan edik. Amerika tomoni Jenevadagi muzokaralarni oʻz qoʻli bilan barbod etdi, $$SSSR$$ bilan $$AQSH$$ oʻrtasidagi muloqotga katta ziyon etkazdi. Endilikda Qoʻshma Shtatlar prezidenti goʻyo $$AQSH$$ muzokaralarini yana boshlashga, Jenevaga qaytishga tayor deb aytmoqda.
Ehtimol, $$Amerika$$ tomoni oʻzi qilib qoʻygan ishni anglab yetgan, endi esa muloqotni yoqlab chiqib, oʻzining salbiy yondashuvini oʻzgartirishga tayordir?- degan savol tugʻiladi. Yoʻq, bunday oʻzgarish sodir boʻlmadi. Prezidentning nutqida Yevropada yadro qurollarini cheklash masalasida ham, boshqa masalalar xususida ham birorta yangi gʻoya, hech qanday yangi takliflar bayon etilmadi. Amerika pozisiyasida bulardan asar ham yoʻq.
$$Amerika$$ tenglik va bab-babavar xavfsizlik prinsipi asosida yadro qurollarini cheklash hamda qisqartirish toʻgʻrisidagi amaliy shartnomalarga erishish maqsadida muzokaralar olib boorish uchun har qanday real imkoniyatdan foydalanishga tayor ekanligimiz toʻgʻrisida ilgari gapirib oʻtgan edim va shuni yana bir bor ta’kidlab oʻtmoqchiman. Ammo, biz shunchaki muzokaralar oʻtkazish uchungina muzokaralar olib bormaymiz, oʻzimizni goʻyo $$Gʻarbiy Yevropa$$da bizga va ittifoqchilarimizga moʻljal oldirilgan yangi raketalarni koʻrmaslikka olmaymiz. Biz bunday oʻyin ishtirokchilari emasmiz.
Shu bilan birga Sovet Ittifaqi Yevropadagi yadro qurollari problemasini faqat konstruktiv, oʻzaro maqbul asosda hal etishga tayor ekanligini ta’kidlashni istayman. Buning uchun bir narsa – vaqt gʻanimatda $$AQSH$$ bilan $$Nato$$ <<Pershining -2>> raketalari va qanotli raketalar joylashtirilaboshlanguncha qadar mavjud boʻlgan holatga qaytishga tayor ekanliklarini namoyon etishlari kerak. Biz bu masalani shuning uchun ham $$AQSH$$ va uning NATOdagi ittifoqchilari oldiga qoʻymoqdamizki, Yevropada keskinlik va beqarorlikni kuchaytirishga olib boradigan qurollanish poygasining yana bir davrasiga, bu gal yangi , yana ham xatarli darajadagi davrasiga yoʻl qoʻymaslikni istaymiz.
Qoʻshma Shtatlarning biz bilan jiddiy muloqot olib borish ni yati bor yoki yoʻqligiga uning amaliy ishlariga qarab baho beramiz.
Savol: Boshqa qanday problemalar muloqot mavzui boʻlishi mumkin edi?
Javob: Sovet rahbarlari amindirlarki, bir qancha problemalarni jiddiy muhokama qilish imkoniyatlari mavjud boʻlib, ularning hal etilishi, shubhasiz, dunyodagi vaziyatni sogʻlomlashtirilgan, Sovet-Amerika munosabatlarini yaxshilagan boʻluredi. Biz tinchlik va xalqaro xavfsiklikni mustahkamlashga qaratilgan konkret takliflar va tashabbuslar keng kompleksni olgʻa surganimiz. Ular oʻz kuchida qolmoqda.
Masalan, $$AQSH$$ $$Sovet Ittifoqi$$ kabi oʻz zimmasiga yadro qurolini birinchi boʻlib ishlatmaslik majburiyatini qabul qilganida edi, shuning oʻzi xalqaro iqlimga, munosabatlarimizdagi vaziyatga kattagina ta’sir oʻtkazgan boʻlur edi. Xoʻsh, amalda bu nimani bildirgan boʻlur edi? Yadro quroliga ega boʻlgan ikki eng qudratli davlat bir -biriga qarshi yadro qurolini ishlatishdan voz kechdilar. Bu degan soʻz, birinchi yadro zarbasi ham, keying yadro zarbalari ham boʻlmaydi.
Bordi yu, $$NATO$$ mamlakatlari Varshava Shartnomasida qatnashuvchi davlatlarning bir-biriga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik toʻgʻrisidagi taklifiga qoʻshilganlari taqdirda bu ham Yevropada, qolaversa, butun dunyoda ham ishonch darajasini juda oshirgan boʻlur edi. Amalda bu narsa qarama -qarshi turgan harbiy guruhlar vujudga kelayotgan nizoli masalalarni hal etish uchun kuch ishlatishdan voz kechishlarini bildirganboʻlur edi. Muzokaralar uchun keng yoʻl ochilardi. Darvoqe, Stokgolimda kuni-kecha boshlagan konferensiya ham shu jihatdan talaygina ishlar qila olur edi. Konferensiyaning birinchi bosqichi ayni ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.
Kosmosda qurollanish poygasining oldini olish problemasini hal etishni paysalga solib boʻlmaydi. Aks holda insoniyat yangi xavf-xatarga duch keladiki, unung koʻlamini hozir hatto tasavvur etish ham mushkul. $$AQSH$$da ishlab chiqilayotgan yangi qurol sistemalari bunday istiqbolni mutlaqo real qilib qoʻyadi. Sovet Ittifoqi kosmosdan turib va kosmosda kuch ishlatish xavfini daf etish xususida konkret takliflarni olgʻa surdi va $$AQSH$$ni shu masala yuzasidan shoshilinch muzokaralar boshlashga da’vat etadi.
Gʻarb tomoni tayor boʻlgan taqdirda $$Markaziy Yevropa$$da qurolli kuchlarni va qurol- yarogʻlarni qisqartirish toʻgʻrisida Venadagi muzokaralarda muhokama qilinayotgan masalalarni amaliy ravishda hal etishga kirishish mumkin. Biz oʻzimizning shu xususdagi konkret takliflarimizni allaqachon muzokaralar stoliga qoʻyganmiz. Bu takliflar albatta, har ikki tomon bitimga erishishga intilgan taqdirda shunday bitimga tezlik bilan yoʻl topish imkonini beradi.
Biz urush xavfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksda Qoʻshma Shtatlarga ishning boshlanishi uchun oddiy vas hu bilan birga etarlicha samarali tadbirni- yadro qurollarini koʻpaytirmaslikni taklif etmoqdamiz: shunday qurollarni ancha cheklash va tubdan qisqartirish toʻgʻrisida bitimga tezroq erishishga qaratilgan kuch -gʻayratlarni aktivlashtirish lozim. Xalqlar $$AQSH$$ hukumatidan mazkur masalalarda sogʻlom fikr va realizm asosida ish koʻrishni kutishga haqlidirlar.
Mana shu barcha masalalar yuzasidan sharnomaga erishish uchun avvalo, $$AQSH$$ning, $$NATO$$dagi boshqa mamlakatlarning istagi va siyosiy irodasi zarur. Oʻz navbatida bu narsa boshqa masalalar bilan shugʻulanib, biridan ikkinchisiga oʻtish uchun qulay vaziyatni vujudga keltirgan boʻlur edi. Biz buni tinchlikni saqlab qolish siyosati muvaffaqiyatining garovi deb bilamiz.
Kuchga mahliyo boʻlish va balandparvoz soʻzlar emas, balki ayni shu yoʻldan harakat qilib borishgina biz yashayotgan dunyoni haqiqatan ham birmuncha bexatar qilishi mumkin. Biz Amerika Qoʻshma Shtatlarning hukumatidan amaliy ishlarni va xuddi shunday yoʻlni tanlab olishga tayorlikni kutamiz. Biz buni munosib ravishda ma’qullab kutib olamiz.

Total words

1,303

Unique words

782

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

38

TTR

0.600

Hapax

584

Distribution

Top frequency chart

Dataset