[L.I. Brejenev] va [N.A. Tixonov] oʻrtoqlar $$Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$ning Birinchi sekretari $$Kuba Respublikasi Davlat Kengashi$$ va Ministrlar Sovetining Raisi oʻrtoq [Fidel Kastro Rus]ga telegramma yoʻlladilar. Relegrammada Sovet Ittifoqi Kommunistik oartiyasi Markaziy Komiteti, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$, $$SSSR Ministrlar$$ Soveti, butun sovet xalqi nomidan milliy bayram – Ozodlik kuni munosabati bilan qizgʻin qutlovlar izhor etiladi.
1959 yil 1 yanvarda $$Kuba revolutsiyasi$$ning gʻalabasi, deyiladi telegrammada, $$Kuba xalqi$$ning hayotida tarixiy marra boʻlib mamlakat oldida keng sotsial taraqqiyot ufqlarini ochib berdi, $$Lotin Amerikasi$$da milliy ozodlik, antiimperialsitik harakatning yangi bir bosqichini nishonlanadi. Kuba mehnatkashlari revolytsiyaning har bir yili ekonomika, madaniyat, maorif sohasidagi yutuqlar bilan nishonlamoqdalar. Kuba sotsialistik hamdoʻstlik qardosh xalqlari bilan mustahkam jipslashgan holda, yangi sotsialsitik jamiyatni dadil qurmoqda.
Xalqlarning imperializmga, mustamlakachilikka qarshi kurashiga Kuba qoʻshgan hissani sovet xalqi yuksak baholaydi. Kuba tinchlik va yaxshi qoʻshnichilik, oʻz ozodligi va mustaqilligini himoya etayotgan xalqlar bilan birdamlik, yangi mustamlakachilik va irqchilikka nisbatan murosasizlik siyosati bilan sotsialistik hamdoʻstlik davlatlari oʻrtasida umuman xalqaro maydonda katta obroʻ qozondi.
Telegrammada proletary internatsionalizmning buzilmas prinsplariga asoslangan $$Sovet – Kuba munosabatlari$$ samarali rivojlanib borayotganligi mamnuyat bilan qayd etiladi. $$KPSS va Sovet hukumati$$ $$SSSR$$ bilan $$Kuba$$ oʻrtasida qardoshlarcha doʻstlik va hartomonlama hamkorlik aloqlarini bunday buyon ham hormay-tolmay mustahkamlab borishga azmu qaror berganlar.
Sovet kishilari respublikaning $$Kuba Kommunistik partiyasi$$ II siyezdi ishlab chiqqan sotsial-iqtisodiy rivojlantirish yangi bunyodkorlik planlarini chuqur mamnuniyat bilan kutib oldilar. Kuba qardosh ma lakatlarining koʻp tomonlama hamkorligida aktiv ravishda qatnashgani holda Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi faoliyatini kengaytirishga, uzoq muddatli iqtisodiy hammorlik programmasini ishlab chiqishga katta hissa qoʻshmoqda. Kuba qardosh mamlakatlar bilan birga sotsialistik hamdoʻstlikni mustahkamlash haqida doimo gʻamxoʻrlik qilmoqda.
[L.I. Brejnev] va [N.A. Tixonov] oʻrtoqlar $$Kuba Kommunistik partiyasi$$ga, revolutsion hukumatiga, Kubaning barcha mehnatkashlariga sotsilistik jamiyat qurishda, ekonomika, madaniyat, xalq farovonligini yuksaltirishda yangi-yangi muvaffaqiyatlar tiladilar.
Telegrammada yangi 1981 yil munosabati bilan Kuba xalqiga baxt-saodat va osoyishtalik tilab, doʻstona ssamimiy istaklar izhor etilgan.
Total words
303
Unique words
225
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
13
TTR
0.743
Hapax
188
Distribution
Top frequency chart
Dataset