Assalom Yangi yil! Har sohada yangi gʻalabalar yili boʻladigan 1980 yilni zoʻr shodiyonalik bilan qarshi olmoqdamiz. U el-yurtimizga koʻpdan-koʻp quvonchlar olib keladi. Shunday hayajonli damda biz uchun qadrdon bo;lib qolgan 1979 yilga yana bir born azar tashlayli.doʻstlik deb nomlanganva ismi jismiga juda mos keladigan koʻp millatli rayonimiz mehnatkashlari bu yilda har sohada katta zafarlarni qoʻlga kiritadilar. Paxtachilikda erishgan gʻalabamiz, ayniqsa, quvonchli boʻldi. Ona-vatanga 72 ming tonna choʻl durdonasi armugʻon etildi. KPSS XXV siyezdi hamda $$Oʻzbekiston kompartiyasi$$ XIX siyezdi tarixiy qarorlarni amalga oshira borib, ana shunday quvonchli natijaga erishildi. Yalpi hosilning 66 ming tonnasi agregatlar bilan yigʻib terib olindi. Rayon xoʻjaliklari paxtazorlarida 62 ta terim transport otryadi ipatovoliklar Metodi asosida ishlatildi. Har bir mashina bilan oʻrtacha 103 tonnadan paxta terishga erishildi.
Xoʻjaliklarimizda mexanizatorlararo sotsialistik musobaqa keng yoʻlga qoʻyildi. Bellashuvda dongdor paxtakor, $$Sotsialistik Mehnat Qahramoni$$ [Toʻlan Dadajonov] karvon boshilik qildi. U oʻzi ishlaydigan [V.I. Lenin] nomli sovxozning 1-boʻlimi dalalaridan 640 tonna paxta terib berdi.
Men brigada boshchilik qilish bilan bir qatorda har yilgi yigʻim-terim mavsumida mashina bilan paxta teraman. Bu yil 200 tona “oq oltin” terib berish majburiyatini olgan edim, 330 tonna qilib bajardim.
Shuni ham quvonch bilan aytib oʻtmoqchimizki, rayonimiz xoʻjaliklarini otaliqqa olgan $$Toshkent shahar$$ $$Oktyabr rayoni$$ texnika xizmati koʻrsatish mutaxasislari bizga katta yordam berdilar. $$[Abu Rayhon Beruniy] nomidagi Toshkent politexnika instituti$$ning koʻp ming kishilik kolliktivi esa paxta yigʻim terimida beminat yordam koʻrsatishdi, Ulardan cheksiz minnatdormiz.
Aziz paxtakor va mexanizator oʻrtoqlar! Sizlarni qoʻriq Doʻstlik rayoni zarshunoslari nomidan yangi yil bilan qutlashga ijozat bergaysizlar.
Article
Qutlaymiz, aziz hamkasblar
Total words
245
Unique words
203
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
5
TTR
0.829
Hapax
176
Distribution
Top frequency chart
Dataset