$$Fargʻona yakka tartibda kiyim tikish va poyabzal remonti fabrikasi$$ partiya tashkiloti eng yaxshi sifat koʻrsatkichlari uchun musobaqani rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Partiya byurosi ishining ikki muhim jihati – kadrlarning kasb-hunar tayyorligini oshirish va kiyim-kechaklarninig sifatli tikilishi ustidan nazoratni qattiq yoʻlga qoʻydi.
Fabrikaga ishga kiradiganlarning aksariyatini navqiron yoshlar tashkil etadi. Bilim yurtlarini tamomlab chiqqan bu yigit-qizlarda nazariy tayyorgarlikdan koʻra amaliy ish koʻnikmasi kamroq ekanligi oʻz-oʻzidan ma’lum. Partiya tashkiloti korxonaga zoʻr hayajon va ne-ne orzu umidlar bilan qadam qoʻyayotgan yoshlarga ustoz tayinlanishiga erishdi. Tajribali ishchi shogirdiga ma’lum ish jarayonlarini mehr-muhabbat bilan oʻrgatishdan tashqari, unda bajarilayotgan yumushga boʻlgan ma’suliyat hissini tarbiyalamoqda. Ishga ijodiy yondashish koʻnikmasini oshirmoqda. ^^G. Voronina^^, ^^G. Nikitina^^, ^^Z. Ovcharenko^^, ^^L. Katkova^^, ^^K Hojimatova^^ sigari oʻz kasbining ustalari jonkuyarlik koʻrsatmoqdalar. Bunday ishlab chiqarish mash’allari ish faoliyatlari davomida 15- 20 tonadan shogird tayyorlab kollektivning olqishini olmoqdalar.
Shu kunning yuksak talablari, buyurtmachilarning did va madaniyati fabrika chevarlari oldiga yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Modda oʻzgaryapti, buyurtmachilarninng ta’blari ham mana shu yangiliklar bilan hamqadamligi oʻz-ozidan ravshan. Maishiy xizmat xodilmlari ularning talabi darajasida ishlay bilishlari kerak. Shu bois partiya tashkiloti texnika oʻquvini yoʻlga qoʻyish haqida qaygʻuradi. Mashgʻulotlar oyda bir marta muntazzam oʻtkazilmoqda. Uni ilgʻor konstruktorlar, texnolog va masterlar olib borishyapti. Bichiqchilar Toshkentda boʻladigan seminar mashgʻulotlariga aktiv qatnashmoqdalar. Modaning yangi yoʻnalishlari kiyim kechaklarning zamonaviy fasonlarini tayyorlash texnologiyadi bilan tanishmoqdalar.
Sih sifati ustidan nazorat yaxshi tashkil etilgan. Avvalo bichiqchi, tikuvchilar oʻzlarini bir-birlarinbi nazorat qilishadi. Undan tashqari umumiy nazorat ham tashkil etilgan boʻlib, uni asosan kommunistlar boshqarmoqdalar. Aytaylik, tikilgan roʻmol dazmollash uchun taqdim etildi deylik. Ishchi roʻmolga ishlov berish oldidan uni obdon koʻzdan kechirib chiqadi. Chiklari qiyshiq tikilmaganmi, yoʻnalishi toʻgʻrimi? Nuqson sezilgan zamonoq mahsulot tikuvchiga qaytarib beriladi. Shu tariqa brakning yoʻliga ish boshidanoq toʻsiq qoʻyilmoqda.
Sifatini nazorat qilib boradigan komissiya faoliyati kuchaytirildi. Tekshirish yakunlari ma’muriyat va partiya tashkiloti yigʻilishlari va partbyuro majlislarida muhokama qilinmoqda. Unga fabrikaning mas’ul xodimlari taklif qilinadi, kamchiliklarni yoʻqotish tadbirlari belgilanadi.
Mahsulot sifatidan maanfatdorlikda buyurtmachining oldiga tushadigan boʻlmasligi tabiiy. Tikuvchi bugun mahorati va tajribasini uning talablarini ijro etish uchun yoʻnaltiradi. Buyurtmachining bahosi eng yuksak mezon. Fabrikada shunday tartib joriy etildi. Buyurtma qoʻlga tutqazilayotgandayoq buyurtmachining bahosi soʻraladi. Bu yangilik har bir tikuvchida oʻz mehnatiga boʻlgan talabchanlikni oshirdi. Soʻnggi oyda buyurtma bergan 606 kishidan 600 nafari ish sifatini “yaxshi” deb baholashni lozim topishdi.
Maehnatkashlarga xizmat koʻrsatish saviyasini oshirishda kommunistlarning ibrat va tashabbus koʻrsatishlari oddiy hol boʻlib qoldi. Ularning takliflari bilan tikuv jarayonlarini ixtisoslashtirish yoʻlga qoʻyildi, ustaxona va atele kengaytirildi, fabrikada ishning brigada metodi joriy etildi. Buyurtmalarni ado etish muddatlari qisqartirirldi, korxonada turdosh kasblarni egallash harakatini birinchi boʻlib boshlab berganlar ham kommunistlar boʻlishdi.
Partiya a’zolari har ishda mas’ul. Ularning avangardlik roli tikuvchilarning sotsialistik musobaqasida, ayniqsa, yorqinroq koʻrinmoqda. Musobaqaning qudratli ta’siri ishlab chiqarishda oʻzini namoyon etayotir. Kommunistlar yetakchilik qilayotgan kollektivlar oʻtgan yilni yaxshi natijalalr bilan yakunladilar.
“Siluet” at’elisiga tajribali mutaxasisi, jonkuyar partiya a’zosi ^^P. Bloshisina^^ rahbarlik qiladi. Bu kollektiv oʻtgan behs yillikda aholiga plandagidan 52.9 ming soʻmlik koʻp xizmat koʻrsatib, yuksak natijaga erishgan boʻlsa, bu koʻrsatgich oʻtgan yilning oʻzida 17 ming soʻmni tashkil etdi. Kommunistlar mehnat zarbdori ^^N. Aniskina^^ bosh boʻlgan ayollar va bolalar kiyim-kechaklari tikuvchi brigada a’zolarining mehnati ham tahsinga loyiq. Ilgʻor kollektiv oʻtgan yili faqat a’lo sifatli mahsulot tayyorlash yuzasidan tashabbus bilan maydonga chiqdi, buyumni birinchi taqdimdayoq topshirish haqida qaror qabul qildi. Brigada bosqichlari buyurtmachilarni ular uchun eng qulay paytlarda qabul qilishni yoʻlga qoʻydilar. Kollektiv shu kunlarda 1982 yilning ikkinchi yarmi hisobiga ishlamoqda. Ishlab chiqarish novatorlari ^^G. Vorokina^^, [V. Yansen] boshliq brigadalarda ishlab chiqarish normasini ado etmaydigan birorta ham ishchi boʻlmasligiga erishildi.
Fabrika kollektivi oblastda birinchi boʻlib rostovliklarning qoloqlarsiz ishlash tashabbusini qoʻllab-quvvatlab chiqqan edi.
Korxona ishchilar, kommunistlari buu tashabbusni katta qiziqish bilan oʻrganib chiqib, ishlab chiqarsihga joriy etdilar. Tashabbus kollketivining ishga boʻlgan munosabatida ijodiy ruhni kuchaytirdi, ma’suliyatni oshirdi. Hozir korxonada birorta ham qoloq sex va brigada yoʻq. Partiya tashkilotining ma’muriy xoʻjalik faoliyati bilan tarbiyaviy ishlarni mutanosib olib borilayotganligi, kollektivda sogʻlom va ishchan vaziyat qaror topishi haqida qaygʻuriyatganligi bu yutuqning omillaridan biridir.
Ishchilarning kasb-hunar mahorati oʻsishi, ongliligi va aktivligini oshirishning oʻziga xos universitetei boʻlib qolgan sotsialsitik musobaqa davomida fabrikaning oʻz mash’al va yulduzlari yetishib chiqdi. Mehnatda erishgan yuksak natijalari uchun 40 dan ortiq kishi “Sotsialistik musobaqa gʻolibi” va “Oʻninchi besh yillik zarbdsori” boʻldi, 30 kishi “Maishiy xizmat a’lochisi” koʻplab, ishchilar “Kommunistik mehnat zarbdori nomini olishga sazozvor boʻldilar. Ularning aksariyati partiya va Komsomol a’zolardir.
Partiya byurosi musobaqaning keng oshkoraligi uchun kurashmoqda. Uning natijalari koʻrgazmali agitatsiay, devoriy gazeta, fabrika koʻrsatkichlari doskasida aks etmoqda. Undan tashqari oddiy ishchilar, kollketiv yetkchilarining chiqishlari uyushtirilib, bu sohadagi tajribalalr targʻib qilinmoqda.
Korxona faoliyatida diqqatga sazovor maehnat yutuqlari bilan birga partiya tashkiloti e’tiboridan tashqarida qolayotgan ba’zi kamchiliklar ham yoʻq emas. Bu xizmat koʻrsatish madaniyatining koʻp hollarda yuksak darajada boʻlmayotganligi, plan majburiyatlarni bajarishda ichki reserv va imkoniyatlardan har doim ham toʻla foydalanilmayotganligi, ishlab chiqarishdan tashqari boʻlgan chiqimlarga barham berilmayotganligi, uskunalarga asrab-avaylab munosabatda boʻlinmayotganligida koʻrinadi. Bular fabrikadasd mahsulot sifatini yanada yaxshilash, uni koʻrkam va xushbichim qilishda hali foydalanilmayotgan imkoniyatlr koʻpligini koʻrsatmoqda. Fabrika partiya tashkiloti ana shu masalalalr shu kun talabi darajasida yoʻlga qoʻyilishi uchun oʻz tashkilotchilik v ta’sir kuchi hamda ma’muriyat faoliyatini nazorat qilish huquqidan samarali foydalanishi lozim.
Total words
817
Unique words
594
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
1
TTR
0.727
Hapax
493
Distribution
Top frequency chart
Dataset