🔍

Article

JOZIBA KUCHI

By O. MASANOV Xoʻjayli rayonidagi Kalinin … • in 1982

$$Kolxoz partiya komiteti$$ $$qishloq mehnatkashlari$$ning gʻoyaviy-siyosiy, ma’naviy axloqiy, va mehnat tarbiyasi bilan kun sayin shugʻullanmoqda. $$Partkom majlislari$$da ideologiya ishining u yoki bu jabhasidagi ahvolni tahlil qilib, biror agitator yoki propagandistning partiya topshirigʻini qanday bajarayotganligi xususidagi hisobotni tinglayotganimizda yoki yangi urf-odatlar va an’analarni turmusga chuqur singdirish problemasini hal etayotganimizda bu ishning koʻlami qanchalik keng ekanligini, ayniqsa chuqur sezamiz.
Bu muhokamalar bizdan butun tarbiyaviy jarayonni yaxlit tasavvur etishni, hayot ilgari surayotgan vazifalarni atroflicha hal qilishni talab qilmoqda.
$$Partkom qishloq mehnatkashlari$$ning ma’naviy tarbiyasini yoʻlga qoʻyishda paxta ustalari, tajribali dehqonlarining keksa avlodining ibratli taqdiri misolidan keng foydalanmoqda. Kolxozimizda [Oʻ. Aytimbetov] [O. Botirov] sinfgari kommunistlarni hamma hurmat qiladi. Oʻtgan yilgi murakkab sharoitda hamular oʻzlari yetakchilik qilayotgan kollektivlarda 41-45 sentnerdan paxta yetishtirilishini ta’minladilar. Binobarin, ularning ishga munosabati partiyaviy ibrati agitatorlarimiz, siyosiy axborotchilarimiz, propagandistlarimizning leksiya va suhbatlari uchun maroqli mavzu boʻlib xizmat qilmoqda. Mehnat tarbiyasida, odamlarning ma’naviy kamolotida ibratning joziba kujchi beqiyos.
Har bir sigirdan sogʻib olinayotgan sut 1500 litrdan oshmasdi. Shunda partiya komiteti mexanik-xaydovchi kommunist [Rajab Otaev]ga chorvachilikdagi bu qoloqlikdan chiqish uchun lozim boʻlgan tadbirlarni amalga oshirishni buyurdi. Kommunist sut sogʻuvchilar, mol boqarlar bilan yakkama-yakka suhbatlashdi. Har birining ishga munosabatini oʻrgandi. Shu asosida kollektivda qoloqlik dogʻini yuviish uchun kurashchilarnig yagona kollektivini jipslashtirib, ularning kuch-gʻayrtini chorva mahsuldirligini oshrishga mahsuldorligini oshrishga safarbar qila bildi. ^^X. Duysenboyeva^^ ^^Oʻ. Nuriyeva^^ ^^O. Ogʻaboyeva^^ singari sut-sogʻuvchilar mehnatga kommunistik munosabat yoʻlida tinmay izlanishdi. Kommunistlar partiya topshirigʻini shundan ham koʻrish mumkinki, endilikda fermada har bir sigirdan 2800-3000 litrdan sut sogʻib olish uchun musobaqada avj olib ketdi. Bu shunchaki yaxshi orzu emas, balki real marraga aylandi.
Yangi insonning kamolotida partiya komiteti olib borayotgan oʻtmish sarqitiga qarshi kurash muhim oʻrin tutayotir. Biz sovet turmush tarzining qaroro topishi, ynagi urf odatlar va marosimlarni turmushga singdirish uchun tinmay ish borayotirmiz. Natijada odamlar madaniy farovon turmsuh kechiradigan, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtqazadigan boʻlib qolmoqdalar. Partiya komitetining tarbiyaviy ishlarini kompleks olib borishi ma’naviy, gʻoyaviy-siyosiy va mehnat tarbiyasini shunday bir butunlikda yoʻlga qoʻyish kolxozchilarning mehnat aktivligi oshayotganligida, ular ijtimoiy burchni tobora chuqur his etadigan boʻlib borayotganligida oʻz ifodasini topmoqda.

Total words

327

Unique words

261

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

4

TTR

0.798

Hapax

222

Distribution

Top frequency chart

Dataset