🔍

Article

SOVET XALQIGA YANGI YIL TABRIKNOMASI

By KPSS MARKAZIY KOMITETI, SSSR OLIY … • in 1983

Aziz oʻrtoqlar doʻstlar!
1982 yil. Bu yil sovet kishilari uchun $$KPSS XXVI siyezdi$$ tarixiy qarorlarni bajarish sohasidagi ijodiy bunyodkorlik ishlari yili boʻldi.
Biz shonli voqea – $$Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi$$ tashkil etilganligining 60 yilligini katta bayram qilib nishonladik. Bu yubiley sotsializm ulugʻ muvaffaqiyatlarining, lenincha milliy siyosat tantanasining, $$SSSR$$dagi barcha xalqlar mustahkam doʻstligi va qardoshlarning yorqin unutilmas namoyishi boʻldi.
$$Sovetlar mamlakati Kommunistlar partiyasi$$ning dono rahbarligida ravnaq topdi va qudratli boʻldi. $$KPSS$$ sinalgan lenincha yoʻldan qat’iyat va izchillik bilan olgʻa bormoqda. $$Sovet kishilari$$ partiyamizing ichki va tashqi siyosatini yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlayotganliklari, ularning kommunizm gʻoyalariga astoyidil sodiqligi [Leonid Ilich Brejnev] bilan vidolashuv kunlarida ayniqsa yaqqol namoyon boʻldi.
$$Komunistik partiya mehnatkashlari$$ning astoyidil ishonchini muqaddas bilib qadrlaydi. U xalqqa kommunizm va tinchlik ishiga xizmat qilishi oʻz faoliyatining
Oliy ma’nosi deb biladi. Partiya bilan xalqning mustahkam birligi sotsialistik Vatanimizning bundan buyongi muvaffaqiyatlari garovidir.
Oʻrtoqlar!
Tugab borayotgan yil biz uchun murakkab yil boʻldi. Ammo shunga qaramay koʻpgina ishlar qilindi. Xalq xoʻjaligi mutassil rivojlandi. Ulkan gaz quvurlarining yuqori voltli elektr liniyalarining yangi trassalari tortildi. SSSRning Oziq-ovqat programmasini amalga oshirish yuzasidan KPSS XXVI siyezdi belgilagan tadbirlar izchillik bilan roʻyobga chiqarilmoqda. 10 millionga yaqin kishi oʻzining uy-joy sharoitini yaxshilab oldi.
$$Sovet kishilari KPSS Mmarkaziy Komiteti$$ 1982 yil noyabr Plenumi, $$SSSR Oliy Soveti yettinchi sessiyasi$$ qarorlarini besh yillik topshiriqlarini bajarish sohasidagi jangovar harakat programmasi deb qabul qildilar. Oldimizga katta vazifalar turibdi. Bu vazifalar har bir sovet kishisining oʻzi gʻayrat bilan ishlashini, yuksak uyushqoqligini ongli intizomini talab qiladi. Biz bu talablarni bajarishga qodirmiz.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$, $$SSSR Ministrlar Soveti ishchilari$$, kolxozlchilar, ziyolilar, barcha sovet kishilari 1983 yilni olgʻa borishini ta’minlaydilar, deb ishonch bildiradilar.
Halol, fidokorona mehnati bilan $$Sovet Ittifoqi$$ning iqtisodiy va mudofaa qadratini mustahkamlayotgan, fan va madaniyatni rivojlantirayotgan ulugʻ Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga koʻmaklashayotgan barcha kishilarga shon-sharaflar boʻlsin!
Oʻtgan yili xalqaro vaziyat murakkab boʻldi. Imperializmning agressiv kuchlari keskinlikni yumshatish siyosatini qoʻporish davlatlar va xalqlarni dushmanlik hamda harbiy muxoliflik yoʻliga toydirib yuborish uchun tinimsiz urinib keldilar. Mana shunday sharoitga biz yana bir karra qat’iy qilib ayta olamizki, biz tinchlikka mutassil intilaveramiz. Sovet Ittifoqi oʻz manfaatlarini, oʻz ittifoqchilari va doʻstlarining manfaaatlarini izchillik bilan qattiq turib himoya qilaveradi. Oʻzining tinchliksevarlik prinsplariga va oʻz tashiq siyosatining maqsadlariga sodiq boʻlib kelayotgan mamlakatimiz yadro urushi xavfiga qarshi, qurollanish poygasini jilovlash uchun qat’iyat bilan kurashmoqda. Qardosh sotsialstik mamlakatlar yer yuzidagi barcha tinchliksevar kuchlar biz bilan birga. SSSR har bir davlat bilan teng huquqli, oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishgadoimo tayor. Xalqaro vaziyatdagi hozirgi qiyinchilik va keskinlik bartaraf etilishi lozimligiga aminmiz. Ayni vaqtda biz benihoya sergak boʻlib turaveramiz. Harbiy avantyuralarning tarofdorlari shuni bilib qoʻyishlari, kerakki chegaralarimizning va ittifoqchilarimiz chegaralarining daxlsizligi puzta ravishda ta’minlangan. $$Sovet Kuchlari xalqlar tinchligi$$ va xavsizligining qudratli omilidir.
Biz yangi yilni kutib olar ekanmiz, sosializm mamlakatlarning mehnatkashlariga sidqidildan qutlovlar yoʻllaymiz. Sosialistik hamdoʻstlikni mustahkamlash bundan buyon ham partiyamiz bilan davlatimizning eng muhim ishi boʻlib qolaverdi.
Biz butun dunyo kommunistlarini, imperializmga, reaksiyaga va urushga qarshi kurashchilarni , mamlakatimizning barcha yaxshi doʻstlarini qizgʻin tabriklaymiz.
Aziz oʻrtoqlar! Xalqimiz kelajakka ishonch bilan nazar tashlaydi. Yangi, 1983 yil barcha sovet kishilarga , har bir xonadonga baxt-iqbol va quvoch keltirsin!
$$Qahramon ishchilar$$ sinfini, kolxozchi dehqonlarni va xalq ziyolilarini yangi yil bilan tabriklaymiz!
Partiya veteranlarini, urish veteranlarini va nehnat veteranlarini Yangi yil bilan qutlaymiz!
Vatining shonli qizlari , tolmas mehnatchi va otashin vatanparvar sovet xotin -qizlariga eng samimiy qutlovlar yoʻllaymiz!
Ajoyib yoshlarimizga eng yaxshi tilaklar bildiramiz!
$$Sovet kishilari$$ning tinch mehnatini sergak turib himoya qilayotgan $$SSSR Qurolli Kuchlari$$ning shavkatli jangchilarini qizgʻin tabriklaymiz!
Yangi yil tunida mehnat vaxtasida va jangovar vaxtada turgan, Ona-diyordan olisda ishlayotgan hamma kishilarga bayram tabrigi yoʻllaymiz!
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin, sizlarga yangi baxt saodat yor boʻlsin, aziz oʻrtoqlar!

Total words

582

Unique words

407

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

17

TTR

0.699

Hapax

332

Distribution

Top frequency chart

Dataset