🔍

Article

JANPIQQAL’A TOPILMALARI.

By B. Avazmetov • in 1983

Yaqin $$Qoraqalpogʻiston san’at muzeyi$$ning arxeologik otryadi koʻxna $$Xorazm$$ning oʻrta asrdagi eng yirik shaharlaridan biri – $$Janpiq qal’a$$da qazilma ishlarini olib bordi. Qadimgi shahr xarobasi uch tomondan balandligi 1314 metr keladigan mudofaa devorlari bilan oʻralgan boʻlib, mudofaa inshootlarining qalinligi 5-6 metrga teng. Arxeologik qazish ishlari asosan qal’aning janubiy mudofaa devorlariga yaqin olib borildi. Uylar, oʻrtasida aylana shaklda oʻchoq joylashgan oshxona va yordamchi xonalarni tozalsh paytida juda nafis jajji shisha idishlar, bronza va temirdan ishlangan buyumlar har xil ssopol idish parchalari, shuningdek madaniy oʻsimlik danaklari va chigit qoldiqlari topildi.
Bularning barchasi millodning XII-XIII asrlarida $$Qoraqalpoq diyori$$dagi bu Shahar aholisi hunarmandchilik, bogʻdorchilik va qisman paxtachilik bilan shugʻullanganidan dalolat beradi. Arxeologik topilmalar katta ilmiy ahamiyatga ega boʻlib oʻrta asr Xorazm shaharlarining rivojlanish tarixi va madaniyatini oʻrganishda yordam beradi.

Total words

123

Unique words

109

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

4

TTR

0.886

Hapax

100

Distribution

Top frequency chart

Dataset