Sovuq qotgan Zamon ota orqasini oʻtga toblab yotgan edi, Boʻribosarning vov-vov eshitildi. Bemahalda kim keldi ekan, deb oʻyladi ota. 0’gʻil-qizlarini, nevara-yu, kelinlarini yangi yilni qishloqda birgalashib kutinglardeb joʻnatib yuborgan edi. [[Qari odam goʻdagdek boʻlibqoladi]], deb menga ishonishmabdi-da… Otaning jahli chiqdi. Sekin boshini egib, tashqariga chiqdi. Atrof oy yorugʻida xuddi sutga chayib olingandek edi.Katta quloqlari ding Boʻribosar oʻrnidan turgancha nima qilay, deganday Zamon otaga koʻzlarini
Tikib turardi. -Yot,yot joyinga Kim ekan u? degan oʻy yana Zamon otaning koʻnglidan kechdi.-Fermamikan? U-ku issiq toʻshadigan, bola-chaqalar yonidan jiladigan galvarslardan emas,a? Rais boʻlsa… Qor ummoni ustida oldin kichik nuqta koʻrindi. Keyin u katalashib, nevaralarning qoʻgʻirchogʻiday shalga kirdi. Quduqqa otgan odam shakli- shamoyiliga kirib, oʻtovga yaqin keldi.Boshida qalin jun roʻmol, egnida beshta mis tugmali uzun yomgʻirpoʻsh.Oyogʻda poshnasi baland etik.Elkasiga katta charm toʻrva osib olgan .Bir qoʻlida yaltiroq kasturulka oʻxshagan narsa. Ota uning toʻrvasidagi qizil belgidan hamshiraligini darhol payqadi.Dili yumshab:
- Kelaqol-a, muzlab ketibsan, ichkariga kiraqol,-dedi, Ota uni oʻtovga ergashtirib kirib, manqaldagi kul bosgan olov ustiga tutantiriq tashladi. Oʻtinlar chirsilab yonib, olov tashqariga moʻralamoqchiday qiyshanglab qizil tillarini tuynikka choʻza boshladi.Ota qizning gulxan shoʻlasida boʻrtib-qizarib koʻringan yuzlariga, charos koʻzlariga razm soldi:<<Ogʻzidan hali ona suti hidi keladigan qizaloq-ku!>>
-Kim xafa qildi ? Yosh joningga qasd qilib, shu izgʻirinda dashti biyobonga chiqib ketdingmi, a? -Ota poʻpsa qilgan boʻldi.
-Joʻlli choʻponni uyi shumi?-yonoqlari, barmoqlari uni qizarib, chimilayotgan qiz otaning savolarini eshitmagandey, boshidan roʻmolini olib, qoqdi. Ikki oʻrim yoʻgʻon sochi toʻlgʻonib beliga tushdi. Ota unga mahliyo boʻlib tikilib qoldi. <<Bizlarninig yosnligimizda qizlar bunday erkin yura olarmidi?Qalin yigʻaman deb qarirdi, shoʻrliklar>>…
-Soat birlarda chaqiriq oldik. [Joʻlli] choʻponing xotinini dard tutibdi, deb joʻnatishdi. Vertalyot meni shuyerda qoldirib, narigi qishloqqa oʻtib ketdi.U yoqdan ham bitta chaqariq bor. Charogʻlimi shu yer?
Zamon ota afsuslaganday bosh chayqab, darturxon yozdi. Non, choʻponchasiga qovurilgan goʻsht qoʻydi:
-Ol bu sovuqni ovqat engadi,-Qumgʻondan choy qoʻyib uzatdi, -Issiq-issiq ichib ol. Attang-a, bir qir berida tushiribdi da, adashib.Men olib borardim-u, -ota qo;zichoqlarga ,qoʻton tomonga qarab qoʻydi, -Mayli, tong otsinchi, bir yoʻlini tomarmiz.
-Nima,adashdimmi hali? -Qizning kapalagi uchib ketdi. Shosha -pisha roʻmolini qayta oʻradi.-Ularning qoʻrasi qaysi tomonda? Ona-bolaning hayoti qil ustida turganda, men tong otishini kutsam ,nima degan odam boʻlaman,ota!
Zamon otaning yuragini iliq tuygʻular qamrab oldi.U qizning elkasiga qalin poʻstinini tashladi. Otini egarlab berdi: Oq yoʻl, qizim! Qor qalin-u, lekin ot oʻzi yoʻl topib boradi. Ammo -lekin qiynalasan…
Ota otiga ishonsa ham koʻngli alangada edi. Qoʻraga kirib bugun erta qoʻzilaydigan sovliqlardan xabar oldida, oʻtovga kirmay, simyogʻochlar bilan yonma-yon qirga choʻzilib ketgan izlarga uzoq tikilib turdi.Shu sovuq shu sukunatda kimsaziz dashtda yolgʻiz borayotgan qiz koʻz oldida turaverdi.
<<Yosh-da, gʻoʻr. oldin joyni aniqlab, keyin pertolotiga javob berib yubormaydimi?! Xolangning uyimi bu dasht! Mayli,bir urinib koʻraychi,-u CHuchuksoydagi vagon-uy tomon yol oldi. Vagonchada sovgʻoz bilan gaplashadigan apparat borligi qulogʻiga chalingan edi.-Boʻribosar bor, qoʻy-qoʻzilarni qashqir boʻgʻizlab ketmas. Boʻg;izlasa ham beshtasini boʻg;izlar, oʻntasini boʻgʻizlar, odamdan aziz boʻlibdimi!
Zinapoyalardan qorni etigi bilan surib, muzlab yotgan qulfni ochmoqchi boʻldi.Ocholmadi. Tayogʻi bilan zulfinni qayirib , mixlari bilan sugʻirib oldi. Vagon uy boʻm-boʻsh. Bir burchagida ikkita koʻrpa, bir loʻlabolish, yalpoq zarang tovoq, uch-toʻrt poʻstak, spool koʻza, mesh apparat turardi. Ferma mudiri sovliqliqlar qoʻzilaydigan faslda, tikon chopish va qochirish mavsumida oʻn-oʻnbesh kun bu yerda boʻlardi. Kuzgij un qirqimidan keyin ketgan-u , qaytib oyoq bosmagan edi. Ota changli polda hoʻl izlar qoldirib , choʻyan pechka ustida turgan apparatga yaqinlashdi. Zamon ota negadir bu beozorgina apparat oldida yuragi dov brrmay, hayiqib turdi. Nafasini rostlab oʻziga dalda berish uchuh tomoq qirib yoʻtaldida-da, yetmish sakkiz yoshli umrida birinchi marta<<gapdon moshin>>-ni sekin ushlab ,qulogʻiga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashtirdi.
-Alyo, alyo, -olis-olislardan uyqusiragan tovush eshitildi, -alyo,nega jim turibsiz gapiring.
Zamon ota bunday dashtda, tunda odam tovushini eshitib, nafasini toʻyganidan quvonib, qoldi. Tizzalarini boʻsh qoʻli bilan uqalab ,shu tovush egasini koʻrmoqchiday derazadan tashqariga qaradi, boʻynini choʻzib,qiya ochiq eshikka moʻraladi:
_-Ali emas, bu manman, Zamon otaga oʻzining tovushi begona tuyildi, -Men Oydin-koʻldan…
Turubkadan zingʻilagan, <<kir-kir>> lagan tovushlar eshitilib, keyinhaligi ovoz dagʻal ohangda soʻradi:
-Xoʻsh, kim kerak sizga?
Namuncha chalmasangiz?
-Qishloqdi gapga etadigan kattalaridan birovi.
-Esi joyida odamlarning hammasi hozir uxlab yotibdi. Nima, oʻt tushdimi qoʻraga?
-Ha undan ham muhimroq.
Telefonchi ayolning nafasi ichiga tushib jim boʻlib qoldi.Zamon otaning otoqlari qaltirab, sekin polga chordna qurib oʻtirdi:
-Gap bundoq,qizim. Joʻlini ayoliga doʻxtir chaqirtirishgan ekan. Pertolotchi shoshganidan adashib,doʻxtir qizdi meniqoʻramga tushirib katibdi. Otga mingazib joʻnatdim.Ayt qishloqni belida belbogʻi bor erkagi ot-ulovi bilan uni kutishga chiqib, Charogʻliga olib borishsin. U boyaqish mushday boshi bilan bizlarni deb tuni bilan qor kechasi-yu bizlar gʻaflatda yotsak uyat-a, butun viloyatda bosh koʻtarib yurgisiz boʻlamiz-a? Ismi-sharifimi? Soʻramabman.Tayin-a, jon qizim. Menmi, Zamon bobongmag-da, tanimadingmi,Tayin-a, qizim!
Oldiniga trubkada qizning: xoʻp, jo nota, xoʻp! – degani, keyin allaqanday kuy eshitilganday boʻldi. Birdan hammasi tindi. Qilt etgan tovush shitilmay qoldi. Soʻng… soʻng soatning tantanavor zangi eshitildi. U oʻng ikki marta jarangladi. Hatto: “zamondan aylanayin-a. Mening tugʻilganimni begonalar-ku u yoqda tursin, hatto otam chilam chiqqandan keyin yaylovdan qaytib bilgan ekan. Joʻllining hali dunyoga kelmagan goʻdagini butun viloyat biladi. Uni deb qancha olim doʻxtirlar ovora, butun boshli pertolot xizmatda, telpochi mijja qoqmaydi”! degan oʻyni koʻnglidan kechib oʻtirgan Zamon ota trubkada chaqaloqning “ingra-ingra”sini ham eshitganday boʻldi! Otaning yuragi gupirib ketdi, Chunki bu oʻn ikkinchi zangdan keyin eshitgan ilk tovush edi!...
Total words
853
Unique words
656
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
0
TTR
0.769
Hapax
563
Distribution
Top frequency chart
Dataset