🔍

Article

Varshava Shartnomasida qatnashuvchi davlatlarning SIYOSIY DEKLARATSIYASI

By Todor, JIVKOV, Yanosh KADAR, Erix … • in 1983

$$Bolgariya Xalq respublikasi$$, $$Vengriya Xalq Respublikasi$$, $$Germaniya Demokratik Respublikasi$$, $$Polsha Xalq Respublikasi$$, $$Ruminiya Sotsialstik Respublikasi$$, $$Sovet Sotsialstik Respublikalari Ittifoqi$$ va $$Chexoslavakiya Sotsialsitik Respublikasi$$ning 1983 yil 4-5 yanvar kunlarida $$Praga$$da Siyosiy maslahat komiteti kengashiga yigʻilgan oliy darajadagi namoyondalarivujudga kelayotgan murakkab xalqaro ahvol munosabati bilan Yevropadagi vaziyatni birgalikda koʻrib chiqdilar va boshqa ba’zi xalqaro masalalar yuzasidan fikrlashib oldilar.
Ushbu kengashda vakillari ishtirok etayotgan davlatlar Siyosiy maslahat komitetining Moskva (1978 yil) va Varshava (1980 yil) Deklaratsiyalarida barcha mamlakatlar va xalqlarning e’tiborini tinchlikka tahdid kuchayganligiga va xalqaro vaziyat keskinlashayotganligiga qarshi harakat qilish zarurligini jalb etgan edilar. Hozir ular shuni tashvishi bilan qayd etadilarki, agressiv kuchlar yanada aktivlashganligi natijasida jahon voqealarining rivoji tobora koʻproq xatarli tus olmoqda.
Turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning birdan-bir oqilona negiiz tinch-totuv yashash negizini qaqshatishni istayotgan doiralar oʻzlarini tobora zoʻr berib namoyon etmoqdalar. Xalqaro munosabatlarni sogʻlomlashtirishda erishilgan sezilarli siljish endilikda xavf ostida qoldi. Bundan siljish 70-yillarda jahon ishlarining umumiy rivojiga ta’sir koʻrsata boshlagan edi. Keskinlikni yumshatish tendensiyasiga katta ziyon yetkazilmoqda, bu tendensiya xalqlarga ijobiy natijalar bergan edi. Hamkorlik oʻrnini muxoliflik, egallamoqda, davlatlararo munosabatlarning tinch negizlariga putur yetkazishga urunib koʻriomoqda, davlatlar oʻrtasidagi siyosiy muloqotlarning oʻzaro manfaatli iqtisodiy va madaniy aloqlalrning rivojlantirilishi Shubha ostiga olinmoqda.
Qurollanish poygasi sifat jihatdan yangi, yana ham koʻproq xatarli bosqichga oʻtmoqda, ham yadro, ham oddoiy qurol-yarogʻlarning barcha turlarini, harbiy faoliyatining hamma xillarini, amalda dunyoning barcha rayonlarini qamrab olmoqda.
Ilgarigi keskinlik mabnalari avj olmoqda, yangi mojarolar va krizisli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Tinchliksevar davlatlarning manfaatdor tomonlar oʻrtasida teng huquqli muzokaralar olib boorish yoʻli bilan jahon va regional miqyosidagi nizoli problemalarni hal etish yoʻllarini qidirib toppish borasidagi kuch-gʻayratlarga toʻsiqlik qilinmoqda, hal etilmagan tobora koʻproq xalqaro masalalar toʻplanib qolmoqda. Imperialistik doiralar zoʻravonlik, taziyq, hukm oʻtkazish ichki ishlarga aralashish davlatlarning milliy mustqailligi va suverenitetini kamsitish siyosatini qoʻllamoqdalalr, “ta’sir doiralari”ni mustahkamlab olishga va qayta taqsimlashga erishish uchun harakat qilmoqdalalr. Ular davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan har qanday ixtilof va chigalliklardan, turli xalqlar boshidan kechirishi mumkin boʻlgan ha qanday qiyinchiliklardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib qolishga intilmoqdalar.
Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni normal rivojlantirish yoʻliga gʻovlar qoʻyilmoqda, siyosat quroli sifatida iqtisodiy “jazo choralari” va taqiqlashlar qoʻllanilmoqda, bu esa mavjud iqtisodiy problemalarni hal etishni yana ham koʻproq mushkullashtiradi. Imperialistik doiralar iqtisodiy krizis yukini xalqlarning, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqlarning yelkasiga agʻdarishga urinmoqdalar. Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajalaridan qat’iy nazar gʻoyat katta harbiy xarajatlar xalqlar uchun tobora ogʻir yuk boʻlib qolmoqda, iqtiosdiy va sotsial taraqqiyotni sekinlashtirmoqda.
XX asr oxirlarida insoniyat oldida sotsial-iqtisodiy demografik, ekologik xarakterdagi jahonshumul Keskin problemalar paydo boʻlib qoldi. Dunyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni, fan va texnikani rivojlantirishning hozirgi darajasi ana shu ulugʻvor problemalarni amalada hal etishga kirishish uchun zarur moddiy va intellectual resurslarni ta’minlaydi. Ammo butun-butun qit’alarning qoloqligini saqlab qolish, davlatlarni parokanda qilsih va bir-biriga qarama-qarshi qilib qoʻyish yoʻlidan borayotgan reaksiya kuchlari ana shu maqsaddagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Shunday qilib, umuman vaziyat tobora murakkab boʻlib qolmoqda, xalqaro keskinlik oshmoqda, urush xavfi, dastavvval yadro urushi xavfi kuchaymoqda.
Voqealarning bunday xatarli rivojlanishiga qarama-qarshi oʻlaroq zoʻravonlik va muxoliflik siyosatiga barham berish tinchlikni saqlab qolishi, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlanishi,davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda milliy mustaqillikva suverenitetini hurmatlash,chegaralarning buzolmasligini, ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, teng huquqlilik hamda xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huqui prinsiplarini va hamma tomonidan e’tirof etilgan boshqa prinsiplarni qaror toptirishni ta’minlash yoʻlida xalqlarning, barcha taraqqiyparvar va tinchliksevar kcuhlarning azmu qarori tobora kuchli va qatiyat bilan namoyon boʻlmoqda.

Total words

546

Unique words

406

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

8

TTR

0.744

Hapax

334

Distribution

Top frequency chart

Dataset