🔍

Article

POMIRDA ARCHA BAYRAMI

By V. Nozdryuxin, Oʻrta osiyo gidrometeralogiy … • in 1983

$$Yuksak Pomir-Oloy togʻlari$$ning taxminan toʻrt ming metr balandligida, [Abramov] muzligidagi glyaunologiya ilmiy-eksperimental bazasida 16-qishlov davri boshlandi. Ilmiy-eksperimental bazaning ishiga ToshDU geografiya fakultetida tahsil olgan glyaunolog [Vladimir Grishin] rahbarlik qilmoqda.
Bir necha oy davomida qishlovchilar “katta yer”dan toʻla toʻkis uzilib qoladilar. Behs metrgacha qalinlikda yogʻadigan qor xaybatli qor koʻchiklari, ba’zan bir oygacha toʻxtamaydigan boʻron, qahraton sovuq qishki va bahorgi davrda muzlikni zabt etib boʻlmas ahvolga solidi. Faqat radioaloqa hamda havo ochiq boʻlganda kamdan-kam uchadigan vertolyotlargina qishlovchilarni tashqi olam bilan bogʻlab turadi. Biroq ular oʻzlarini hayotdan uzoqlashib qolganday his etmaydilar. Ular doimiy ravishda radio-eshittirishlarni, jumladan, har oyda $$Oʻzbekiston radiosi$$ uyushtiruvchi eshittirishlarni tinglaydilar. Bu eshittirishlarda qon-qarindoshlar va yoru birodarlarning soʻzini, sevimli kuylarni maroq bilan tinglash mumkin.
Tadqiqotchilar ixtiyorida bilyard, shaxmat-shshka, katta kutubxona, istaganlar uchun fin-xammomi – sauna mavjud. Bazada 150 ga yaqin badiiy kinolentalalr ham boʻlib, har bir qishlovchi oʻz istagi boʻyicha film namoyish qilinishini soʻrashi mumkin.
Ishlar va tadqiqotlarning koʻpchilgi bevosita bazada emas, balki butun muzlik havzasida – 60 kvadrat kilometr maydonda, dengiz sathidan 3600-4600 metr balandlikda olib boriladi. Tadqiqotchilar har oʻn kunda marshrutga chiqib qor toʻplanishi, muzlikning siljish tezligi va boshqa koʻpgina masalalrni oʻrgandilar. Ular nihoyatda past temperaturada qor koʻchkilari va tosh yogʻilishi, qor ostidagi muzlarning yorilishi kabi xavf xatarlarga parvo qilmay pribor va asbob-anjomlar solingan oʻgir ryukzaklarni yelkaga ortib olgʻa intiladilar. Ayniqsa, tuman tushganda muzlik, qor choʻqqilari va osmonning yagona oppoq sarobga aylanishi har qanday moʻljaldan chalkashtiradi.
Xoʻsh bundan maqsad nima? Asosiy masala togʻ muzligi hayotini va undagi xodisalarni ularning ob-havo va insonning kelib chiqish tarixini oʻrganish faoliyati bilan aloqasini oʻrganishdan iborat. Respublikamizning ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishida suv asosiy rol oʻynaydi. Shuning uchun ham barcha daryolarimiz sarchshmasi boʻlmish muzlik va qor qatlamlarini oʻrganish xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Hozir muzlikda qizgʻin palla – qishlovchilar muzlik havzasidagi qor zapaslarini oʻlchamoqdalar. “Katta yer”dan esa ularga yangi yil sovgʻalari hamda archani $$Oʻzbekiston$$ning taniqli vertolyotchilari [V. Mitroxin] va [A. Safonov]lar yetkazib berdilar.
Muzlik tadqiqotchilari 1983 yilda $$Oʻzbekiston$$ning barcha mehnatkashlariga shu jumladan oʻz oila a’zolari va yaqinlariga mustahkam sogʻliq, a’lo kayfiyat, shaxsiy baxt, turli jabhalarda muvaffaqiyatlar hamda… yaxshi ob-havo tilab qolishadi.

Total words

334

Unique words

281

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

4

TTR

0.841

Hapax

256

Distribution

Top frequency chart

Dataset