🔍

Article

Sovet xalqiga yangi yil tabriknomasi

By SSSR MINISTRLAR SOVETI • in 1980

Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar !
Yana bir necha daqiqalardan keyin $$Kreml kurantlari$$ yangi 1980 yil kirganligidan darak beradi.Oʻtib borayotgan 1979 yil sovet kishilari uchun tinch ijodiy mehnat yili boʻldi. Ulugʻsotsialistik Vatanimiz [Leninchi] partiyaning, oʻrtoq [Leonid Ilich Brejnev] boshchiligidagi partiya Markaziy Komitetining dono rahbarligida kommunistik qurilishining yangi marralari sari tinmay olgʻa qarab harakat qildi.
Bu yoʻlda koʻpgina muvaffaqiyatlarga erishildi, mavjud qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda. Sotsialistik industriyamiz olgʻa tomon dadlil bormoqda. Yuzlab yangi katta korxonalar ishga tushirildi. Qoʻriqdagi hamda boshqa bir qancha qishloq xoʻjalik rayonlaridagi mehnatkashlar, shuningdek paxtakorlar yaxshi natijalarga erishdilar.
Kosmik fazoni oʻzlashtirishda, fan, madaniyatni rivojlantirishda ajoyib yutuqlar qoʻlga kiritildi. $$Sovet kishilari$$ning farovonligi yuksalmoqda – ularning real daromadlari oshmoqda, mehnatkshkarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash vazifasi izchillik bilan hal etilmoqda. Sovet Ittifoqidagi barcha qardosh respublikalarning mehnatkashlari $$KPSS XXV siyezdi$$ qarorlarini amalga oshirishga salmoqli hissa qoʻshmoqdalar.
Zavodlar va shaxtalarda, dalalar va transport va qurilishlarda, xizmat koʻrsatish sohasida, sogʻliqni saqlash va maorif, fan va madaniyat sohasida kuch va qobiliyatlarini ayamay mehnat qilayotgan hamma kishilarga sidqidildan Rahmat deymiz.
1979 yil xalqaro bolalar yili boʻldi. Mamalakatimizda bolalar yili minglab ezgu ishlar bilan nishonlandi: yangi bolalar bogʻchalari va yaslilar, maktablar va kasalxonalar qurildi; bolalar teatrlari, pioneer saroylari, yosh texniklar stansiyalarai, stadionlar va suzish basseynlari mehmondoʻstlik bilan ochib qoʻyildi. [Lennin]ing “Hamma eng yaxshi narsalar – bolalarga” degan vasiyati sovet jamiyatining hayot qonuni boʻlib qoldi. Yosh avlod mehnatsevar va ma’lumotli, sofdil va mard baxtiyor va sogʻlom boʻlib oʻsaversin.
Aziz oʻrtoqlar! Bizning mamlakatimiz 1979 yilda tinchlik va xalqaro hamkorlik uchun bundan buyongi kurash programmasini izchillik bilan amalga oshira bordi. Strategik hujum qurollarini cheklash togʻrisida $$SSSR$$ bilan $$AQSH$$ oʻrtasida shrtnoma imzolanganligi muhim voqea boʻldi. Shartnomaing ratifikatsiya qilinishi va roʻyobga chiqarilishi raketa-yadro quroli aslaxaxonalari koʻpaytirilishini toʻxtatish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
[Leonid Ilich Brejnev] bayon etgan yangi tinchlik tashabbuslari – $$Yevropa$$da harbiy keskinlikni yumshatish ishigam xatarli hatbiy qarama-qarshilikni kamatirishga yordam berishga intilayotganligimizni koʻrsatuvchi yorqin dalildir. Bundan barcha xalqlar astoyidil manfaatdor ekanliklariga biz qat’iy aminmiz. $$Gʻarbiy Yevropa$$da $$Amerika$$ning yangi raketa-yadro qurolini joylashtirish xususida Nato qabul qabul qilgan qarorlarning xavfli eknaligini hamma joyda tobora koʻproq anglamoqdalar. Xalqlar ommasi aql-idrok ovoziga quloq solinsin, qurollanish poygasi toʻxtatilsin, deb hukumatlardan tobora kuchliroq talab qilmoqda. Sovet Ittifoqi oʻz xafsizligi toʻgʻrisida tegishincha gʻamxoʻrlik qilib oʻz doʻstlari va ittifoqchilari bilan birgalikda ulugʻ tinchlik ishining tantanasi yoʻlida bundan buyon ham oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma ishlarni qilaveradi.
Shu yangi yil kechasi biz sotsializ mamlakatlaridagi ogʻaynilarimiz va opa-singillarimizga samimiy tabriklarimizni yoʻllaymiz. Biz rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqlariga yangi hayot qurishda muvaffaqiyatlarga erishuvlarini sidqidildan tilaymiz. Kapitalistik davlatlarning oʻz huquqlari uchun kurashayotgan mehnatkashlarigam xolis niyatli kishilarga, tinchlik, demokratiya va sotsial taraqqiyot uchun kurashayotgan barcha kishilarga oʻzimizning birdamligimizni va madadkor ekanligimizni izhor etamiz.
Aziz oʻrtoqlar! Mamlakatimiz ittifoqdosh va avtonom respublikalarning Oliy Sovetlariga, xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga oʻtkaziladigan saylovga hozirlik koʻrmoqda. Bu saylov, shubxasis chinakam xalq xokimiyatining, sovet xalqi mustahkam gʻoyaviy-siyosiy birligining, uning jonajon partiya tevaragiga jipslashganligining yangi yaqqol dalili boʻladi.
[V.I. Lenin] tugʻilgan kunining 110 yilligi munosib kutib olish uchun sotsialistik musobaqa tobora keng avj olmoqda. KPSS Markaziy Komiteti noyabr Plenumining qarorlaridan ruhlangan sovet kishilari yangi yilning har bir kunini lenincha zarbdor ish kuniga aylantirishga azmu qaror berganlar. Binobarin mehnat unumdorligini, ish samaradorligi va sifatini toʻxtovsiz oshirish, tejamkorlikni kuchaytirish, uyushqoqlik va intiozomni mustahkamlash toʻgʻrisida har bir kishining gʻamxoʻrlik qilishi bosh vazifadir.
Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar! $$Sovet ittifoqi Komunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$ va $$SSSR Ministrlar Soveti$$ ishchilarni, kolxozchilarni, ziyolillarni, shonli sovet xotin-qizlarini, yoshlarni, revolutsiya, urush va mehnat veteranlarini, sovet xalqining tinch mehnatini qoʻriqlayotgan armiya va flotning shavkatli jangchilarini yangi yil bilan astoydil tabriklaydilar. Hozir mehnat vaxtasida, jangovar postda turgan, jonajon yurtimizdan olisda ishlayotgan hamma kishilarga Yangi yil qutlovlarini yoʻllaymiz.
Aziz oʻrtoqlar, hammangizga sihat-salomatlik, mehnatda, oʻqishda, ijodiy ishlarda yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin, hamisha baxt saodat sizlarga yor boʻlsin, doʻstlar!

Total words

600

Unique words

443

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

11

TTR

0.738

Hapax

372

Distribution

Top frequency chart

Dataset