Kecha Mehnat $$Qizil Bayroq orden$$li [Alisher Navoiy] nomidagi $$Oʻzbekiston SSR Davlat Akademik Katta teatri$$da “Ikki dil dostoni” asari asosida taniqli kompozitor [Arif Melikov] yaratgan shu nomli balet premyerasi boʻldi.
…. Mayin kuy taraladi, sahna yorishib, ikki yonda naqshinkor peshtoqli koʻshklar nemoyon boʻladi. Tilla shamdonlardagi shamlar yogʻdusida qirmizi gumbaz yoqutdek tovlanadi. Bu – $$Qorashoh saroyi$$. Saroy sahnida raqqoslar dilrabo ohanglar ogʻushida erkin suzmoqda. Nogahon nogʻoralalr guldurosi taralaldi, raqqosalalr tahlikaga tushadi. Anvoyi gullardek ma’sul raqqosalalr oralab shohning qora libosi suvoriylari charx uradi. $$Qorashox raqqosalar$$ orasidan misli yoʻq oʻyinchi, sohibjamol Komdeni qidiradi. U esa yoʻq. $$Qorashoh$$ gʻazablanadi, gʻazabi goʻyoki sahnaga soya tashlaydi. Keyin, yorishgan uch nuqtada esa taxtiravondagi shoh, raqqosa ^^Komde^^ va rassom koʻrinadi. Lolarang, xariri libosdagi ^^Komde^^ mashhur hind raqsi ijro etmoqda. Raqs beqiyos nafis vas hu qadar latifki, u rassomga qaynoq ilhom baxshlaydi. Rassomning sehrli moʻyqalami qizning jozibali betakror tasvirini yaratadi. Sur’at Qorashohning rashkini qoʻzgʻatadi. U gʻazabga minadi va tengsiz istedod egasi boʻlgan rassomning koʻzlarini oʻyib olishga farmon beradi. Komdenning iltijolari, tadbirkorligi tufayligina rassom Qorashoh $$(Oʻzbekiston SSR$$da xizmat koʻrsatgan artist [Shavkat Tursunov]) changalidan omon chiqib ketadi….
Kurashchan muhabbatning tantanasi mavzuidagi “Ikki dil dostoni” baleti shunday boshlanadi. Ilk sahna va ko;rinishlarda asarning mohiyati deyarli raqsiy tasvirlarga singdirilgan. ^^Komde^^ va [Mudan] – sevishganlar portreti rangin sahnalardagi chuqur psixologik raqslar tasvirida ochiladi. Asardagi obrazlar, ayniqsa ^^Ra’no Karimova^^ ijrosidagi ^^Komde^^ va [Hasan Bozorov] yaratgan [Mudan] obrazlari raqslari, suratlari chuqur ma’noli nozik harakatlarda yorqin “chizilgan”. Sahnadan alglashiladigan asar mohiyati nihoyatda tiniq chiqqan, Mualliflar “Ikki dil dostoni” asari gʻoyasini sahnaga yaxlitligicha koʻchirihsga muvaffaq boʻlganlar… Voqealarning tadrijiy rivojida shoʻx qizlar oʻyini raqqoslar raqsi bilan almashinadi. Davra oʻrtasida shodon raqs tushayotgan [Mudan] hammaning e’tiborini jalb etadi. Uning sehrli tanburidan taralayotgan kuy olamga yoyiladi, barchani shod-xurram raqsga chorlaydi. Qoʻqqisdan davraga musofir rassom (artist Konstantin Fridlyand) kirib keladi. U qoʻlidagi suratiga mahliyo. Maudanning nazari ana shu suratga – ^^Komde^^ suratiga tushadi. Mahzun kuy taraladi, kuy [Mudan]ning oshiqligini ifoda etadi. Mudan gʻoyibona ma’shuqasi ^^Komde^^ vasliga talpinadi…
Shu oʻrinda asar mazmuniga uygʻun ajoyib suratlar ishlab, sahnaga ruh kiritgan rassom ^^Solmaz Axverdiyeva^^ hamda dirijyor ^^Dilbar Abdurahmonova^^larning beqiyos xizmatlarini ta’kidlash oʻrinlidir. Sahnadagi hayotiy, poetik manzaralar bilan sharqona nagʻmalar singan orkestr kuyalri uygʻunlashib ketgan.
– “Ikki dil dostoni” asarida Sharq donishmandligi teran ifodasini topgan, -
deydi taniqli kompozitorarif [Melikov]. – Atoqli adibimiz [Sharof Rashidov] adabiy merosga [lenincha] partiyaviy nuqtan nazardan yondashib, ^^Komde^^ va [Mudan] sevgisi – kurashchan chin insoniy muhabbat talqinida zamonaviy asar yaratgan. Asarda chuqur ifoda etilgan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi abadiy kurash, chin muhabbatning razolat ustidan tantanasi kitobxonlar qlbini larzaga solidi. Bizni shu asar asosida balet yaratishga da’vat etgan kuch ham mana shudir.
Haqiqiatan ham, [Mudan] gʻoyibona mash’uqasi vasliga erishish yoʻlidagi barcha azob-uqubatlarni yengadi, Qorashoh saroyiga keladi. Ming mashaqqat bilan goʻzal raqqosa ^^Komde^^nning jamolini koʻradi. Qiz qalbida ham [Mudan]ga cheksiz muhabbat uygʻotadi.
[Mudan] xush ovozi, sehrli tanburining jozibali navosi bilan Qorashoh va saroy ahlini rom etadi. Biroq ^^Komeda^^ga muhabbati, sevgisiga sodiqligi tufayli Qorashoh qahriga uchrab, saroydan quvgʻin qilinadi. Ikki dil muhabbatini doston qilgan sehrli tanbur parchalanadi. Sevishganlar esa jisman bir-biridan judo qilinadi. Lekin ular qalban, ruhan, abadiy birga qoladi. Oʻlimni yenggan bu muhabbat mangu yashaydi.
Sahnada ikki xil talqin – [Mudan]ning individual harakati va sahnadagi guruh raqslari ranglarda kiyim-kechak va musiqa vositasida uygʻunlashgan. Sayoq sozandalar, qoʻshiqchi va qiziqchilar libosi ortiqcha hashamdorlikdanxoli. Sahanning kengligi ommaviy raqslarda aktyorlarning erkin harakat qilishiga qulaylik tugʻdiradi. “Ikki dil dostoni”dagi teran mazmunni yuzaga chiqarishda muzika yetakchi rol oʻynaydi.
“Ikki dil dostoni” baleti $$Mehnat Qizil Bayroq orden$$li [Alisher Navoiy] nomidagi Oʻzbeksiton SSR Davlat akademik Katta teatri sahnasida ilk bor namoyish etildi. Balet yarstilishi jarayoninig oʻziyoq xalqlarimiz qardoshligi va ijodiy hamkorligining yorqin bir koʻrinishidir. Asar librettosi muallifi – taniqli sovet kompozitori Ozarbayjon SSR xalq artisti [Arif Melikov]. U 1958 yildan beri Boku konservatoriyasi professori, qator asarlar muallifidir. Balet kompozitsiyasi va raqsi muallifi – RSFCRda xizmat ko;rsatgan san’at arbobi [Igor Chernishyov]. U [Kuybishev] Shahar Davlat opera va balet teatrining bosh baletmeystri. Balet sahnasini rassom ^^Solmaz Axverdiyeva^^ bezagan, ^^Axverdiyeva M^^. [Azizbekov] nomidagi Boku Davlat akademik drama teatri rassomi. Baletning muzika Rahbari va drijyori – $$SSSR xalq artisiti$$ ^^Dilbar Abdurahmonova^^. Internatsional gruppa hakorlikda yaratgan bu yorqin asar $$SSR Ittifoqi$$ning shonli 60 yillik yubileyiga munosib toʻyona boʻldi.
Total words
661
Unique words
488
Annotated anthroponyms
36
Toponyms
9
TTR
0.738
Hapax
400
Distribution
Top frequency chart
Dataset