🔍

Article

Elga Manzur buyumlar

By M. Bobomurodova • in 1981

Xalq amaliy san’ati ustalari birlashmasiga qarashli Samarqand zonal ustaxonasi tashkil etilganiga koʻp boʻlgani yoʻq. Kollektiv ishlab chiqarayotgan turli xil nafis mahsulotlar tezda xaridirlar e’tiborini qozondi. Hozir ustaxona tamgʻasi bosilgan ajoyib hunarmandlik buyumlari Ittifoqimizning koʻplab shaharlari qatori $$Vengriya$$, $$Chexoslovakiya$$, GDR singari sotsialaistik mamlakatlarga ham joʻnatilmoqda.
- Kollektivimiz asosan spool, yogʻoch va gangcha oʻyib ishlangan buyumlar
ishlab chiqaradi, - deysi ustaxona direktori [Joʻraqul Inoyatov]. – $$Samarqand$$lik ustalarning bunday buyumlar yaratishdagi istedodli azaldan mashhur. Keyingi yillargacha ular ancha tarqoq ishlashardi. Ustaxona tashkil etilgach, xalq ustalarini bir joyga toʻplash va mahsulot ishlab chiqarishni sanoat usuliga koʻchirish imkoni tugʻildi. Hozir erishayotgan yutuqlarimiz ana shu koʻp yillik an’nalarga ijodiy yondashish mahsulidir.
Ustaxonaning [X.Xaqberdiyev], [X. Ismatullayev], [R. Zoxidov] singari qoʻli gul ustalari bosh rassom [A. Akramov] hamkorligida sotsialistik musobaqada peshqadamlik qilib KPSS XXVI siyezdi sharafiga yangi xil buyumlar yaratish ustida qizgʻin ish olib bormoqdalar.

Total words

135

Unique words

120

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

3

TTR

0.889

Hapax

108

Distribution

Top frequency chart

Dataset