🔍

Article

TRAKTORSOZLAR HIMMATI SOTSIALISTIK MAJBURIYATLAR

By Ushbu sotsialsitik majburiyatlar zavod sexlari … • in 1982

Respublika poytaxntining traktorsozlari $$KPSS XXVI siyezdi$$ qarorlarini amalga oshira borib, barcha koʻrsatgichlar boʻyicha oʻn birinchi besh yillik birinchu yili planini, shuningdek, qabul qilingan sotsilistik majburiyatlarini muddatidan ilgari bajardilar. Qishloq mehnatkashlariga plandan tashqari 216 ta traktor, 60 ta prisep va 86 mingsoʻmlik zapas qismlar yetkazib berildi. 24 ming kvadrat metr ishlab chiqarish maydoni 20 ming kvadrat metr uy-joy va 200 oʻrinli bolalalr bogʻchasi ishga tushirildi.
Zavod kollektivi $$KPSS Markaziy Komiteti$$ 1981 yil noyabr pleniumining qarorlariga, oʻrtoq [L.I Brejenv]ning shu Plenumdagi nutqida bayon etilgan xulosalar va yoʻl-yoʻriqlarga amal qilib, 1982 yil uchun quyidagi sotsialisitik majburiyatlarni qabul qiladi:
Ishlab chiqarish hajmi yuzasidan plan muddatidan ilgari bajariladi va planga qoʻshimcha ravishda 1.3 million soʻmlik zapas qismlar tayyorlanadi. Mahsulot realizatsiya qilish yuzasidan besh yillik ikki yili plani SSSR tashkil etilgan kunning 60 yilligi sharafiga 25 dekabrda bajariladi. Ana shu kungacha 20 ta brigada va 370 ishchi besh yillik ikki yarim yili planini ado etadi.
Mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati izchillik bilan oshiriladi, ishlab chiqarish umumiy hajmida oli sifat kategoriyasidagi mahsulotning salmogʻi 21 prosentgacha yetkaziladi. 100 ot kuchiga ega boʻlgan va texnika darajasi mukammal uzellar bilan jihozlangan paxtachilik traktorlari, shuningdek, kuzovi kattalashtirilgan paxta tashuvchi yangi avtomobil yarim prisepi konstruksiyasini ishlab chiqarish, tajriba nushalarini tayyorlash va sinovdan oʻtkazish nihoyasiga yetkaziladi. Kuzovi kattalshtirilgan priseplar belgilangan muddatdan ikki yil barvaqt tayyorlay boshlanadi va 1982 yilda ming dona ana shunday prisep ishlab chiqariladi.
Fan texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish davom ettiriladi. Mexanik ishlov beriladigan ikki avtomat liniya va sanoat robotlari xizmat qiladigan sovuq holda shtampovka qiluvchi ikki liniya foydalanishga topshiriladi. Toʻrtta asosiy sexning ishlab chiqarish uchastkalarini hamda ishlab chiqarish sexlarini materiallar, zagotovkalar va komplektlovchi buyumlar bilan ta’minlashni operativ boshqarish yuzasidan avtomat boshqarish sistemasining ikki kichik sistemasi joriy etiladi, ana shu materiallarning omborlardan oʻtishini hisobga olish avtomatlashtiriladi.
550 ta ratsionalizatorlik taklifini joriy etish hisobiga 730 ming soʻmlik yillik iqtisodiy samara olinadi. Mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning brigade formalari keng joriy etiladi – uning darajasi 65 prosentga qadar yetkaziladi. Shu yil bilan 200 ishchi boshqa ishlarga oʻtkaziladi, asosiy ishlab chiqarishda mexanizatsiyalash darajasi 80 prosentga, shu jumladan payvandlash ishlarida 92 prosentgacha yetkaziladi. Mahsulot tannarxini pasaytirish plani oshrilib bajariladi va plandan tashari 300 ming soʻmlik foyda olinadi. 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi, 200 gigakaloriya issiqlik va 100 tonna shartli yoqilgʻI tejab qolinadi.
Uchinchi kvartalda 30 ming komplekt pnevmatik tormoz sistemalariga moʻljallangan ishlab chiqarish quvvatlari va 1982 yilning noyabrida transmissiyalar korpusning 16 ming kvadrat metr ishlab chiqarish maydoni foydalanishga topshiriladi.
Kollektivni sotsial rivojlantirish planiga muvofiq 14 ming kvadrat metr uy-joy, kichik oilalar uchun 200 kvartirali ikkita yotoqxona quriladi, 740 kvadrat mtetrli maishiy binolar obodonlashtiriladi.
Mashina – mexanizmlarini qishloq xoʻjalik ishlariga taxt qilib qoʻyishda ca siyosiy ommaviy ishlarni yaxshilashda Sirdaryo oblastining [Ilich] rayonidagi [G. Titov] nomli sovxozga otaliq yordami koʻrsatiladi.
Biz respublikaning barcha mashinasozlarini behs yilik ikkinchi yili plani muddatidan ilgari bajarish uchun sotsialistik musobaqani keng koʻlamda qizitib yuborib, $$SSSR$$ tashkil etilganligining 60 yilligini munosib kutib olishga chaqiramiz.

Total words

476

Unique words

332

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

3

TTR

0.697

Hapax

267

Distribution

Top frequency chart

Dataset