🔍

Article

VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

By Saidvali Hasanov. • in 1996

Viloyat hokimligida huquq idoralari xodimlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mintaqaviy bu anjumanda Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari prokurorlari, ularning o‘rinbosarlari, transport prokuraturasi xodimlari, mazkur hududlardagi shahar va tumanlar prokuratura, adliya xodimlari va sud raislari, xalq sudyalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Respublika bosh prokurorining o‘rinbosari, uchinchi darajali davlat adliya maslahatchisi [Yoqubjon Jamolov] «1996 yil 29 fevral kuni Respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Respublika Prezidenti [Islom Karimov]ning so‘zlagan nutqidan kelib chiquvchi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining vazifalari to‘g‘risida» ma’ruza qildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari Toshkent davlat yuridik instituti kafedra mudiri, yuridik fanlari nomzodi [M. Yu. Gasanov]ning respublikaning «Mehnat kodeksi» asosida «Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari: mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish, mehnat intizomi hamda mehnatni muhofaza qilish» mavzusidagi ma’ruzasini ham tingladilar.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz nutqidan kelib chiqadigan vazifalar asosida huquq-tartibotni yanada mustahkamlash, huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarning amalda ishlashini ta’minlash, bir qator ma’muriy idoralar faoliyatlaridagi ro‘y bergan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirdilar.

Shuningdek, ular respublikaning yangi «Mehnat kodeksi»da fuqarolar manfaatini, huquqlarini muhofaza etish doirasi kengayganligini, mazkur qonun majmuasi avvalgisidan mukammalligi bilan alohida e’tiborga loyiq ekanini qayd qildilar.

Total words

176

Unique words

146

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

0

TTR

0.830

Hapax

125

Distribution

Top frequency chart

Dataset