Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar!
$$Kreml$$ kuratnining millari 1980 yilning soʻngi daqiqalarini sanab tugallamoqda. Oʻtib borayotgan yilda koʻpgina voqealar sodir boʻldi: unda qiyinchiliklar va xafagarchiliklar roʻy berdi, muvaffaqiyatlarga ham erishildi, quvonchli kunlar ham boʻldi. Ammo bu yilni biz ezgu tuygʻu bilan kuzatib qolyapmiz.
$$Shonli [Lenin] yubileyi$$ yilida sovet kishilari fidokorona va ilhom bilan ishladilar bu besh yillikda ekonomikani rivojlantirishda yangi katta qadam qoʻyildi. Xalq farovonligi oshdi. Milliondan koʻproq kishi hovli toʻylari oʻtkazdi. Sotsialistik demokratiya yanada rivoj topdi. Sovet ittifoqi xalqlari yagona ahil oila boʻlib yashamoqdalar. Mudofaa qobiliyatimiz munosib darajada saqlanmoqda.
Zavod va fabrikalarda, neft konlarida transportda dala va fermalarda mehnat qilayotgan imorotlar qurayotgan magistrallar oʻtkazayotgan elektr stansiyalar barpo etayotgan ma’naviy boyliklar yaratayotgan bolalarga ta’li va tarbiya berayotgan odamlarning sihat-salomatligini qoʻriqlayotgan hamma kishilarga sotsilistik Vatan baxt-saodati yoʻlida ongli va samarali ishlayotgan barcha kishilarga chin koʻngildan Rahmat.
Mamalakat $$KPSS XXVI siyezd$$ga zoʻr siyosiy aktivlik va mehnat joʻshqinligi vaziyatida hozirlik koʻrmoqda. $$SSSR$$ni iqtiosidiy va sotisla rivojlantirishning navbatdagi besh yillikka va 1990 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari loyihasining muhokamasi shuni koʻrsatib turibdi. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, oziq-ovqat problemasini hal etishga, xalq istemol qiladigan molar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, uy-joy qurilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.
Biz xalq bilan partiya yakdil deb, tamomila asosli ravishda aytamiz. Mana shu buzilmas birlik – kommunizm uchun kurashimizdagi yangi muvaffaqiyatlarning
garovidir.
Sovet xalqi Kommunistik partiya bilan $$Sovet davlati$$ning [Lenincha] ichki va tashqi siyosatini yakdillik bilan ma’qulamoqda. Sovet Ittifoqining tashqi siyosati ravshan va olijanob maqsadlarni koʻzlaydi. Biz barcha xalqlar uchun tinchlik boʻlishini istaymiz. Bizning ozodlik, adolat va taraqqiyot idealariga sadoqatimiz metingdek mustahkam. Sovet Ittifoqi keskinlikni yumshatish uchun, hamkorlikni mustahkamlash uchun qat’iyat bilan kurashmoqda hamda imperialistlarning siyosati oqibatida kelib cjiqayotgan qurolanish poygasiga, chigaliklar va mojarolarga qat’iyan qarshi chiqmoqda.
Sovet Ittifoqining dunyoda yaxshi doʻstlari koʻp. Yangi yil arafasida biz sotsializm mamlakatlarning mehnatkashlariga, kommunistik, ishci, milliy – demokratik partiyalarga, imperializmga qarshi, reaksiya va urishga qarshi kurashchilarning hammasiga eng yaxshi tilaklar izhor etamiz.
Qahramon sovet ishchilar sinfini, shonli kolxozchi-dehqonlarni, xalq ziyolilarni $$Sovet Ittifoqi$$ $$Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezdiumi$$ va $$SSSR Ministrlar Soveti$$ nomidan yangi yil bilan astoyidil tabriklayman.
Sizlarga sihat salomatlik, yaxshi kayfiyat, mehnatda, oʻqishda, ijodda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Revolyutsiya, urish mehnat veterialarini yangi yil bilan qutlayman, sizlarga Vataning chuqur minnatdorchiligini va tashakurini izhor etaman!
Sovet xotin -qizlarga chin koʻngildan baxt -saodat va shodlik tilayman!
Ajoyib sovet yoshlariga, shavkatli Armiya va Flot jangchilariga qizgʻin qutlovlar yoʻlayman!
Yangi yil kechasida oʻn birinchi besh yillikning mehnat vaxtasida turgan, Sovetlar mamlakatning muqaddas chegararini sergarlik bilan qoʻriqlayotgan, ona diyordan olisda ishlayotgan barcha kishilarga eng yaxshi tilaklar izhor etaman.
Har bir xonadonda, har bir oilada hamisha farovonlik va inoqlikboʻlsin!
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin, aziz oʻrtoqlar!
Sizlarga baxt-saodat yor boʻlsin!
Article
SOVET XALQIGA YANGI YIL TABRIKNOMASI, L.I. BREJNEVNING MARKAZIY TELEVEDENIYE VA BUTUNITTIFOQ RADIOSI ORQALI SOʻZLAGAN NUTQI
Total words
430
Unique words
329
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
9
TTR
0.765
Hapax
287
Distribution
Top frequency chart
Dataset