Kasbim chorvador. Fermada sut sogʻuvchi boʻlib ishlayman. Kuch gʻayratim, bilim – tajribamni kasbimni sharaflashga baxshida etib kelyapman, bundan keyin ham shunday qilaveraman. Chunki, chorva mahsulotlari, xususan sut etishtirishni koʻpaytirish $$SSSR$$ Oziq -ovqat programmasining tarkibiy qismidir.
Biz, chorvadorlar ham, paxtakorlar singari, yil boshida oʻz zimmamizga konkret majburiyatlar olamiz. Yil oxirida ishimizga yakun yasaymiz. Mening 1982 yilgi ish yakunim har qachongidan ham quvonchli boʻldi. Oʻzimga birkitilgan 30 bosh sigirning har boshidan 6200 kiligrammdan sut sogʻib olib, sosialistik majburiyatimni ortigʻi bilan bajardim. Men bilan bir safda turib ishlayotgan boshqa sogʻuvchi -operatorlar ham katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Fermamiz boʻyicha davlatga plandagi 705 tonna oʻrniga 750 tinna serqaymoq sut topshirdik. Biz Oziq -ovqat programmasining izchilik bilan amalga oshirib borilishiga munosib hissa qoʻshish bilan oʻzimizni baxtiyor hisoblaymiz.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$ning $$Bosh sekretari$$ oʻrtoq [Y. V. Andropov] partiya $$Markaziy Komiteti$$ning noyabr (1982 yil) Plenumidagi sermazmun nutqida qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida, shu jumladan chorvachilik tarmogʻida muvaffaqiyatga erishishning bosh yoʻli barcha zvenolarda mehnat intizomini mustahkamlashdilar., deb juda haq gapni aytdi. Haqiqatda qaysi uchaskada mehnat intizomi yaxshi yoʻlga qoʻyilsa, oʻsha joyda yutuqlar qoʻlga kiritilaveradi, mahsulotlarning salmogʻi ortib, sorti va sifati yaxshilanaveradi.
Masalan, sut -tovar fermasidagi ishlarga koʻz tashlaylik. Sogʻuvchi sigirlarni oʻz vaqtida sogʻsa sut koʻpayadi. Intizomsizlik qilib, ishga kech kelib sogʻsa sut kamayadi. Ozuqalar vaqtida berilmasa, sigirlar kuniga kamida ikki marta sugʻorilmasa ham sut miqdori koʻpaymaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, sogʻuvchilarimiz hamisha ongli, intizomli boʻlishlari, vaqtida fermaga ishga kelishlari, ishdan erta ketib qolmasliklari kerak.
Yangi 1983 yilga kirdik. Bu bosqich oʻn birinchi besh yillik planini hamma turlari, miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muvaffaqiyatli bajarishda hal qiluvchi rol oʻynadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi yil marralarini nechogʻli ertaroq egallasak, keying yillarning yuki ancha engillashadi. Lekin har qanday sharoitda ham barcha fermalar, komplekslarda biz, chorvadorlar bir -birimiz bilan hamkorlik, ahillik, oʻzaro yordamni kuchaytirishimiz, fan -texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga dadillik bilan joriy etishimiz, bir jon, bir tan boʻlib dadil olgʻa tomon qadam tashlamogʻimiz, ichki rezevlardan oqilona foydalahmogʻimiz kerak.
Chorva qishlovi qizgʻin pallaga kirdi. Qish faslida sut etishtirishni muttasil koʻpaytirib borish muhim burchimizdir. Biroq, em – xashakdan ishning koʻzini bilib faydalaniyapmizmi, sigirlarimiz oriqlab qolib, sutini kamaytirib yubormayotirmi, yosh buzoqlar parvarishga alohida e’tibor beryapmizmi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymayapmizmi? Qishlov davrida yana shu masalalarga jiddiy e’tibor bermogʻimiz zarur. Ish joyimizda ham, toʻkin -sochin yangi yil dasturxoni atrofida ham shuni esdan chiqarmasligimiz kerak.
$$Oʻzbekiston$$imizda yangi yil shodiyonalari davom etyapti. Xoʻjalik yilini yaxshi yakunlagan paxtakorlarimiz, gʻallakorlarimiz, sabzavotkorlarimiz va boshqa sohalarning mehbatchilari oʻz oila a’zolari bilan kommunistik ma’murchilik gashtini surmoqdalar. Baxtli va farovon hayot yaratib bergan partiya va hukumatimizga minnatdorchilik soʻzlarini izhor etmoqdalar. Biz, chorvadorlar ham barilla ovoz bilan aytamiz: barcha gʻalabalarimizning ilhomchisi va tashkilotchisi Kommunistik partiyamizga shon -sharaflar boʻlsin!
Oʻtgan yil izli-qutli edi. Yangi yil bundan ham salmoqli va salobatli bo;lishi kerak. Bu egi oʻzimizga, gʻayrat va shijoat bilan jon kuydirib mehnat qilishimizga, moddiy boyliklarini koʻpaytirishimizga bogʻliqdir. Har birimiz va hammamiz astoyidil harakat qilsak, yangi yil ham ulkan zafarlar yili boʻladi.
Ortoq [Y.V. Andropov]ning ilhombaxsh dokladida ta’kidlaganidek, Biz: <<xalq bilan partiya yakdil! >> deganimizda, bu gap partiya oʻz oldiga qoʻygan maqsadlar va fazifalar barcha sovet kishilarining orzularini , ehtiyojlarini aniq ifodalashidan iborat muqarrar faktni qayd etgan boʻlamiz. Koʻp millionli xalqimiz esa oʻz ishlari bilan partiya siyosatini turmushga tatbiq etmoqda…>>.
Yangi yil bilan qutlayman, aziz kasbdoshlarim!
Total words
522
Unique words
407
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
5
TTR
0.780
Hapax
364
Distribution
Top frequency chart
Dataset