Nurxona va mudofaa vositalarga, xullas, yangi baxt va sevinch shaklida hayot haqiqatiga aylantiriladigan vazifalardir. Ular yaqinda partiyamiz markaziy komiteti tomonidan umumxalq muhokamasiga berilgan va kelasi oʻn yilga moʻljallangan ulugʻvor ishlar loyihasida koʻrsatilgan. Ularni bajarishga barcha sovet kishilari bel bogʻlamoqdalar.
Mana, bizdagi ajoyib tuzum , jamiyat va qaynoq hayot ! Mana, bizda yangi yil qanday shodiyona sharoitda kutib olinayotganligi haqidagi kichik hikoyat! Mana, belimiz baquvvatligidan, baxtimiz moʻligidan, sevinchimiz koʻpligidan va kelajagimiz yanada goʻzaligidan dalolat haqiqat!
Men shu yerda yana bir nihoyat darajada muhim va jiddiy masalani qayd qilmay oʻtolmayman. Biz koʻpincha muvaffaqiyatlarimiz haqida gapirganimizda ularning qanday murakkab vaqtlarda va qanday ham mashaqqatli, ham saodatli nehnat oqibatida erishilganligini yoddan chiqarib qoʻyamiz. Ha u muvaffaqiyatlar oʻzidan oʻzi boʻlmadi, osmondan tushmadi, osonlikcha qoʻlga kiritilmadi. Dushman bilan jon olib jon berildi, olov kechildi. Ogʻir vaqtlar qoʻl belkurak bilan chigitlarni ulkan xirmon – xirmon oltin yaratildi, qoʻl va zambil bilan qator -qator azim zavod va fabrikalar qad koʻtardi. Bir vaqtlar shunday boʻldi! Yana kim ayta oladi oʻsha vaqtlardan keyin, har jihatdan yangi taaqqiyot yuksakliklarga koʻtarilgan yillarimizda erishilgan muvaffaqiyatlarning hammasi osongina qoʻlga kiritildi, ularni faqat mashina, texnika yaratdi deb?! Quruvchining zaxmati va dehqoning ter toʻkishini kim yengil-yelpi ish deb biladi?! Kashfiyotchi olim va konstruktor izlanishlarini, gulduros ovozli zavod sexlaridagi murakkab mashinalarni boylik yaratishga va yanada murakkab mashinalar yasashga boʻysundirayotgan ishchilar mehnatini shunchaki bir ish deb kim ayta oladi! Sovuqda, saratonda kon qidirayotgan geologlar yo dengiz toʻfonlarida ketayotgan kemachilar mehnatichi-chi? Ha, mashaqqatsiz mehnat yoʻq, mehnatsiz esa taraqqiyot yoʻq, bext yoʻq. Axir, mehnatning tagi rohat deb bekorga aytmagan xalq!
Binobarin, mavjud muvaffaqiyatlarimiznig mohiyatini chuqur tushunish uchun, ularni yetarli ardoqlash va e’zozlash uchun oʻsha kechib oʻtilgan olovlarni, toʻkilgan ter va mehnat mashaqqatlarni ham bilnoq lozim, shart. Buning tarbiyaviyb va ideologic ahamiyti juda katta, ayniqsa, yoshlarimiz uchun. Bizning baxti barq urgan hozirgi avlodimiznig Yangi yilni shodiyona sharoitda, toʻkin dasturxon atrofida kutib olishi xuddi shu ozod, saodatli va murakkab tarixli hamda mashaqqatli mehnat oqibati hamdir. Baxtimiz va sevinchimiznig har bir daqiqiasida, Yangi yil qadahlarining har bir jarangida, qahqahalarning har bir “qatra”sida bahodir bobolarimizning va mehribon onalarimizning ham choʻng muhim roli, muqaddas ulushi hamda baland tahsinga sazovor xotirasi bor….
Xullas, muvaffaqiyatlarimiz, baxtimiz va sevinchli Yangi yilimiz Keskin kurash va ozod mehnat tantanasi oqibatidir. Jonajon partiyamiz donoligi natijasidir.
Ha, Yangi yil shunchaki bir oddiy narsa emas, shunchaki bir kelib ketadigan bayram emas, umrning shunchaki yangi bir yiligina emas. U jamiyat va sotsial sistemalar koʻrigi hamdir, har bir inson oʻz umrining oʻtgan oʻtgan yiliga yakun yasaydigan, kelasi qismiga yanada mas’uliyati va jiddiy qarashi lozim boʻlgan, oʻziganiga emas, avvalo jamiyatga, xalqqa, Vatanga foydali qanday va qancha ishlarni sarhisob qila oladigan bayramdir. Yangi yilni shubnday tushunish va shunday ekanligini hisobga olib ish koʻrish vojibdir…. Xalqimiz uni shunday talqin qiladi, shunday deb biladi. Bir misol keltiray. Eng toʻkin yoz payti edi. Goʻzal Fargʻona vodiysining bir boʻlagi. Koʻm-koʻk libos kiygan va tip-tinniq kumush havo bilan qolpangan togʻ tizmalari yonimizdan oʻtgan yer. Boshlangichini shu togʻlardan olgan, etaklari koʻz ilgʻamas darajadagi uzoq-uzoqlarga borib top-toza moviy osmon osmon bilan tutashib ketgan, oppoq quyosh nurlari ogʻushida yastanib keng yotga dala. Butun husnini koʻz-koʻz qilib, moʻjizali sepini yoygan koʻklam chamanzor – qiygʻos ochilib yotgan va keyinlar “oq oltin” ummoniga aylanadigan chechakzor. U hayotbaxsh iliq havo va mayin shabada qoʻynida hayrotomuz goʻzallik va qut=dratga toʻlgan holda bir dengizday asta chayqaladi, magʻrur tebranadi. Shu manzaraga mahliyo boʻlib atrofi sarviqomat tollar soyasi ila oʻralgan supada oʻtirardik. Birozdan keyin huzurimizga peshonalari bogʻlangan paxtakor ota va suvchi oʻgʻil kelishdi. Quyuq koʻrishish, samimiy soʻzlashish boshlandi. Shu suhbatning bir yerida oʻgʻil chaman paxtazorga qandaydir gʻoyat sirli va alohida teran sevinchli nazar bilan qaradida dedi:
- Dada! Bulturgi bayramda maqtalganimiz hamon yonimda, hamon belimga
quvvat va qudrat bagʻsh etib kelmoqda. Bu bepoyon boylik chamanzoriga qarang, bu galgi yangi yil bayramini ham kutib olishdagi sarhisobimiz va sevinchimiz bulturdagidan baland boʻladiganga oʻxshaydi. A, otaxon!...
Bu, buyuk hayotimizning hozir esimga kelib qolgan xarakterli, tipik boʻlganligidandir!
Nihoyat, shu bilan ham aloqador yana bir gʻoyat katt va jiddiy haqiqiat. Biz mazkur tabriknomamzi avvalida, eng zoʻr narsa hayotdir, yashash hissiyotidir, umr uzaytirishga intilishdir, dedik. Ammo deyarli har bir haqiqiat nisbiy boʻlganidek, bu ham shunday. Chindan-da, hayotdan qudratli narsa ham boʻlgan, bor va boʻladi. Bu – vatanga va xalqqa, mustaqillik va ozodlikka cheksiz muhabbatdir, adolat va taraqqiyotga behad sadoqatdir, yuksak insoniy ideallarga xizmat qilish hissiyoti, burchi va qat’iyatidir. U inson nomiga osnod keltiradigan razillarga yondashuvchi nafratdir. Kasbi ajalchi va vayronchilik boʻlgan, qilichidan qon tomgan bosqinchilarga qarshi qaratilgan gʻazabdir, ezgulik uchun oʻta fidokorona kurashish qat’iyatidir. Mamlakati va xalqini tahqir va qullikdan saqlab qolish uchun dushman qoʻshnini halok qilish maqsadida oʻzini Mutlaq oʻlimga olib borgan Shiroq va [Ivan Susaniy]lar shundaylar timsoli. Oq gvardiyachilar bilan olishgan [Nikolay Otrovskiy] kabi ajoyib rus bahodirlari hamda fidoyilari shundaylardir. Bosmachilar bilan kurashgan ^^Mayna^^ qizimiz va [Abdulla Nabiyev]lar shundaylar ramzidir. [Gitler] gazandalarga qarshi janglarda gʻalaba uchun oʻzlarini ongli suratda halokatga olib borgan [Aleksandr Matrosov] va [Gastello], [Toʻychi Eryigitov] va [Sirojiddin Valiev]lar shundaylardandir.
….Diyorimizda ajoyib ayyom. Har birimizdan juda Rozi va mamnun boʻlgan 1980 sana ila xayrlashdirk. Yangi rejalar, baxt va muvaffaqiyatlar pogʻonasiga qadam tashladik, koʻtarildik. Uning nomi asrlarda qoladigan tarixiy 1981 yildir! Partiyamizning XXVI siyezdi yilidir. Butun sovet mamlakati boʻylab shu yangi shodiyonalik bayrami tantanalari va qahqaha ovozlari kezmoqda. Million-million xonadonlarimiz va dillarimizda har bir kuy va qoʻshiqlarimizda sevinch yangramoqda, baxt tabassumi chehralarni bezamoqda. Bular barchasinig umumlashgai ifodasi boʻlib buyuk Vatanimiz poytaxti Moskva Qizil maydonida afsonaomuz qilib yasatilgan archa bepoyon diyorimizning eng katta hamda bosh archasi sifatida magʻrur qad koʻtarib turmoqda. Oʻtgan yilimiz ulugʻvorligidan va baxtimiz kulganligidan butun dunyoga jar solmoqda. Yangi yilimiz yanada boy va unda hayotimiz tagʻinda goʻal boʻlishligidan har yon mujda taratmoqda.
Yangi umr, yangi baxt va sevinchlar muborak, aziz doʻstlar!
Total words
911
Unique words
644
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
0
TTR
0.707
Hapax
536
Distribution
Top frequency chart
Dataset