Partiya va hukumatimiz mamlakat qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, bu bilan aholining turmush darajasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Ayniqsa keying yigirma yil ichida qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etdi. Qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini oshirishga keng e’tibor berildi. $$Qarshi choʻli$$ni sugʻorish va oʻzlashtirish yoʻlida olib borilgan ishlar buning yorqin dalilidir.
1969 yilda $$SSSR Ministrlar Soveti Qarshi choʻli$$ning yuqori zonasidagi yerlarning birinchi navbat qismini sugʻorish va oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi kompleks loyihani tasdiqladi. Loyiha 200 ming gektar yerni oʻz ichiga oldi. Oblast ishlab chiqarish muchlarini rivojlantirishda yangi ufqlar ochildi.
1973 yil voqeasi hamon esismkzda. Oʻsha yili nasos stnsiyalarining dastlabki kaskadlari qurildi. Amudaryo suvi balandlikka koʻtarib berildi. Suv [Ulyanov] kanali orqali choʻlga oqa boshladi. Choʻlga hujum boshlangan oʻsha oʻsha davrdan buyon 1 milliard 749 million soʻm kapital mablagʻ oʻzlashtirildi. 1 milliard 260 million soʻmlik asosiy fondler ishga tushirildi, 142 ming gektar yer yashnagan ekinzorlarga aylantirildi. Ana shu maydomnlar bagʻrida 42 sovxoz, [Nishon], [Tollimarjon], [Ulyanov], [Usmon Yusupov] kabi oʻnga yaqin qoʻriq rayonlar tuzildi. 1134 ming kvadrat metr turar joy, bogʻcha, klub, savdo, sanoat komplekslari qurildi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, $$Qarshi choʻli$$ni sugʻorish va oʻzlashtirish ishlarining asosiy qismi oʻninchi besh yillik hissasiga toʻgʻri keldi. KPSS XXV siyezdi materiallarida $$“Qarshi dashti$$da ingizchka tolalai paxta yetishtiriladigan yangi yirik rayon barpo etilsin” deb alohida ta’kidlandi. Partiyaning bu qarori kollektivimiz uchun asosiy dastur boʻldi.
Boshqarmamaizda oʻtgan besh yillikda 645 million soʻmlik mablagʻ oʻzlashtirilib 618 million soʻmlik asosiy fondlar ishga tushirildi. 67 ming gektar yer qishloq xoʻjalik aborotiga kiritildi. 526 ming kvadrat metr turar joy, koʻplab maktab bolalar muassasalari savdo madaniy, maishiy tarmoqlar, 411 dala shiyponli, 2700 ta mashina remont qilinadigan remont-mexanika ustaxonalari avtogarajlar va boshqa ishlab chiqarish obyektlari foydalanishgga topshirildi.
“SSSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1981-1985 yillarga va 1990 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan asosiy yoʻnaloishlari” toʻgʻrisida $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning partiya XXVI siyezdi loyihasi umumxalq muhokamasi qiz‘in davom etmoqda. Shunni faxr bilan aytish kerakki, KPSS XXV siyezdida alohida tilga olingan $$Qarshi choʻli$$ istiqboliga partiyamizning bu galgi ulgʻvor hujjatida ham takror nazar tashlab oʻtuilgan. Jumladan, loyihaning $$Oʻzbekiston SSR$$ qismida shunday satrlar bor “ $$…Qarshi va Jizzax dashtlari$$ni oʻzlashtirish davom ettirilsin, 1.5 million gektar yaylovga suv chiqarilsin”. Bu satrlar oʻn birinchi besh yillikda ham $$“Qarshistroy “ma’muriyati$$, partiya komiteti, birlashgan kasaba soyuz va Komsomol komitetlari, barcha choʻlquvurlar uchun muqaddas dasturdir. Kollektiv a’zolari yangi besh yilliknig ilk kunlaridsn boshlab sotsialistik musobaqa bayrogʻi ostida zarbdor vaxtaga chiqdilar.
Shuni ochiq aytish kerakki, yerlarni kompleks oʻzlashtirish ishlari hali partiya va hukiumatimiz talab qilgan darajada emas, Chunonchi, boshqarmamiz bugungacha oʻzlashtirilgan ekinzorlar hisobidan yangi sovxozlar tuzish, ularni toʻla toʻkis qurib, tegishli ministrliklar ixtiyoriga topshirishi kerak edi. Hozirgacha toʻrtta sovxoz topshirildi, xolos. 94 million soʻmlikdan ortiq ish esa chala yotibdi. “Promjilstroy”, “Selinstroy”, “Drenajstroy” trestlarida bitkazilmagan obyektlar bor. Doʻstlik posyolkasida qurilayotgan non kombinati, 10 – sovxozdagi RTS bazasi, Nishon neft bazasi va boshqa obyektlar asossiz ravishda kechiktirilomoqda
Yangi 1981 yilda 106 million soʻmlik kapital mablagʻ oʻzlashtirishni oʻz kuchumiz bilan 95 million soʻmlik ish bajarishni moʻljallab turibmkz. Shuningdek, 9 mingdan ziyod gektar yer oʻzlashtirilib, 76 ming kvadrat metr turar joy va boshqa obyektlar qurilishi boshlab yuboriladi. Oʻtgan yil $$Tollimarjon suv ombori$$da 650 million kubometr suv toʻplandi. Bu yil yoz fasliga qadar inshoot sigʻimi 1 milliard kubometrga yetkazilib, koʻplab ishlab chiarish quvvatlari foydalanishga topshiriladi. Xullas , siyezdlar yilidagi va umuman oʻn birinchi besh yillikdagi vazifalarimiz ulkan, bir-biridan koʻlamli, 50 ming kishilik koʻp millatli $$Qarshi choʻlquvarlari$$ partiya va hukumatimiz, xalqimiz ishinchini hamisha Sharaf bilan oqlab kelgan va bundan keyin ham oqlab kelaveradi. Yangi besh yillik serqirra hayotimizda tobora yuksalish davri boʻladi, choʻl boʻstonga, gulistonga aylanadi.
Total words
574
Unique words
415
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
11
TTR
0.723
Hapax
340
Distribution
Top frequency chart
Dataset