🔍

Article

Kommunistlar – Avangard

By X. Roʻziyeva, Gʻijduvon rayonidagi “Kommunizm” … • in 1982

Oʻn birinchi besh yillikda xoʻjalik qurilishining eng muhim masalalalri va ularni hal etish yoʻlariga toʻxtalib, $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Bosh sekretari oʻrtoq [L.I. Brejnev] partiya Markaziy Komitetitining 1981 yil noyabr Plenumida: “Oziq-ovqat problemasi – ham xoʻjalik, ham siyosiy jihatdan butun besh yillikning markaziy problemasidir …”, - deb ta’kidladi. Bu vazifani amalga oshirishda chorvadorlarning zarbdor mehnati va uning samarali katta oʻrin tutadi, albatta. $$Gʻijduvon rayoni$$dagi “Kommuniszm” kolxozi chorvachilik fermasi partiya tashkiloti kommunistlarining kuch-gʻayratini mana shu markaziy problemani hal etish ishiga munosib hissa qoʻshishga otlantirish borasidagi samarali ish olib borilmoqda. Quyida ferma kommunistlarining fidokorligi, chorva mahsuldorligini oshirishdagi avangardligi haqidagi maqolani oʻqiysiz.
Partiya tashkilotimiz oʻn besh nafar kommunistni birlashtiradi. Bir jihatdan qaralganda bu kam, albatt. Lekin tashkilotning kuchi kommunistlarning oz-koʻpligida emasligini bilamiz. Har qanday partiya tashkiloti kommunistlarning jipsligi, prinsipialligi yagona maqsad yoʻlida bukilmas iroda bilan kuchlidir.
Partiya tashkilotimiz hisobida turgan kommunistlarda mana shu fazilatlarni tarbiyalashda partiya yetakchimiz ^^Ruqiya Ergasheva^^ning roli gʻoyat katta boʻlmoqda. U – kolxozimizning ilgʻor sut sotuvchisi, uchinchi darajalai “Menhnat shuhrat” ordenining sohibi, Fermarimiz kommunistlari bir necha yildan buyon unga yuksak ishinch bildirib, tashkilot sekretarlariga saylanmoqda.
Mohir tashkilotchi, prinsipial va siyosiy yetuk communist sifatida ^^Ruqiya Ergasheva^^ har birimizning chuqur hurmatimizga sazovor. ^^Ergasheva^^ chorva mahsuldorligini oshirush uchun musobaqada kommunistlarning avangardligini tinmay oshirmoqda. Uning gʻayrati tufayli tashkilotimiz keyingi ikki yildagina toʻrt a’zoga oʻsdi. Kandidatlik muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan ilgʻor sut sogʻuvchilardan ^^Ergashpoy Boltayeva^^, ^^Muhabbatxon Latipovalar^^ KPSS a’zoligiga, yosh sut sogʻuvchi ^^Fazilatxon Xayriyeva^^, laborant [Ilhomjon Muqimov]lar partiya a’zoligiga kandidatlikka qabul qilindilar. Ular mehnatda tashabbuskolrlik koʻrsatib partiya topshiriqlarini alohida gʻayrat bilan ado etmoqdalar.
Yaqinda ferma kommunistlari ochiq partiya yigʻilishiga toʻplanishdi. Kommunistlar sotsialsitik musobaqa samaradorligini oshirish xususida qizgʻin fikrlashib olishdi. Yigʻilish oldida partiya tashkilotimiz $$“Chorvador” devoriy gazetasi$$ni koʻrinarli joyga ilib qoʻydi. Unda “Dugonalar bellashuvi” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Yosh communist ^^Ergashoy Boltayeva^^ SSSR Oliy Sovetining deputati ^^Sharifa Muqimova^^ni $$Sotsialasitik musobaqa$$ga chaqirilganligi, bu ustoz va shogird bellashuvining dastlabki natijalari haqida soʻz borardi maqolalda. Oʻtgan yili ^^Sharifa^^ har bir sigirdan 5400 kilogrammdan oshirib, ^^Ergashoy^^ 4700 kilogrammdan oshirib sut sogʻib olishdi. Tabiiyki, ularning bu oʻzaro musobaqasidan kolektivmiz katta naf koʻrdi.
Ayni paytda oʻsha partiya yigʻilishida ilgʻorlar tajribasi susu ommalashtirilayotgani, mehnat intizomini yanada mustahkamlash asosida sut sogʻishni ancha koʻpaytirish haqida prinsipial partiyaviy talabchanlik pozitsiyalaridan turib fikr yuritildi. Kommunistlar mahsuldorlikni yanada oshirishga toʻgʻanoq boʻlib turgan kamchiliklarni roʻy-rost tilga olishdi. Oziq-ovqat programmasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga salmoqli hissa qoʻshish uchun chorvachiliknig mahsuldorligini koʻpaytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash qiyin ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, qoramollar zotini yaxshilash lozimligi alohida ta’kidlandi. Kolxoz partiya komiteti pravleniya bilan birgalikda hozirgi vaqtda amaliy choralar koʻrmoqda.
Fermerimiz kommunistlari $$SSSR$$ning 60 yilligi bayrami sharafiga zarbdor mehnat vaxtasiga turib, chorva mahsuldorligini oshirish uchun musobaqada avangardlik rolini oʻtamoqdalar. Biz buy il fermada sigirl;ar sonini 20 boshga koʻpaytirish, yalpi sut sogʻimini 25 prosent, goʻshtni 40 prosent, tuxumni 50 prosentga oshirish yuzasidan sotsialistik majburiyat qabul qilganmiz. Har bir sigirdan 3700 lilogrammdan sut sogʻib olish uchun musobaqani kuchaytirib yubordik. Shu kunlarda chorva qishlovini muvaffaqiyatli oʻtkazish mahsuldorlikni oshirish uchun fidokorona mehnat qilmoqdamiz. Bunda kommunistlarning avangardligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Total words

478

Unique words

363

Annotated anthroponyms

12

Toponyms

5

TTR

0.759

Hapax

296

Distribution

Top frequency chart

Dataset