🔍

Article

Urgʻochi qoʻzilar – oʻstirishga!

By Norboy ERGASHEV – Nurota rayonidagi … • in 1982

Biz, choʻpon-choʻliqlar $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Plenumlari qarorlarini, qadrdonimiz va maslahatgoʻyimiz oʻrtoq [L.I. Brejnev]ning dokladlari, nutqlarini zoʻr qiziqish bilan oʻqib boramiz, ulardan oʻzimizmuchun tegishli xulosalar chiqarib olamiz. 1981 yil noyabr oyidagi Plenum hujjatlarini ham qoniqish va ixlos bilan oʻqibbchiqdik. Unda bayon etilgan fikrlarni toʻla ma’qullab hayotga tatbiq etish uchun kurashyapmiz. Oziq – ovqatni koʻpaytirish kerak. Buning uchun gʻallachilik kabi chorvachilik, xususan qorakoʻlchilikni ham rivojlantirish kerak.
Rayonimizning koʻp ming kishilik chorvadorlar otryadi nurota yaylovlarida 360 ming boshdan ziyod qorakoʻl qoʻylarini boqmoqdalar. 1981 yilldagina davlatga 3.255 tonna goʻsht topshirildi. Yoki bir yilda goʻsht miqdori 250 tonna koʻpaytirildi. Sut tayyorlash plani ortigʻi bilan bajarildi. Tayyorlov punktlari 158 mingdan ziyod qorakoʻl teri qabul qilib oldi. Jun yetishtirish 25 protsent koʻpaytirildi. Plan 137 prosenr ado etildi.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, rayon partiya va sovet tashkilotlari oqilona olib borgan ishlar natijasida chorva molar tuyoq soni 24 ming boshga koʻpaytirildi,
Oʻstirishga 120 mingta qoʻzi qoldirlirdi. $$“Gʻozgʻon”, “Nurota”, [Lenin] nomli , “Oltinsoy”, “Oʻzbekiston komsomoli$$ 50 yilligi” sovxozlarida tuyoq soni planda koʻzda tutilganidan ziyod koʻpaytirilib, koʻpchilik fermalarda bir otardan ikki otar tashkil qilindi. Keyingi yillarda qoʻzilatish paytida olingan urg;ochi qoʻzilarning deyarli hammasini oʻstirishga saqlab qolish odat tusiga kiritildi.
Kletirilgan misollardan chiqadigan xulosa shuki, bundan keyin ham bir otardan ikki otar qoʻy-qoʻzi tashkil qilishimiz, nuqsonsiz urgʻochi qoʻzilarning hammasini asrab qolishimiz, ularni a’lo darajada parvarishlab, toʻxlilarga aylantirishimiz, urchitib nasl olishimiz kerak. Sovliqlar va toʻxlilarning koʻpaytirlishi – tuyoq soni, demakkim, goʻsht, sut, qorakoʻl teri jun va boshqa mahsulotlarning ham koʻpaytirilishidir. Barcha xoʻjaliklarda shunga erishmogʻimiz partiya tashkilotlari bu muhim ishni oʻz nazoratlari ostiga olmoqlari kerak. Hademay, qoʻzilatish mavsumi boshlanadi. Oldindan biror bosh urgʻochi qoʻzining teriga soʻyilishiga yoʻl qoʻymaslik chorasini belgilab qoʻymogʻimiz kerak.
Rayonimiz xoʻjaliklarida qorakoʻl qoʻylar soni tez koʻpayapti. Maslan hozir $$“Qizilcha” sovxozi$$dagina 50 ming boshbqoʻy parvarishlanyapti. Yoki choʻponlar otarlarini olaylik. Ilgari 550-600 bosh qorakoʻl qoʻyi boqiladigan otarlarda endilikda 1500-2000 boshgacha qoʻy asralyapti. Tuyoq soni koʻpyagach mehnat ham ortyapti. Buning ustiga mahsulotlar miqdorini tez oshirib sorti va sifatini yaxshilash qoʻshiladigan boʻlsa. Choʻpon-choʻliqlarning ishlari gʻoyatda murakkablashib, koʻlami ortib borayotgani ayon boʻladi.
Biz choʻpon choʻliqlar, molboqarlar, yilqiboqarlar, parrandaboqarlar xalq baxt saodati, Vatan istiqboli yoʻlida mehnat qilayotganimizni yaxshi bilamiz. Shuning uchun hamcharchamaymiz, qiyinchiliklardan choʻchimaymiz, yuz bergan ob-havo noqulayliklari oldida sarosimaga tushmaymiz. Hammamiz bir jon, bir tan boʻlib, yuksak marralar sari olgʻa intilamiz. Katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdamiz. Bizning otarlarimizda muntazam har 100 bosh sovliqdan 180-200 tadan sogʻlom qoʻzilar olinyapti, oʻstirishga qoʻzi qoldirish qorakoʻl teri jun tayyorlash planalri va majburiyatlari ortigʻI bilan ado etilapti. Kezi kelganda shuni aytib oʻtmoqchimiz: bu yilgi chorva qishlovini a’lo darajada oʻtkazamiz, biroro bosh qoʻy yoki qoʻzining chiqimga chiqishga yoʻl qoʻymaymiz sovliqlardan qoʻzi olish majburiyatlarini ortigʻi bilan bajaramiz. Otarlarimizda mahsulotlar tayyorlashning barcha turlarini 1981 yildagiga nisbatan 20 – 25 prosent koʻpaytirilishini ta’minlaymiz.
Barcha choʻpon-choʻliqlarimizning niyatlari ham shunday. Misol uchun $$“Qizilcha” sovxozi$$ning bosh choʻponlaridan [Siroj Oʻsarov], [Mehriqul Raimqulov], [Mardon Yolgʻoshov], [Laikabar Qorabieylar]ni olaylik. Ular oʻz boqimidagi har 100 bosh sovliqdan 180 tagacha qoʻzi olish majburiyatini qabul qilishdi. [Toshtemir Qoʻngʻirotboyev], ^^Jumaqul Toshpoʻlatova^^, ^^Norsuluv Oʻroqova^^ kabi oʻnlab bosh choʻponlar ham bu vatanparvarlik tashabbusiga qoʻshildilar. Yaxshi niyat bilan boshlangan ijobiy tashabbus ajoyib samaralar berishini koʻp koʻrganmiz.
Shunga asoslanib aytamizki, 1982 yilda rayonimiz boʻyicha har 100 bosh sovliqdan 140 tadan qoʻzi olinishini soʻzsiz ta’minlaymiz.
Qorakoʻllikni rivojlantirishda yutuqlarimiz katta. Ana shu yutuqlarni kengaytirish va mustahkamlashga ta’sir koʻrsatadigan rezervlar ishga solinsa, goʻsht, qorakoʻl teri jun va boshqa mahsulotlar yetishtirish Keskin koʻpayadi. Shulardan ba’zilarini misolga keltiramiz.
Ayrim otarlar va fermerlarda qorakoʻl teri tayyorlash topshirigʻi bajarilgan boʻlsa-da, koʻplab qoʻzilar plandan tashqari teriga soʻyiladi. Vaholanki, bunga ehtiyoj yoʻq. Plandan tashqari teriga soʻyiladigan qoʻzilarni toʻla saqlab qolsak kelgusida tuyoq soni, goʻsht, jun va boshqa mahsulotlar ancha koʻpayadi. “Remont”ga chiqarilgan qoʻylar goʻshtga topshirilib toʻgʻri ish qilinyapti. Lekin ularning tosh bosishi qanday? Bu masala bilan jidddiy shugʻullanilmaydi. Axir 40-45 kilogram vazndagi qoʻy yaxshi parvarishlanss 55-60 kilogram tosh bosadi-ku! Har bosh qoʻydan oʻrtacha 15 kilogrammdan qoʻshimcha goʻsht olish koni foyda-ku, nega bunga yetarli e’tibor bermaymiz? Mehnatidan qochilmasa bu maqsadga soʻzsiz erishihsimiz mumkin va lozim.
Yana bir muhim masalaga toʻxtalib oʻtmoqchimiz. Gap chorva qishlovini tashkiliy jihatdan uyushqoqlik bilan oʻtkazish haqida boryapti. Yem-xashak yetarli, suvdan kamchil joyimiz yoʻq, qoʻyxonalar sifaatli remont qilingan. Ozuqadan ehtiyot fondimiz bor. Chorvadorlarimiz ularning oila a’zolari issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar bilan toʻla ta’minlanilgan. Shunday sharoitga ega boʻla turib, ayrim otarlar, fermalarda ba’zan chiqimga yoʻl qoʻyishi hollari mavjud. Bunday koʻrinishni qattiq qoralashimiz kerak. Bizning rayonimiz boʻyicha qoʻy-qoʻzilarning turli sabablar bilan chiqimga chiqishi butunlay tugatilgan. Poyonsiz yaylovlarda xizmat qilayotgan barcha qorakoʻlchi hamkasblarimizni shunga erishishga chaqiramiz!
Chorva, qishlovi tobora kuchayapti. Yem-xashak uzliksiz sarflanyapti. Bu qonuniy hol! Bizning rayonimizda chorva qishloviga 50 ming tonnadan ortiq xilma-xil ozuqalar gʻaramlangan. Yem xashak yetarli boʻla turib qoʻy-qoʻzisining bir qismini chiqimga chiqarib qoʻygan choʻpon choʻliqlarni koʻp koʻrganmiz. Demoqchimizki, ozuqaning har kilogrammi hisobda boʻlsin, taqsimot ustidan shxsan bosh choʻponlarning oʻzlari va mutaxasislar nazorat olib borsinlar. Barcha sovxozlarimizda yem-xashak agregatlarda maydalanib omuxta ozuqa holida chorva mollari, xususan qoʻy qoʻzilarga berilyapti.
Biz koʻp yillik tajribamizni eslab, ayrim mulohazalarimizni aytib oʻtmoqchimiz. Qishlovni qoʻylaring semizligini oshirish bilan kutib oldik. Yuqori va oʻrta semizlikdagi qoʻylar xususan sovliqlar qishdan bexatar chiqadi, egiz qoʻzilar beradi. Biroq qisman oriq qoʻzilar, ayniqsa sovliqlar ham borligidan koʻz Yuma olmaymiz. Oʻshanday oriq qoʻylarni zudlik bilan ajratib olib, qoʻshimcha yem-xashak bilan boqishni tashkil qilishimiz shart. Aks holda sovuq koʻtarilsa nobudgarchilik yuz berishi mumkin. Bunga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Mutaxasiskar ishni namunali yoʻlga qoʻyishlari, har bosh qoʻy-qoʻzi haqida oʻylash lozim.
Umuman chorvachilikda, xususan qoʻychilikda zarracha beparvolikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Qish faslida bir bosj qoʻy nobud boʻlsa, kamida uch bosh tuyoqdan judo boʻlinadi. Choʻpon choʻliqlar, ularga birkitilgan koʻmakdoshlar qish ma’suliyatini toʻla his etganlari holda gʻoyatda xushyorlik bilan kechaakunduz baravar otarlarda boʻlib, qoʻy qoʻzilarning holidannxabar olishlari shart. Chorva qishlovini yuksak uyushqoqlik bilan oʻtqzib, qoʻzilatish mavsumiga puxta taraddud koʻraylik! Har 100 bosh sovliqdan 180-200 tadan sogʻlom qoʻzi olishga mustahkam zamin yarataylik!

Total words

924

Unique words

639

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

4

TTR

0.692

Hapax

510

Distribution

Top frequency chart

Dataset