🔍

Article

Zarbdor mehnat yili

By X. ALIQULOV, Ohangaron koʻmir konining … • in 1975

Yangi yil choʻqqisidan nazar tashlasak, besh yillikning belgilovchi yili oʻzining butun borligʻI bilan namoyon boʻladi. $$Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi$$ va $$Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi$$ning 50 yillik yubileyi yilida respublikamiz sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlari ishchi-xizmatchilari, injiner-texnik xodimlari katta yutuqlarni qoʻlga kiritdilar. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida belgilovchi yil planlari muvaffaqiyatli bajarildi. Besh yillikning toʻrt yili ichida respublikamiz sanoat ishlab chiqarishi 38,1 protsent koʻpaydi. Bu – besh yillik planda koʻzda tutilganidan ham koʻpdir. Muddatidan ilgari ishga tushirilgan yuzta katta korxona va sex industriyamiz qudratini oshirdi. Mamlakatimiz boʻyicha 1974 yilda milliy daromad undan oldingi yilga nisbattan 5 protsent koʻpaydi, besh yillikning toʻrt yili ichida esa u 63 milliard soʻm miqdorida yoki 23,6 protsent ortdi. Bunda biz, $$oʻzbekistonlik ishchilar$$ning ham hissamiz bor.
Belgilovchi yil qurilishimiz taraqqiyotida oʻziga xos bosqich boʻldi. $$Sirdaryo GRES$$ining uchinchi energoblogi, $$Buxoro ip gazlama kombinati$$ning birinchi fabrikasi, $$Olmaliq himiya zavodi$$ning ikkinchi navbati, Oʻrta Osiyo – Markaz qita’lararo gaz sistemasining toʻrtinchi tarmogʻi [Hamza]-2 nasos stansiyasi, “Moskva” kanali kabi katta qurilishlar barvaqt tushirildi. Bugungi kunda qaysi bir ishlab chiqarish kollektivini olmang, hamma yerda sotsialistik musobaqa keng qanot yozganligining guvohi boʻlasiz. “Minglar shartnomasi” musobaqasi, toʻqqizlar tashabbusi, zlobinchilar va muarbbiylik harakatlarining tobora chuqur ildiz ortib borayotganligini koʻrib quvonasiz. $$Mehnat Qizil bayroq ordeni$$ $$Toshkent toʻqimachilik kombinati$$, $$Toshkentdagi [Chkalov] nomli aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi$$. $$Margʻilon “Atlas” firmasi$$. $$Namangan shoyi va kostyumbob gazlamalar kombinati$$, $$Toshkent poyabzal fabrikasi$$, $$“Tashselmash”$$, $$“Oʻzbekximmash”, zavodlari$$ va $$“Oʻzbekshaxtostroy”$$ singari koʻplab ilgʻor kollektivlarning peshqadam vakillari boshlab bergan tashabbus barcha sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlarida qoʻllab quvvatlandi. “Besh yillikni zarbdor mehnat bilan yakunlaymiz!” degan shiorlar bu musobaqa qatnashchilarining kundalik hayot normasiga aylandi.
Transportni rivojlantirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Hamma turdagi transport yuk oboroti planini belgilovchi yilda ham, qolaversa, besh yillikning toʻrt yili ichida ham oshirib bajarishga erishdi. Oʻtgan yili respublikamiz yengil sanoati xodimlari xalqimizni bejirim kiyintirish, xaridirlarga Manzur tovarlar ishlab chiqarish, koʻzni quvontiradigan gazlamalar toʻqish uchun astoydil mehnat qildilar. $$KPSS XXIV siyezdi$$ tarixiy qarorlaridan ilhomlangan $$Respublika Goʻsht-sut hamda Oziq-ovqat sanoati ministrliklari korxonalari$$ning kollektivlari umumxalq sotsialistik musobaqasida faol qatnashib, yilni yaxshi natijalar bilan yakunlashdi. Ittifoq ministrliklari va idoralari yordami bilan yirik suv inshootlari qurish borasida juda koʻp ishlar bajarildi. Mehnatkashlar 340 mingta shinam kvartiralar olishdi. Planga qoʻshimcha koʻplab koʻmir neft, gaz, kuchlantiruvchi transformatorlar, paxta tolasini, traktor va traktor priseplari tayyorladi. 1974 yil respublikamiz tarixiga zarbdor mehnat va shonli gʻalabalar yili boʻlib kirdi. U biz uchun shonli sana – $$Oʻzbekiston SSR$$ va $$Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ning 50 yilligiga toʻgʻri kelganligi jihatdan ham shonli yil hisoblanadi.
Toʻqqizinchi besh yillikning yakunlovchi yilini shunday mehnat zafarlari bilan kutib oldik. Yangi yilni sanoat xodimlari, quruvchilar, transportchilar ijodiy kuch-gʻayrat va ulkan rejalarga toʻlib toshgan holda kutib olyapmiz. Yangi yildagi vazifalar xalq xoʻjaligining hamma sohasida oʻz koʻlami jihatidan nihoyatda katta. Uning ilhombaxsh rejalari $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1974 yil dekabr Plenumi hamda toʻqqizinchi chaqiriq $$SSSR Oliy Soveti$$ning ikkinchi sessiyasida aniq-ravshan koʻrsatib beriladi.
Bu yil respublikamiz sanoatini qurilish va transportini yanada tez suratlar bilan rivojlantirish koʻzda tutilgan. Yalpi ijtimoiy mahsulot 1920 yildagiga nisbatan 41.5 prosent, milliy daromad 40.6 prosent koʻpayadi. Bu raqamlar besh yillik planda koʻzda tutilgan darajadan ancha ortiqdir. Industriyamiz tagʻin ham yuksak bosqichga koʻtarilib, sanoat ishlab chiqarish hajmi bir yilda 5.8 prosent oʻsadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari 2.4 million soʻmga koʻpayadi. Mavjud ichki rezerv va imkoniyatlarida, uskunalar va ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaroq foydalanishga harakat qilamiz. Buning uchun hozirdanoq respublikamiz ishchilari, quruvchilari, va transportchilari, har bir mehnat kollektivi muqobil palanlar ishlab chiqmoqda, yuksak sotsialistik majburiyarlar qabul qilayotir, erishilgan natijalarni hisobga olgan holda 1975 yilda xalq xoʻjaligini rivojlantirish borasida belgilangan koʻrsatgichlardan oʻzib ketish marralarini koʻzlayaptilar.
Ysangi yilning ilk kunlaridan boshlab $$Navoiy va Sirdaryo GRESi$$da $$Fargʻona TESi$$da yangi quvvatlar jadal sur’atlar bilan oʻzlashtiriladi. Uzluksiz texnika taraqqiyotiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat unumdorligini oshirishga erishamiz. $$Toshkent traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi zavodlari$$da paxtachilikka moʻljallangan yangi traktorlar va paxta tashishda koʻp iqtisodiy tejam beradigan traktor poyezdlari ishlab chiqarish tadbirlarini koʻramiz. Har yilgidek bu yil ham ittifoqdosh birodarlamizga koʻp miqdorda mineral oʻgʻit, mashina-mexanizmlar yetkazib beramiz. Respublika qishloq xoʻjaligi koʻplab traktor, ekskavator, buldozer, skreper, traktor priseplari va boshqa shunga oʻxshash qudralti texnika vositalari oladi.
Yakunlovchi yil vazifalarining muvaffaqiyatli hal etilishi naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Bosh sekretari [L.I. Brejnev] $$Moldaviya SSR va Moldaviya Kommunistik partiyasi$$ning 50 yilligi yubileyi munosabati bilan Kishinyovda soʻzlagan nutqida shunday ta’riflagan edi: “1975 yil hozirgi besh yillikning tugallovchi yiligina boʻlmaydi. Shu bilan birga u partiyamiz XXV siyezdining arafasi ham boʻladi”. Bu soʻzlarning zamirida katta gap bor. Biz buni chuqur his etgan holda yakunlovchi yil ulkan rejalarini alamga oshirish uchun gʻoyat baland ruh bilan kirishdik.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1974 yil dekabr Plenumida ta’kidlaganidek, ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshiramiz. Texnika taraqqiyotini jadallashtirib, mehnat unumdorligini yanada koʻtarishga va mavjud quvvatlardan yaxshiroq foydalanishga erishamiz. Mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiramiz va uning sifatini yaxshilash uchun barcha rezervlarni ishga solamiz. Moddiy va mehnat sarflarini kamaytiramiz.
$$Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi$$ning XXV siyezdini munosib kutib olish uchun hamma kuch-quvvatimizni sarflayveramiz. Vatanimiz qudratini oshiraveramiz.

Total words

791

Unique words

526

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

28

TTR

0.665

Hapax

417

Distribution

Top frequency chart

Dataset