Yangi yilning chin arafasi kuni. Manzilga zafar orqalab kelgan qadrdon yilimizdan minnatdor ekanmiz, yangi yil orzulari qanotlandi. <<Kutib olayotgan yilimiz qutlugʻ boʻlsin, baxtu baxtiyorlik ola kelsin, quvoch baxsh etsin, ishlarimiz natijasi tarozi bosadigan tarzda sersamara boʻlsin>>, deya qadah koʻtarging keladi.
Bu kayfiyat sarhisobiga, katta rejalarga moyil koʻnglida 1982-yilgi ajib safar taassurotlarini uygʻotdi. $$Noqarotuproq oʻlka$$dagi Bunyodkor hamyurtlarimiz huzuriga borganim, ularning el -yurt Ishida faol qatnashib, bepoyon Rossiya qishloqlarini obod etishda nardona mehnat namunalarini koʻrsatatayotganiga shohid boʻlganim xotirada qayta tiklandi. Toʻkin dasturxon atrofiga keluvchilarni kutarkanman, radiodan taralayotgan musiqa sadolariga mahliyo koʻrinsam-da , xayolan Noqoratuproq oʻlkada – birinchi Sovetlar vatani ^^Ivanova^^, qadimiy rus diyori Novgorod oblastlari shahar – qishloqlarini kezardim.
Novgorod safarimda ilk bor hamyurtimiz [Georgiy Vladimirovich Magrezda] - <<Uznovgorodvodstroy >> tresti boshqaruvchisi bilan uchrashgandim . Holi vaqt topib, suhbat qurganimizda kabineti devoridagi pardani bir tomonga surib qoʻydi. Ulkan xarita namoyon boʻldi. Unda RSFSRning $$Novgorod oblasti$$ Shahar-qishloqlari shundoqqina koʻzga tashlanib turardi. Alohida rang bilan oʻzbekistonliklar ishlayotgan obyektlar belgilab qoʻyilgandi. [Georgiy Vladimirovich] xaritaga nigoh tashlab, hikoyasini boshlagandi. Kuni kecha [Georgiy Vladimirovich]ni telefonda yangi yil bilan tabriklaganimda bahri-dili ochilib ketdi. Ovozini eshityapmanu oʻsha uchrashuvdagi dadil fikrlarini esladim. Yil yaxshi yakunlayotgani xususida gapirib, qanotli raqamlarni ta’kidladi:
Sizga ham yaxshi tilaklar bildiraman.
Trestimiz bir yilning oʻzida 25 ming gektardan ziyod maydondagi botqoqliklarining zaxirasini qochirdi, qariyb 2 ming gektar yer sugʻorma dehqonchilikka taxt qilib topshirildi. 48 ming kvadrat metrdan koʻproq uy-joy binolarida hovli toʻylari oʻtkazildi. Melioratorlarimizning ruhi tetik, kayfiyati baland, yangi marralarni koʻzlab turibmiz.
… Novgorodning Lesnaya qishlogʻida barpo etilayotgan $$<<Toshkent>> sovxozi$$ bunyodkorlari azamat binokor [Jumanazar Shermatov]ning nomini alohida mehr bilan tilga olishadi. U Namanganning $$Chust$$dagi yer qishlogʻda oʻrta maktabni tamomlagan. Paxtachilikda ishladi. Armiya xizmatini oʻtab qaytdi. $$Markaziy Fargʻona yerlari$$ni oʻzlashtirishda buldozerchi boʻlib qatnashdi. 1977 yilda koʻgina tengqurlari qatori $$Novgorod$$ga – bunyodkorlar huzuriga otlandi. Qadimiy Shahar Novgorod va uning qishloqlari Jumanazarga yoqib qoldi. Bular haqida $$Chust$$ga – ota -onasiga nomalar yozib turdi. Nomalaridan birida novgorodlik zavod ishchisi ^^Jenya^^ga mehr qoʻygani, u bilan oila qurishga ahd qilganini bildirdi. Rafiqasinini $$Namangan$$ga olib bordi. Ota-onalari baxt tilashdi. $$Rossiya$$lik kelin yangi yilda oʻgʻli [Alisher], qizi ^^Jamila^^ bilan qaynona-qaynotasini ziyorat qilib ketishga hozirlanmoqda.
$$Qoraqalpogʻiston$$ning $$Qoʻngʻirot$$idan mard yigitlar qatorida $$Noqoratuproq$$qa borgan [Shoxnazar Safarmedov] ^^Ivanova^^dagi $$<<Oʻzbekiston >>sovxozi$$ qurilishida faol ishtirok etmoqda. Kelajakda ivanovopik qardoshlarimizni sabzavot va sut mahsulotlari bilan moʻl-koʻl ta’minlashga xizmat qiluvchi bu xoʻjalikda dastlabgi oʻzlashtirilgan erlardan hozirning oʻzidayoq yuqorihosil olinmoqda. Bugungi kunda beton uzelining masteri boʻlib ishlayotgan [Shoxnazar] sovxoz qurilishini kompleks olib borish ishlariga munosib hissa qoʻshyapti.
-Sovxoz qurilishida keyingi oylarda anchagina ishlar bajarildi, -debdi u bizga yoʻllagan maktubida. -Zaxi qochirilgan yerlarni dehqonchilik qilish uchun topshirish planlari muddatidan ilgari bajarildi. Vitaminli oʻt talqoni ishlab chiqaradigan kompleks ishga tushdi. Bu ulkan bir zavidga qiyoslagudek. Oʻt -oʻlan, qamish, hatto igna bargli daraxt shox-shabalari konveyerdan oʻtkazilib , alohida apparatlarga qayta ishlanib , chorvachilikda keng qoʻlaniladigan talqon , donador ozuqa oʻzbekistonliklar koʻrsatayotganbir madad namunasi emasmi!
[Ivanov]ning yonginasidan obod shaharcha - Shuyada ham $$Oʻzbekiston vakillari$$ ishlamoqda. Temir-beton buyumlar zavodi bir necha yil avval mahsulot ishlab chiqara boshlagan boʻlsa ham, uni yanada kengaytirish va rekonstruksiyalash tadbirlari koʻrilyapyi. Mamlakatning oziq-ovqat programmasini amalga oshirishda bu korxona mahsulotlariga katta ehtiyoj sezilmoqda. Zavod qishloq qurilishlari uchun detallar tayorlab beradi. Korxonani qayta jihozlash, kengaytirish natijasida bu erda tayorlanayotgan mahsulotlar hajmi birdaniga uch baravar koʻpayadi. Shahar biqinida yiliga 80 ming kub metr yigʻma trmir -beton tayorlab beruvchi ulkan bazaning dastlabgi navbati yangi yil arafasida 10 ming kub metr mahsulot ishlab chiqarganligini nishonladi. Korxona peshtoqidagi <<Birinchi Sovetlar vatani ^^Ivanova^^ga $$Oʻzbekiston$$dan >>degan soʻzlar yozib qoʻyilibdi.
KPSS ^^Ivanova^^ obkomining sekretari [G. I. Razumov] bilan suhbatimizdagi taasurotlar toʻgʻrisida xayolimda oʻrnashib qolgani qoʻyidagilar:
-_Oblastimizning Teza daryosi havzasida meliorasiyalash ishlari keng koʻlamda olib boriladi. Ozbekiston melioratorlari bu ishda katta yordam berishga va’da qilganliklaridan boshimiz osmonga yetdi. Besh yillik oxiriga borib 23 kilometrlik Volga – Teza kanali ishga tushiriladi. 20 ming gektardan ziyod sugʻorma erlar dehqonchilik oborotiga kiritiladi. Oʻzbekiston vakillari yangi yildanoq shu ishga kirishadilar.
Hamyurtlarimizning katta bunyodkorlik ishlari qalblarni quvonchlarga toʻldiradi. Ular $$Ozbekiston qoʻriqlari$$ni oʻzlashtirishda, sovxozlarini kompleks qurishda orttirgan tajribalarini Noqoratuproq oʻlkada kamoli gʻayrat bilan qoʻllab, internasional burchaklariga sadoqat namunalarni koʻrsatishyapti. Bu mehnat qahramonlari sha’niga har qancha tasanno aytsa arziydi.
Article
QADAH (Noqoratuproq oʻlkadagi Bunyodkor hamyurtlarimiz sha’niga
Total words
645
Unique words
530
Annotated anthroponyms
15
Toponyms
16
TTR
0.822
Hapax
458
Distribution
Top frequency chart
Dataset