Rayonimiz mehnatkashlari saylovoldi musobaqasini avj oldirib , dohiymiz [V.I.Lenin] tugʻlgan kunning 110 yillik yibeleyini munosib kutib olish yoʻlida astoyidil harakat qilmoqdalar.Shu kecha -kunduzda kun -sayin yaqinlashib kelayotgan $$Oʻzbekiston SSSR Oliy Soveti$$ hamda mahalliy Sovetlarga oʻtkaziladigan saylovlarga har taraflama qizgʻin tayorgarlik koʻrilayotir.
Saylovdan saylovgacha oʻtgan davr mobaynida serquyosh respublikamizning barcha joylarida boʻlgani kabi bizning rayonimizda ham katta oʻzgarishlar roʻy berdi. KPSS XXV syzdining tarixiy qarorlarini amalga oshirish uchun kurashayotgan rayonimiz mehnatkashlari xalq xoʻjaligining barcha sohalarida samarali ish olib bormoqdalar. Natijada rayonimiz ekonomikasi rivojlanmoqda. Posyolkalar, qishloqlarimiz obod va koʻrkam boʻlib bormoqda. Xususan keyingi toʻrt yil mobaynida rayonimiz sanoati yaxshi rivoj topdi. Qurilish miqyosi kengaydi.
Ekonomikamizning asosi hisoblangan paxtachilik, shuningdek qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari kompleks rivoj topmoqda. Buni quyidagi misollarda ham koʻrish mumkin.Guliston rayoni Mirzachoʻl erlarining eski zonasida joylashgan. Yer sharoitimiz ogʻir, shunga qaramay hosildorlik 1976 yilga nisbatan gektar boshiga oʻta hisobda 4 sentnerdanga oshirildi. Gʻallachilik va chorvachilik, pilla, sabzavot va poliz mahsulotlari, hoʻl meva uzum yetishtirish sohalaridagi ishlarimiz ayniqsa quvonarlidir.
Yuqorida ta’kidlab oʻtilganidek qurilish va obodonchilik sohasida qilayotgan ishlarimiz ham chakki emas. Shu davr mobaynida rayonimiz boʻyicha 32 million 390 ming soʻmlik kapital mablagʻ oʻzlashtirildi. 25 million 920 ming soʻmlik qurilish obyektlari foydalanishga topshirildi. Xususan kolxozlar, aholi punktlari, umuman olganda qishloq quriloishiga katta e’tibor berilmoqda. Shu oʻrinda jami 800 bosh qoramolga moʻljallangan fermalar, 2 ta yirik mineral oʻgʻit saqlanadigan omborxona hamda boshqa ishlab chiqarish obyektlarining qurilgani diqqatga sazovordir . Shuningdek, ikki saylov oraligʻidagi davr mobaynida 287 gektar yangi yer oʻzlashtirildi. 1550 gektar yer kapital planirovka qilindi. 12 ta vertical quvurlar qazildi. Ularning bari 7060 gektar yerdagi ekinzorlarimizning meliorative xolatini yaxshilash imkonini berdi. Shuningdek 128 kilometrlik ariq -zovurlar tozalandi. 39 kolimetrlik suv yoʻllari esa betonlashtirildi. Bu tadbirlar rayonimiz ekonomikasini rivojlantirish yerlarning unumdorligini chorvachilikning mahsuldorlgini oshirishga katta xizmat qilmoqda. Uy-joy madaniy-maishiy obyektlar qurilishi obodonchilik sohalaridagi ishlar ham durust olib borilmoqda.
Total words
298
Unique words
250
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
1
TTR
0.839
Hapax
220
Distribution
Top frequency chart
Dataset