Oltin umrimizning yana bir zarvaragʻi ortda qoldi. Vatan solnomasining yangi sahifasi ochildi. Zafarlarga toʻliq yilimizni hammamiz birday oʻzgacha tuygʻu, oʻzga bir gʻurur bilan kuzatdik. Bugungi kuning shukuhli tongini ham ajib hissiyotlar ogʻushida kutdik. Buning boisi ayon, oʻtgan yilimiz mamlakat xalq hayotida bir umr unitilmas olamshumul voqealar yili boʻldi. Keling, avvalo Vatanimiz hayotidagi tarixiy voqealarga razm solaylik. $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Oziq -ovqat prigrammasini qabul etgan may Plenumini sovet kishilari zoʻr koʻtarinki ruh va yakdillik bilan kutib oldilar. Sosialistik jamiyatimiz taraqqiyotining yangi yoʻl-yoʻriqlarini belgilab bergan $$KPPS Markaziy Komiteti$$ning Noyabr Plenumi qarorlari misli koʻrilmagan yangi zafarlarga chorladi. Nihoyat shuhratlarga toʻliq vatanimiz, Sovet $$Sosialistik Respublikalar$$ni Ittifoqining moʻtabar oltmish yillik toʻyi boʻldi. Bu shonli sanani ikki yuz yetmish millionli sovet xalqi bilan birgalikda yer kurrasidagi milliardlab sof vijdonli taraqqiyparvar insoniyat iftixor ila bayram qildi. $$Moskva$$dagi tantanalarda 112 mamlakatdan 134 chetel delegatsiyasi qatnashganining oʻziyoq Sovet Ittifoqining xalqaro obroʻ-e’tibori naqadar yuksalib borayotganini yana bir karra namoyish etdi. Butun planeta $$SSSR$$ timsolida tinchlik hamda xalqlar ozodligining ulugʻvor va metingdek mustahkam tayanchini koʻrmoqda.
Biz mana shunday qudratli, buyuk Vataning farzandlari, shijoatli quruvchilari va himoyachilari boʻlganimiz bilan baxtiyormiz. $$KPSS Markaziy, Komitetining Bosh sekretari$$ oʻrtoq [Yuriy Vladimirovich Andropov] $$Kreml$$ining Siyezdlar saroyida <<SSSRning oltmish yilligi>> dokladida: <<Sovet Ittifoqi 60 yil mobaynida bosib oʻtgan yoʻl-butun bir davrdir. Qoloqlik, qishloqlik va vayrongarchilik holatidan madaniyati gʻoyat yuksak darajaga koʻtarilgan va xalq farovonligi doimo oshib borayotgan zamonaviy ulugʻ davlatning qudratigacha bu qadar shitobli parvoz tarixda aslo koʻrilgan emas>>, -deganida qalblarimiz faxr va gʻurur bilan toʻlib toshganing boisi ham shunda. Zero, jonajon sosialistik Vatanimiz taraqqiyotining oltmish yillik yakunlari chindan ham buyuk va zalvorlidir.
Omochdan kosmik trassalargacha bosib oʻtilgan bu nurli yoʻlni Avroraning hayotbaxsh guldurosidan keyin jahonda yagona sosialistik mamlakat vujudga keltirgan jonajon Kommunistik partiya, uning asoschisi, butun dunyo proletarlarining oʻlmas dohiysi [Vladimir Ilich Lenin] Oktyabr tongidayoq belgilab berdi, zulm va adolatsizlik hukmron boʻlgan oʻlkada sosial taraqqiyotning yorqin mash’alasini yoqdi.
YANGI YIL DASTURXONI ustida har birimiz buni yana bir karra xayol koʻzgusidan oʻtkazdik. Bundan boshqacha boʻlishi mumkin emas. Insoniy shon -shuhratimiz, e’tibor va obroʻyimizni samoviy kengliklarga qadar olib chiqib, koʻp millatli yakdil xalqimiz qudrati dongʻini jahonga taratgan shu ona diyor, jonajon va buyuk Kommunistlar partiyasidir. Shuning uchun ham shu diyor, shu partiyaga cheksiz sodiqmiz, unga mehrimiz beqiyos va behududdir. Bu esa sosial taraqqiyot va ozodlik dushmanlarini talvasaga solib qoʻymoqda. Ular qanday yoʻl bilan boʻlmasin, butun dunyoda yil sayin mustahkam ildiz otayotgan shu adolatli tuzumni yoʻq qilish payida boʻlib kelishmoqda, tinch hayotimizga rahna solishga jon -jahdlari bilan urinishmoqda.
Imperializm bu yovuz niyatini amalga oshirish yoʻlida Ulugʻ Oktyabr revolyusiyani gʻalabasining dastlabgi kunlaridanoq tinmay kurashib kelmoqda. Janob [Cherchil]ning revolyutsiyadan keyin oradan koʻp oʻtmay : <<Bolani beshigidayoq boʻgʻib saranjomlash kerak>>, degan beboshlarcha aytgan soʻzlari jahon xalqlari xotirasidan hali koʻtarilgani yoʻq.
Shundan keyin endi tetapoya boʻla boshlagan Vatanimizni, xalqimizni tahllika ostida qoldirishdi: oʻndan ortiq xorijiy davlat yosh $$Sovetlar Respublikasi$$ga yopirilib keldi. Bular Ichida [Cherchil]lning vatani Angliya ham bor edi. $$Okean orti$$dan $$Amerika interventlari$$ emaklab oʻtishdi. Oʻsha, erkin dunyo, deb ayuhannos slogan, Amerika va boshqa kapitalistik mamlakatlarda Rossiyani burdalash, uning bepoyon territoriyasini oʻzlariga qoʻshib olish rejalari yuzsizlarcha muhokama etila boshlandi.
Biroq och va yalangʻoch, asriy qullikdan keyin hali oʻzini oʻnglab olmagan xalqimiz qaqshatgich jangga kirdi, revolyutsiya dushmanlariga qarshi bilan qurolsherday na’ra tortib hujum qildi. Hech bir kuch, hatto tish-tirnogʻigacha harbiy texnika bilan qurollangan bosqichlarining yuz minglaqab qoʻshini ham bu na’ra oldida dosh berolmadi. Dushmanlarimizning muqaddas ona-vatan tuprogʻiga choʻzgan qonli panjalari qirqildi. Ular sharmandalarcha tum-taraqay boʻlib qochishdi, ichki kontr revolyutsion kuchlarga zarba berildi. Xalqining misli koʻrilmagan jasorati tufayli Vatan tahlikadan saqlab qolindi.
1941 yil 22 iyun jahon xalqlari uchun qora, mudhish kun boʻlib tarixga kirdi. Quloq eshitmagan, koʻz koʻrmagan dahstatli kunlar boshlandi. Moʻru malaxday yopirilib kelgan yov yurtimizni vayron etdi. Norasida goʻdaklar, ojiz qariyalar , bosib olingan erlarda himoyasiz qolgan opa-singillarimiz, mehribon onalarimizning qonini daryo qilib oqizdi, insoniyat tasavvur etolmagan vahshiyona yoʻllar bolan kirdi. Yuzlab konslagerlarda sovet kishilarini tirik murda qilib qiynadi. Yurt ulkan azaxonaga aylandi, musaffo osmonomizni qora tutun qopladi. Sosialistik davlatining eng yovuz va kuchli dushmaniga qarshi qaqshatgich zarba berish uchun hayot -mamot jangiga kirish-birdan bir oqilona yoʻ l edi.
Kommunistik partiya ana shunday ogʻir vaziyatda ham xalqqa aql -idrok va tadbirkorlik bilan boshchilik qildi. Butun mamlakat oyoqqa turdi. Barcha imkoniyatlar, kuchlar frontga , dushman ustidan gʻalaba qozonishga qaratildi. Barcha sovet xalqlari qatiri oʻzbek xalqining ham bu hayot -mamot jangida koʻtargan misilsiz jasorati hech birimixning xotiramizdan koʻtarilgani yoʻq. Respublikamiz ulkan aslahaxonaga aylandi. Butun xalqimiz oyoqqa turdi, muqaddas Gʻalabamiz uchun jon olib jon berdi. Respublikada urush yillarida olib borilgan misli yoʻq qahramonlik va Sovetlar diyoriga sadoqat tillarda doston boʻldi. Oʻsha yillari oʻzbek xalqi beshafqat urush jonajon erlarini, fabrikalarini, zavodlarini, ekinzorlarini tashlab ketishga majbur etgan millionlab ayollarimiz va ularning farzandlarini , keksayib qolgan otalarimiz va onalarimizni qardoshlarcha, qarindosh-urugʻlarni kutib olgandek eshiklarni ochib kutib olib boshpana berib, hayot larini saqlab qolishga yordam qilmaganligini kim unuta oladi?
DAHSHATLI URUSHDAN GʻLIB chiqdik. Mamlakatning uchdan bir qismi vayrona holga keldi. Nemis gazandalari tumtaraqay boʻlib, shataloq otganlarida ham yoʻl-yoʻlakay Shahar – qishloqlarimiz, oʻzlari uchun butun qoldirgan yirik sanoat korxonalarimizning kulini koʻkka sovurishdi, behisob gunohsiz odamlarni qirib tashlashdi.
Shijoatli sovet xalqi tushkunlikka tushmadi Yarim och, yalangʻoch holda butun kuch imkoniyatlarini mamlakatni tiklash, unung ekonomikasini ravnaq toptirishga bagʻishladi . Urush etkazgan jarohatlarimizga malham bosdik, xalq va vatan baxt -saodati yoʻlida fidokorona mehnat qildik. Goʻzal shaharlarimiz qayta chiroy ochdi, farzandlarimiz qahqahasi yana musaffo osmonimizda barilla yangradi, qariyalarimiz orom ola boshladilar.
Ulugʻ vatan urishi frontlarida yigirma million aholisi halok etilgan qudratli sosialistik Vatanimiz yana istiqbolining porloq yoʻlidan borib , gullab -yashnadi . Sosialistik tuzumning beqiyos afzalliklarini jahon afkor ommasiga namoyish etib, ularni sosial ozodlik va taraqqiyot yoʻlida oʻz izidan ergashtirdi.
Xalqaro vaziyat eng keskin paytlarda ham Kommunistik partiya sovet xalqining tinch va farovon hayot kechirishi, mehnat qilishi uchun shart -sharoit yaratib berdi, kommunistik qurilishining nurli koshonalri sari sobit qadamlar bilan olgʻa boshladi
Bugun ona yurt jamoliga qarab toʻyolmaydi, kishi. Zilzilaning ogʻir jarohatlaridan keyin qayta bunyod etilgan respublikamiz poytaxti – goʻzal $$Toshkent$$ning oʻzi $$jahon Shahar qurilishi$$ tarixiga misli yoʻq jasorat va kashfiyot boʻlib kirdi.
Qoʻlga kiritayotgan olamshumul gʻalabalarimiz imperialistik davlatlarni yana qattiqroq dahshat va larzaga solayotgani oʻz -oʻzidan ayon , albatta.Uendi yuzidagi niqobni yirtib , yirtqichlik tabiatini butun jahon oldida ochiqdan ochiq namoyish etmoqda. Oʻzga oʻlkalarga koʻz olaytirish kapitalini saqlab qolish va koʻpaytirish uchun boshqa xalqlar qonini zulekdek soʻrib turish-imperializm tabiatigagina xosligini butun dunyo xalqlari koʻrib turibdilar. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish , jahon xalqlarini bir -biriga gij-gijlatib, oʻz manfaatlarini surbetlarcha oshkora qilish imperialzm siyosatining mohiyatidir. Endilikda $$Amerika$$ va janob [Reygan] boshchiligidagi Oq uyning muddaosi hech kimga sir boʻlmay qoldi. Uning $$Oʻrta Sharq$$da olib borayotgan qoʻporuvchilik ishlari, $$Polsha$$da sosialistik tuzumni emirishga tazyiq koʻrsatayotgani, ozodlikka intilayotgan oʻnlab kichik davlatlarga behayolarcha xuruj qilayotgani, Sovet Ittifoqiga yogʻdirayotgan igʻvo-boʻhtonlari bugun butun dunyo xalqlari qahr -gʻazabini oʻt oldirmoqda va jahon jamoatchiligi qirgʻin qurollari ishlab chiqarishni, uni boshqa mamlakatlardagi oʻz bazalarida joylashtirishni bas etishni $$Amerika korchalonlari$$dan dadil turib talab etmoqda.
Jahon simobdek qalqib turgan hozirgi nozik vaziyatda jonajon Kommunistik partiya va odil davlatimiz tadbirkorlik bilan ish tutib, insoniyatni halokatdan saqlab qolish siyosatini izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda, yer kurasidagi million-million xalqlarning hurmat va e’tiborini qozonmoqda.
Shu vatan, shu sadoqatni xalq, yoʻlboshchimiz – Kommunistik partiyamiz bor ekan, biz tahlikalardan sira choʻchmay, koʻkragimizni baland koʻtarib, erkin nafas olaveramiz, mehnatimiz, yarativchanlik ist’edodimizni oʻsish, ulgʻayish, taraqqiyot yoʻliga sarflayveramiz!
Biz – internasionalchilarimiz.
Buni bir zum ham unutmaymiz. Yer yuzidagi million-million xalqlar imperialism kishanlarni uning tazyiqi ostida azob chekayotganini, ularga qardoshlik qoʻlimizni choʻzish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini ham hamisha yodda tutamiz.
Bugun qutlugʻ ayom yangi yilimizning birinchi kunida vatandoshlarimiz shular haqida oʻylayotganlariga aminman. Zero, zamonamizning yetuk shoiri [A Tvardovskiy]ning tili bilan aytganda: <<Har bir kishining oʻz otasi, oʻz aka -ukasi, oʻz bogʻi bor…Vatan esa hammamiz uchun bitta>>.
Ha shuning uchun u muqaddas , shuning uchun tabarruk, shuning uchun moʻtabardir bu vatan! Bunda yashash va mehnat qilish cheksiz baxt va sharafdir! Shuning uchun muhabbatimiz senga cheksiz, ey onadiyor, shuning uchun jonajon partiyamizga hamisha sodiqmiz!
Buyur, ona -Vatan, shinli partiya! El xizmatingga kamarbasta!
Total words
1,271
Unique words
897
Annotated anthroponyms
6
Toponyms
16
TTR
0.706
Hapax
734
Distribution
Top frequency chart
Dataset