$$Kommunist [Xolmuhammad Usmonov]$$ oʻninchi besh yillikda 60 ming metrtga yaqin atlas toʻqib, ikki besh yillik marrani egalladi. Oltita shogirdga oʻz kasb-kori sirlarini oʻrhatdi. $$KPSS XXVI siyezdi$$ qarorlaridan olhomlanib, oʻn birinchi besh yillikda oʻn bir yillik shaxsiy palnni bajarish tashabbusi bilan chiqdi, communist ^^Inobatxon Abdullayeva^^ni Sotsialistik musobaqaga chaqirdi.
Boshlangʻich partiya tashkiloti ilgʻor toʻquvchining bu tashabbusini qoʻllab quvvatlab, korxonada keng ommalshtirildi. Tashabbuskor [Xolmuhammad Usmonov] ham, uning musobaqadoshi ^^Inobatxon Abdullayeva^^ ham dastlabki kunlaridan boshlab mehnatda eng yuksak unumdorlikda erisha boshlashdi. Hozirgi kunda ular 1983 yil hisobiga mehnat qilishmoqda. Har smenada normadagidan ancha ortiq atlas toʻqishmoqda.
Ikki kommunistning oʻzaro musobaqasi izdoshlari koʻpaydi. 27 toʻquvchi besh yillik marrani uch yarim yilda bajarishga ahd qilib, mehnat unumdorligini sezilarni oshirdi. 35 toʻquvchi esa shu marrani toʻrt yilda bajarish uchun kurashmoqda. KPSS XXVI siyezdi qarorlarini amalga oshira borib, boshlangʻich partiya tashkilotimiz musobaqaning formalarini mutassil takomillashtirayotir. Ilgʻor toʻquvchilar bir-birlari bilan mehnat bellashuvi shartnomalalrini imzolamoqdalar. Bu shartnomalarda mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash ish vaqtidan va xomashyodan oqilona foydalanish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Kompartiyasining XX siyezdi delegate ^^Hidoyatxon Hayotova^^ kommunist [Soyibjon Kamolov]lar vaqtdan ancha ilgarilab mehn at qilmoqdalar. Kommuunist [A. Arabboev] boshliq tayyorlov sexi kollektivi esa moylik planlarini muttasil ortigʻI bilan bajarmoqda. ^^Joʻraxon Shermatova^^ boshliq kollektiv ham musobaqada bayroqdorlik qilmoqda.
Fabrikamizdagi 128 kommunist va partiya a’zoligiga kandidat butun kuch, tajriba va bilimini rezervlarni ishga solish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun musobaqada yanada yuksak marralarni egallagashga sarflamoqda. Partiya komiteti mehnat kollektivlari oʻrtasidagi musobaqani tobora avj oldirmoqda. Biz eng yuksak koʻrsatkichlarga erishgan kollektivlarni koʻchma qizil bayroq va pul mukofotlari bilan taqdirlayapmiz. Sotsialistik musobaqa yakunlari aniq belgilangan kunlarda, oy yakunlariga qarab chiqarilmoqda. Bunda mahsulot sifati, tejamkorlik uchun kurashning ahvoli, foyda olish koʻrsatgichi,murabbiylik harakatining ahvoli, rezervlar nechogʻli ishga solinayotganligi ham hisobga olinmoqda. Korxonamizda eng yuqori koʻrsatgichga erishgan toʻquvchi sharafiga smena oxirida Qizil bayroq koʻtarish an’anaga aylandi. Brigadalarda esa musobaqa ilgʻorlari va qoloqlarning nomi koʻzga koʻrinarli joyga yozib qoʻyiladi.
Partiya yigʻilishlaridan birida $$SSSR$$ tashkil etilganligining 60 yilligi sharafiga 60 zarbdor haftalik oʻtkazish, yubileyini munosib mehnat sovgʻalari bilan kutib olish uchun sotsialistik musobaqani avj oldirish masalasi muhokama qilindi. Kommunistlar bu yigʻilishda qudratli SSR ittifoqining shonli 60 yilligini mehnatda yuksak natijalarga erishish bilan kutib olish haqida gapirdilar. Asosiy e’tibor davlat sifat belgisi chiqariladigan mahsulot salmogʻini oshirish, elektr quvvati yoqilgʻI va boshqa materiallarni tejab-tergab ishlatishga qaratildi. Qisqa muddatda uch xil atlasga davlat sifat belgis berildi. Hozir mahsulot yapli hajmida birinchi sortning salmogʻi 65 prosentdan oshdi. Soʻnggi bir yildagina 25 ming kilovatt-soat elektr quvvati 370 kubometr yoqilgʻI , 2000 soʻmlik yordamchi material tejab qolindi. Korxonamizda 60 zarbdor haftalik jarayonidagi musobaqa tobora qizgʻin tus olmoqda. Toʻquvchilarimiz shonli sana sharafiga zarbdor vaxtada turib, ish vaqtining har bir minutidan uskunalardan xom ashyodan oqilona samarali foydalanish uchun kurashmoqdalar. Bu ommaviy harakat jarayonida har bir ish joyidagi rezervlar aniqlanib tobora toʻla ishga solinayotir. Biz ilgʻorlarning ibratli tajribasi kollektivning mulkiga aylanib qolisga har bir tashabbus keng quloch yoyishga erishayotirmiz.
Total words
465
Unique words
341
Annotated anthroponyms
8
Toponyms
3
TTR
0.733
Hapax
269
Distribution
Top frequency chart
Dataset