🔍

Article

ZAFARLAR YILI

By ZAFARLAR YILI • in 1981

Hammamiznig dilimiz ravshan, koʻnglimiz quvonchlarga toʻlgan. $$KPSS XXVI siyezdi$$ va $$Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ning XX siyezdini Oʻz zimmamizga olgan yuksak sotsialistik majburiyatlarimizni bajarish bilan, ona Vatanga oʻninchi besh yillik plan-topshiriqlari bajarilgani haqida gʻalaba raporti berish bilan kutib olyapmiz. Kolxozimiz oʻtgan yili davlatga salkam 5.000 tonna “oq oltin” sotib, majburiyatni Sharaf bilan bajardi.
Dehqonchilik qiladigan yerlarimiz tosh va shagʻal tuproqli maydonlardan iborat. Soz tuproqli yerlarda dehqonchilik qilayotgan paxtakorlar mavsumida gʻoʻzalarini uch toʻrt marta sugʻorsa, biz nisbatan ikki baravar koʻp sugʻoramiz. Koʻpincha suv tanqisligi hollarini boshdan kechiramiz. Paxtazor;arimiz, bogʻ-rogʻlarimiz togʻ-bagʻri zonasiga joylashgan, bahor quyi zonaga nisbatan yigirma kun kech boshlandi. Kuz erta tushadi. Paxta ishqi, partiya tashkilotlarining da’vati xalqimizninana shunday sharoitda “oq oltin”dan yuqori hosil yetishtirishga chorlamoqda.
Oʻninchi besh yillikning boshida kolxozimizda hosildorlikni 25 senterga koʻtarish masalasi kun tartibiga qoʻyilganda “bu marrani egallash amrimahol” degan kishilar boʻldi. Lekin ikkilanmadik, rezervlarni qidirib topib, isga tushirdik, fan-texnika yutuqlari, ilgʻorlar tajribasini ishga soldik. Yaxshi niyat hamrohimiz boʻlin nishonga olgan choʻqqiga koʻtarildik. Bugun shuni quvonch bilan aytamizki, Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati [A. Boyboʻtayev], [R. Mirzaaliyev]lar boshliq brigadalarimiz 45-50 sentnerlik hosil hosil marasini ega;lladilar. Yakun shuni koʻrsatadiki, kolxozimizda paxta hosildorligini Keskin koʻtarish uchun katta imkoniyatlar toʻlaroq foydalanish rejalarini aniq belgilab oldik, har yili hosildorlikni gektar hisobiga 5 sentnerdan koʻtarsih niyatidamiz.
Boshqa tarmoqlarni ham shaxdam rivojlantiryapmiz. Chorvachilik ekonomikasida yetakchi tarmoqqa aylandi. Har bosh sogʻin sigirning mahsuldorligi yil sayin 350-400 kilogram oshirilyapti, boʻrdoqichilik ishi yaxshilanyapti. Qoramollarning tirik vazni 400 kilogrammdan oshirilib goʻshtga topshirilayotir. Choʻchqachilik parrandachilik ham serdaromad tarmoqlardan biriga aylantirildi. Beda, makkajoʻxori chorva molar ozuqa bazasini mustahkamlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shuni nazarda tutuib, 100 protsent paxta beda almashlab ekishga koʻchdik, 600 gektar maydonda beda 200 gektar yerda makkajoʻxori yetishtiryapmiz.
Yuqori hosil, planlarning oshirib bajarilishi katta daromad keltiryapti. Kolxozimizning ekonomikasi mustahkamlanib, kolxozchidehqonlarimizning turmish farovonligiga tobora yaxshilanyapti qishloqlarimiz posyolka sistemasida qayta qurilyapti. Ilgari xoʻjaligimizning markaziy koʻchasidan avtobuslar qatnashini havas qilardik. Endilikda bu orzuyimiz ushalibgina qolmasdan har bir xonadon yengil avtomashinali, motosiklli boʻlganini aytib oʻtish quvonchlidir. Televizorsiz, radiosiz xonadon qolamdi, hamma gazetaxon, jurnalxon boʻldi. Oʻzbek xalqining sodiq farzandi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining sobiq birinchi sekretari [Usmon Yusupov]ning hayoti va mehnat faoliyatiga bagʻishlangan muzey ham bizing qishlogʻimizda joylashgan.
Erishilgan mehnat yutuqlari, albatta, hali soʻnggmarra emas. $$KPSS Markaziy Komitetti$$ning partiya XXVI siyezdi muhokamasiga taqdim etgan “SSSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1981-1985 yillarga va 1990 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari” loyihasida yanada katta vazifalar belgilangan. Paxta yiliga oʻrta hisobda 5,9 million tonna miqdorida yetishtirilishi ta’minlansin deyiladi. Respublikamiz paxtakorlari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni hamisha Sharaf bilan bajarib kelmoqdalar. Demak, oʻn birinchi besh yillik plan topshiriqlari ham muvaffaqiyatli ado etiladi.
Loyihada belgilangan vazifalar muddatidan ilgari miqdor va sifat koʻrsatkichlari bilan bajarishga hissa qoʻshish barcha paxtakor xoʻjaliklar, har bir va hamma paxtakorlarning vijdoniy burchidir. Yigʻilishlar, bayram dasturxoni atrofidagi qizgʻin suhbatlarda shu haqda ham gaplashiyapmiz. 1981 yilda kolxoximiz boʻyicha paxta hosildorligini gektar hisobida 5 sentner koʻtaramiz. Nisbatan past hosilli birigadalarni yuqori hosillilar darajasiga etkazamiz, iloji boricha toshloq va shagʻal tuproqli erlarni oʻzlashtirib qishloq xoʻjalik oborotiga kiritamiz, mexanizatsiya va ximizasiyadan yanada samaraliroq foydalanamiz. SHunday qilib , har yili paxtaning yalpi miqdorini 1300-1500 tonna koʻpaytirib borishga erishamiz.
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Andijon oblasti partiya tashkiloti, Kalinnin, Chinoz, Baxmal, Boʻzatov va boshqa ilgʻor rayonlar chorvadorlarining chorvachilik mahsulotlari etishtirishni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi vatanparvarlik tashabbusini ma’qullab chiqargan qarorlari kolxozimiz chorvadorlari ucun jangovar programmadir. Biz shu programma asosida goʻsht, sut , tuxum va boshqa mahsulotlar tayorlashni koʻpaytirishga qaratilgan tadbirlar belgilab chiqdik.Bir soʻz bilan aytganda, bu turdagi mahsulotlarni oʻninchi besh yillikdagiga nisbatan ancha koʻpaytiramiz. Shu maqsadda ichki rexervlarni yanada koʻproq ishga solamiz. Sigirlardan buzoq, sovliqlardan qoʻzi, yilqilardan qulun, tovuqlardan tuxum va goʻsht olishni koʻpattirish, naslni yaxshilash, mahsuldorlikni oshirish kun tartibidagi masalalardir. Asosiy e’tiborni shunga qaratish bilan birga ozuqa bazasini mustahkamlashni ham birinchi darajali vazifa deb bilmoqdamiz. Ayni kezda chorvachilik uchun binolar quryapmiz , mavjudlarini rekonstruksiya qilyapmiz, koʻp mehnat talab qiladigan ishlarni mashina – mexanizmlar gardaniga ortiyapmiz.
Yangi yilning vazifalari ulkan. Lekin ularni belgilangan fursatlarda bajarish uchun hamma choralarni koʻramiz. Qish faslida bedapoyalar va boshqa ozuqa ekinlar maydonlarini yaxobga qoldiramiz, organic oʻgʻitlar toʻplanishni kuchaytiramiz. Qishloq xoʻjalik texnikasi remontini sifatli oʻtkazib, bahorda nuqsonsiz ishlashini ta’minlash uchun qoʻlimizdan kelgan hamma choralarni koʻramiz. 1980 yilgi gʻalabaga hamdam boʻlib KPSS XXVI se’zdi va $$Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ning XX s’ezdini munosib toʻyonalar bilan kutib olamiz.
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin , aziz qishloq xoʻjalik xodimlari!.

Total words

688

Unique words

538

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

4

TTR

0.782

Hapax

459

Distribution

Top frequency chart

Dataset