🔍

Article

RAHIMANING ZAFARI

By OʻzTAG. • in 1981

Bu kamtarin ayol ikki besh yillik marrasida faxrlansa arziydigan narsalar koʻp. $$Samarqand rayoni$$dagi $$<<Moskva>> kolxoz$$ning mashinada sut sogʻish operatori ^^Rahima Sultonova^^ Vatanga bergan va’disini Sharaf bilan bajardi. U oʻziga birkitilgan 100 bosh sigirning har biridan yil mobaynida 4200 killogrammdan sut sogʻib oldi va 420 tonna mahsulot topshirdi. ^^Rahima^^ besh yillikning yakunlovchi yilida Sharaf bilan fidokorona mehnat qildi. U butunittifoq konkursida ishtirok etdi hamda <<Tandem>> sut sogʻish uskunasiga xizmat qiluvchi chorvadorlar orasida goʻlib chiqib , mamlakatda eng yaxshi operator ekanligini namoyish etdi.
^^R. Sultonova^^ $$Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ga yoʻlangan maktubida kelgusi yil uchun oshirilgan sosialistik majburiyat majburiyat qabul qilganligini ma’lum qiladi. Ilgʻor sut sogʻuvchi har bir sigir dan 5 ming killogrammdan, barcha sigirlardan esa 500 tonna sut sogʻib olishga soʻz berdi. ^^R. Sultonova^^ oʻz maktubida quyidagilarni yozadi: <<Oʻz dugonalarim va <<Moskva >> kolxozning barcha a’zolari nomidan ishontirib aytamanki, biz jamoat chorvachiligini yanada yuksaltirish uchun kuch-gʻayratimizni ayamaymiz, KPSS XXVI siyezdini va $$Oʻzbeksiton Kompartiyasi$$ning XX siyezdini munosib mehnat yutuqlari bilan kutib olamiz”.

Total words

157

Unique words

126

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

4

TTR

0.803

Hapax

101

Distribution

Top frequency chart

Dataset