🔍

Article

ISTIQBOLGA PARVOZ

By HAMID GʻULOM Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. • in 1980

Xayr, Yetmish toʻqqiz -sertashvish, serfayz Inson qalbi kabi murakkab sana!
Tarixga qilmaymiz sendan aslo arz, Koʻp boʻldi ham mehnat, ham, baxt, tantana,
Seni kuzatamiz mamnun, minnatdor, Rus ham, ukrain ham, boltiqliklar ham.
Hamma, hamma xalqlar topdi e’tibor, Oilamiz yana boʻldi yana boʻldi mustahkam.
Tashakkur aytamiz Yetmish toʻqqizga, Yulduzlar chaqnadi har bir lahzasi Safarlar, zafarlar keltirdi bizga, Misol: qozoq doni, oʻzbek paxtasi. Sen bilan bir yoshga ulgʻaydi bashar toʻlishdi jamoli, aqlu zakosi. Qancha maqtasak ham seni yarashar, Har bir yaxshi soʻzning border asosi. Xayr Yetmish toʻqqiz!...
Yana bir soat Bir necha daqiqa oʻtgandan keyin
Bizga yuz ochadi yangi saodat, Yangi ulugʻ bir yoʻl boʻladi tayin. Layloturqadr kabi kamalak yoyib Yulduzlari bilan ko;rindi Sakson! Xuddi kuyov kabi koʻrkam, ajoyib Koʻzlari chaqnagan botir, benuqson. Salom, ardoqli mard! Salom Yangi yil! Dadil kel, ana yoʻl, ana poyandoz. Xuddi Boyqoʻnurday bu nurli manzil, Bundan istiqbolga etamiz parvoz. Daryo irmoqlardan boʻlganday paydo, Xalq orzulariming jami – istiqbol, Daryo ham intilgay va topgan kamol. Sakson! Qutlugʻ boʻlsin qadaming Seni. Bir dunyo umidlar bilan kutamiz. Lolarang may toʻla zarrin kosasin Buyuk niyat bilan senga tutamiz.
Sakson! Mardona yur biz bilan doim, [Lenin] komunizm quyoshing boʻlsin.
Yoʻqolsin zulm, urush, qiyomat-qoyim, Koʻngillarga hayot ishonchi toʻlsin. Odamzodga faqat besh qit’a nasib, Yurakka oʻxshaydi kurramiz shkli,
Yashamoq kerakdir shunga munosib: Faqat mehr bilan totuv va baxtli. Chili fojiasi bitsin. Afrika Qutulsin kelgindi sohiblaridan, Yanki kemalari solmay tahlikka Yoʻqolsin Eronning sohillaridan Dehqon dehqochlik qilsin. Ishchilar Dastgohida bolgʻa ursi bemalol. Sakson! Dargohingda barcha kishilar Bekulfat yashasin – shudir istiqbol!Yangi yil kechasi yulduzlar chaqnar – Bular bolalardir, avlodlarimiz, Soʻkilmasin aslo qalblardan choklar, Yerni titratmasin faryodlarimiz, Boalar! Sakson ham toʻqson ham, yuz ham, Narigi asr ham sizniki tamom. Milliard ota-ona – biz turib davom. Hey, sen Saksoninchi, ardoqli sana, Vazifang shunchalar sharafli, ulugʻ, Rejalar kitobi – senga koʻrmana, Undagi hisoblar bari choʻng, qutlugʻ. Kel, bagʻringni keng och, achomlashaylik, Bellashylik, qani kuchungni koʻrdssat.Yoʻl boshida dildan salomlashaylik, Tong yaqin, azizim, kutmaysi fursat!

Total words

312

Unique words

246

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

0

TTR

0.788

Hapax

209

Distribution

Top frequency chart

Dataset