KUNI KECHA $$Vazirlar Mahkamasi$$da bo‘lib o‘tgan majlisda $$O‘zbekiston$$da chorvachilikni rivojlantirishning birinchi yarim yillik yakuni muhokama etildi. Bu tarmoqda erishilgan yutuqlar va ijobiy tajribalar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ro‘yi-rost aytildi. Nuqsonlarni tugatish, xususan, ozuqabop va oraliq ekinlar ekish, pichan jamg‘arishni jadallashtirish uchun nimalarga e’tibor berish borasidagi vazifalar belgilandi.
Xo‘sh, bu sohada viloyatimizda qanday ishlar amalga oshirilyapti? Mutasaddilar, mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, bizda pichan jamg‘arish ishlari umuman olganda ancha durust yo‘lga qo‘yilgan. Reja bo‘yicha 383 ming tonna xashak jamg‘arilishi kerak. Hozirgacha jamg‘arilgani salkam 200 ming tonnaga yetib qoldi. O‘tgan yilning shu vaqtida erishilgan ko‘rsatkichga nisbatan oladigan bo‘lsak, jamg‘arilgan xashak mo‘ljaldagidan ancha ko‘p.
Ma’lumki, dag‘al xashakning asosini somon va beda pichani tashkil etadi. Bu sohada qanday natijalarga erishildi? 153 ming tonna beda pichani jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lsa, bu reja hozirgi kunga qadar 55 foizga yaqin bajarildi. Ya’ni salkam 84 ming tonna beda pichani g‘amlab qo‘yildi. Bu o‘tgan yilning shu vaqtiga qaraganda ancha ko‘pdir.
G‘alla o‘rim-yig‘imi boshlangach, tumanlar va xo‘jaliklarda yetarli miqdorda somon tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozirgacha rejadagi 230 ming tonna hisobidan 112 ming tonnadan ortiq somon tayyorlanganligi, chorva ozuqasi tarkibida bu yemishning salmog‘i ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Chorvaning kundalik ozuqasi tarkibida senajning ahamiyati kattaligini hisobga olgan chorvadorlarimiz ozuqaning bu turidan 162 ming tonnani handaklarga bostirib qo‘yishni mo‘ljal qilgan edilar. Mo‘ljalning amalda ro‘yobga chiqishi uchun astoydil harakat qilinmoqda. Hozirgacha 80 ming tonnaga bostirilgan senaj yaqinlashib qoldi.
Ko‘pgina tumanlar xashak jamg‘arishda vaqtni g‘animat bilib, texnika vositalarini ishga soldilar, imkoniyatdan oqilona foydalandilar, ancha yaxshi natijalarga erishdilar. Ayniqsa, parkentliklarning tajribasidan o‘rgansa arziydi. Bu tumanda erta-indin reja bajariladi. Bo‘stonliqliklar ham xashak tayyorlashni kun sayin jadallashtirmoqdalar. O‘rtachirchiqliklarning erishayotgan natijasi ham viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori. Yuqorichirchiq chorvadorlari ham astoydil g‘ayrat qilmoqdalar.
Hashak tayyorlash qanday bormoqda?
Lekin, afsuski, imkoniyatni boy berib, qulay fursatlarni o‘tkazib yuborayotgan tumanlar ham yo‘q emas. Bunga Ohangaron misol bo‘la oladi. Axir bu tuman asosan chorvachilik tumani hisoblanadi. Kir va adirlari bepo‘yon. Beda maydonlari ham katta. G‘alla yetishtirishda sal ochilmoqli o‘rinni egallaydi. Demak, xashak jamg‘arish uchun imkoniyat katta. Afsuski, ohangaronliklar bu imkoniyatdan yetarli foydalana olmayaptilar. Aks holda hozirgi kunga qadar reja bor-yo‘g‘i 30 foiz bajarilmagan bo‘lardi. Chinoz, Bo‘ka, Bekobod, Quyi Chirchiq tumanlarida ham jamg‘arilgan yem-xashak ko‘rsatkichlari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past.
DadiI aytish mumkinki, qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan tumanlar ishni boshidan puxta qilib, xashak tayyorlashni jadal olib borganlarida edi, viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichi hozirdan ancha yuqori bo‘lardi. Rejani bajarish tezlashardi.
Reja albatta bajarilishi kerak. Bu ishni orttirish uchun qanday imkoniyatlarni ishga solish, qanday tadbirlarni amalga oshirish, qanday usullardan foydalanish mumkin?
Barcha tuman va xo‘jaliklarda g‘alla o‘rimi nihoyasiga yetmoqda. Somon asosan yig‘ishtirib olindi. Endigi asosiy umid beda va oraliq ekinlardan. Hozirgacha viloyatimizda beda uch yarim marta o‘rib olindi. Ilg‘orlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agarda o‘rib olingan maydonlar o‘z vaqtida oziqlantirilsa, suv qo‘yilsa, har xil kasalliklarga qarshi kurashilsa, gektaridan 150-160 sentnergacha beda pichani olish mumkin. Zangiota, Toshkent, Parkent, Qibray tumanlaridagi ilg‘or xo‘jaliklarning tajribasi ana shundan dalolat berib turibdi.Shuning uchun ham bundan buyon asosiy e’tibor bedaning to‘rtinchi va beshinchi o‘rimidan iloji boricha yuqori hosil olishga qaratilishi zarur. Shu maqsadda ilg‘orlar tajribasini o‘rganib, ularni amalda qo‘llanish lozim. Bedaning to‘rtinchi, beshinchi o‘rimi hisobiga har gektaridan olinadigan beda pichani hosildorligini kam deganda 125-130 sentnerga yetishini ta’minlash muhim vazifadir. Buning uchun qolgan sanoqli kunlar davomida bedazorlar parvarishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. Shuningdek, silos, ko‘kpoya uchun ekilgan makkajo‘xori va boshqa oraliq ekinlar parvarishini ham risoladagidek yo‘lga qo‘yib, shu hisobdan xashak zahirasini ko‘paytirib, bu yilgi reja-ni albatta bajarish choralarini ko‘rishimiz zarur.