🔍

Article

Zafarlarimiz – Shonli Yubileyiga, Partkom va Sotsialistik MUSOBAQA

By TASS • in 1982

Oʻn birinchi besh yillikning ikkinchi bosqichiga qadam qoʻydik. Bu yili ham ulkan mehnat zafarlari bilan nishonlash uchun boshlangan ommaviy harakat $$SSR Ittifoqi$$ tashkil etilganligining shonli 60 yiligiga tayyorgarlik munosabati bilan tobora keng quloch yozmoqda. KPSS XXVI siyezdi qarorolarini amalga oshirish, besh yillikning har bir kunini zarbdor mehnat kuniga aylantirish uchun musobaqa – yubiley sharafiga 60 zarbdor haftalik kuni sayin yangi-yangi mehnat kollektivlarini oʻz qamroviga olmoqda. Toshkent binokorlari va $$Olmaliq metallurglari$$, $$Angren konchilari$$ va $$Andijon neftchilari$$, $$Qarshi choʻlquvarlari$$ va $$Buxoro gazchilari$$ – butun serquyosh oʻlkamiz mehnat vaxtasida turib ishlayapti. Kolxoz va sovxozlarda texnikani bahorga tayyorlash ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Mehnat musobaqasining koʻlami va ta’sirchanligi joylarda uni tashkil etish va oshkoraligini ta’minlashning lenincha prinsiplari qanday amalga oshirilayotganiga bogʻliq. $$KPSS Markaaziy Komiteti$$, $$SSSR Ministrlar Sovet$$i, $$VSSPS va VLKSM Markaziy Komiteti$$ning “Oʻn birinchi besh yillik topshiriqlarini muvaffaqiyatli, toʻla va oshirib bajarish uchun Butunittifoq sotsialistik musobaqasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorida musobaqani yanda rivojlantirish, uning safarbarlik kuchi va ta’sirchanligini oshirishda partiya tashkiotlari oldida turgan muhim vazifalar keng ifodasini topgan.
Partiya komitetlari millionlarning mehnatda chiniqish, toblanish maktabi boʻlgan musobaqani tashkil etishda uning ishlab chiqarish samaradorligini va tarbiyaviy ta’sirini oshirish jihatlariga e’tiborni kuchaytirmoqda Mehnatga kommunistik munosabatda boʻlish mavjud rezerv va imkoniyatlardan unumli foydalanish, jamoat boyligini asrab-avaylash masalalalrini diqqat markazida tutmoqdalar, Unday ishchi va kolxozchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga jalb etishda foydalanmoqdalar.
Musobaqaning mazmuni - bu oldinga tomon harakatdir, ommaning jonli ijodi, uning qobiliyatlari va talantlari toʻlaroq namoyon boʻlishi uchun sharoit yaratish demakdir, deb ta’kidlagan edi KPSS Markaziy Komitetining bosh sekretari oʻrtoq [L.I. Brejnev]. Urganch shahar partiya komitetining musobaqaga rahbasrlik qilish borasida toʻplagan tajribasi diqqatga sazovor. Bu yerda musobaqa samaradorligini oshirish masalasi plenium va byuro majlislarida izchil muhokama qilinib turiladi. Musobaqaning turli formalarini keng qoʻllanish va takomillashtirilib boorish, ilgʻor tajriba va yangi-yangi qimmatli tashabbuslarni ommalashtirish va qoʻlab quvvatlshga katta e’tibor berilmoiqda. Shahar partiya komiteti soʻngi yillarda 30 korxona kollektivining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir tashabbuslarini, ma’qullab qoʻllab-quvvatladi. Har bir kollektivda ijodiy izlanish kamchiliklarga murosasizlik muhitini yaratish orqali har bir mehnatchi sotsialistik majburiyatni bajarishda aktiv ishtirok etishga erishilmoqda. Keyingi bir yil mobaynida sotsialsitik musobaqa qatnashchilari safi 13 ming kishiga ortganligi ana shu faoliyat mevasidir. Shahar sanoatchilari siyezdlar yilini katta mehnat muvaffaqiyatlari bilan yakunladilar.
Partiya tashkilotlari musobaqa imkoniyatlaridan atroflicha va toʻla foydalangan joyda xoʻjalik va sotsial vazifalarni ah etish hamda mehnatkashlarning aktiv hayoti pozitsiyalarini kuchaytirishda ma’lum yutuqlarga erishilaveradi. $$Namangan rayon$$ partiya komiteti keying vaqtda sotsialistik musobaqani uyushtirishga aktiv partiyaviy ta’sir koʻrsatmoqda. Musobaqani yanada rivojlantirish masalalalri plenum, byuro majlislarida, ishlab chiqarish ilgʻorlarining slyot va seminarlarida eng muhim mavzu boʻlib qoldi. Rayon partiya komiteti vatanparvarlik chiqishlariga keng yoʻl ochib berish bilan birga tashabbuskorlar qabul qilgan sotsialistik majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Bu sohada keng oshkoralikni ta’minladi. Mehnat bellshuvi yakunlari rayon va devoriy gazetalr hamda jangovoar varaqalarda oʻz aksini topdi, mahalliy radio eshitiruvlarda e’lon qilib turilmoqda. Natijada, musobqaning samaradorligi keskin oshdi. Umumiy ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hajmi oʻtgan yili 1980 yildagiga nisbattan salkam 2.5 million soʻmlikka koʻpaydi. Daromad 800 ming soʻmga oshishi ta’minlandi.
Bular sotsilasitik musobaqaning hayotbaxsh qutrati, uning ekonomikamizni rivojlantirishda muhim va ta’sirchan vosita ekanligini koʻrsatuvchi xarakterli misollardir. Serquyosh respublikamizda musobaqa bayrogʻini balan koʻtarib, mehnatkashlarning yuksak zafar marralarini egallsh uchun kurashini kuchaytirishga erihshayotgan partiya komitetlari koʻp. Ular musobaqada har bir mehnatchi aktiv ishtirok etishga erishish uchun faol ish yuritmoqdalar.
Partiya tashkilotlari sotsialistik musobaqaning eng muhim jihatlaridan biri boʻlgan tarbiyaviy vazifasiga koʻproq e’tibor berishlari kerak. Mehnat bellashuvi jarayonida kishilar ongida tub oʻzgarish yuz beradi, musobaqa hamkorlik tuygʻusini tarkib toptiradi, zoʻr gʻayrat bilan mehnat qilish va oʻz mehnatidan ma’naviy qoniqish hosil qilish pdatini tarbiyalaydi. U ishlab chiqarish kuchlarini yuksaltirish va ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishning muhim vositasi sifatida namoyon boʻlmoqda.
Ammo ba’zi partiya tashkilotlari tashabbuslar va ilgʻor tajribalarni keng mehnatkashlari mulkiga aylantirisd, uni targʻib qilishga rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlmoqdadir. Musobaqaning oshkoraligini hamisha ham ishbilarmonlik bilan foydalanilmayotir. Samarqand rayonidagi “Olmzor” va “SSSR 50 yilligi” sovxozlari partiya komitetlari mehnat musobaqasining keng ommalashuviga yetarli darajada e’tibor bermayotir. Musobaqa gʻoliblarini sharaflash, mukofot va rahmatnomalarni tantanali suratda topshirish va e’lon qilishga beparvolik bilan qaralmoqda. Musobaqa natijalari oʻz vaqtida chiqarilmaydi. Tajriba shuni koʻrsatadiki, musobaqani keng yoʻlga qoʻyishda kasaba soyuz, Komsomol va boshqa jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirmnay turib, mehnat frontida zafar choʻqqilarini qoʻlga kiritish, kollektivda zarur ma’naviy muhitni yaratish mumkin emas.
Oʻn birinchi besh yillikning ikkinchi yili kun sanamoqda, Har tong bizni mamlakatimiz hayotidagi katta va muhim voqea – SSSRning 60 yillik yubileyi nishonlanadigan kunga yaqinlashtirmoqda. “SSSRning 60 yilligiga zarbdor hafta” shiori ostida boshlangan musobaqa jarayonida yang-yangi vatanparvarlik tashabbuslari tugʻilmoqda, “Qoloqlarsiz ishlaymiz!” “Mahsulot sifatiga – ishchi kafolati” harakatlarining izdoshlari koʻpayib bormoqda. Oʻn birinchi besh yillikda oʻn yillik shxsiy topshiriqni bajarish tashabbudi bilan chiqqan oʻn besh dongdor ishchi va oʻn besh quruvchining namunasi barchani mehnat jasoratiga chorlamoqda. Plan koʻrsatkichlarini muddatidan ilgari a’lo sifat bilan ijro etish yuzasidan boshlangan vatanparvarlik harakatiga qoʻshilganlar safi tobora kengaymoqda. Ana shunday ma’suliyatli damlarda partiya komitetlari musobaqaga rahbarlikni yanada kuchaytirishlari, omma ijodkorligining qudratli toʻlqinini yanada mavjlantirishlari, uning yuksak samarali boʻlishiga erishishlari kerak.

Total words

786

Unique words

547

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

10

TTR

0.696

Hapax

456

Distribution

Top frequency chart

Dataset