🔍

Article

INQILOBIY AFG‘ONISTON

By Yuriy Verchenko SSSR Yozuvchilar soyuzi … • in 1979

Shu yilning 14 mart kuni $$Qobul$$da demokratik $$Afg‘onistonning Madaniyat va informatsiya ministrligi$$da $$SSSR$$ va $$Afg‘oniston$$ yozuvchilarining bundan buyongi ijodiy hamkorliklarini yaxshilash maqsadida shartnoma imzolaydi.
Atrofi baland Hindikush tog‘larining qorli cho‘qqilari bilan o‘ralgan, bahavo, sershovqin $$Qobul$$ ko‘chalari g‘oyatda serfayz. $$Navbahor$$ning sarin ellari qanot qoqmoqda. Navro‘z – yangi yil bayrami hamma yoqda hokim, Qobul dengiz sathidan 1800 metr balang bo‘lishiga qaramay inson o‘zini yaxshi sezadi. Ulkan binolar, qadimiy qasrlar, muassasalar tepasida inqilobiy shiorlar yozilgan qizil alvonlar, bayroqlar hilpirab turibdi. $$Afg‘oniston$$ qaytadan yashargan, yangidan tuzilgan Demokratik Xalq Respublikasidagi inqilobiy ruh kishilar qalbiga hayajon solmoqda. Furajkasida qizil rangli gerb jilva qilib turgan soldatu yosh ofitserlar, boshida qo‘ng‘ir lungi, potu – issiq matoga o‘ralgan dehqonlar, qora ko‘l qalpoqli ziyoli-yu departament hodimlari, do‘kondorlar talaba- studentlar… yangi $$Afg‘oniston$$ ishi uchun kamarbasta, ishtiyoqu sevinch bilan mehnat qilmoqdalar. Hamma yerda Xalq demokratik partiyasining bosh sekretari, afg‘onlar “bo‘zo‘rgi Rahbari mo” deb hurmat bilan ataydigan [Nurmuhammad Taraki]ning portretlati. Hozirgi Afg‘oniston shaharlaridagi qizg‘in hayot bizning ellik yil ilgarigi inqilobiy kunlarimizga ancah o‘xshab ketadi. “Inqilob”, “o‘rtoq”, “tenglik”, “betqabalik”, “yer islohoti”, iboralari savodsizlikni bitirish, xotin-qizlarga ozodlik, chodra-yu qalinni yo‘qotish shiorlari tez-tez aytilib turadi. “Janob”, “oliy hazrat”, “zamindor”, degan so‘zlar istemoldan chiqqan. Ko‘p muassasalarda [Leonid Ilich Brejnev] bilan [Nurmuhammad Taraka]ning Moskvada, ikki mamlakat rahbarlarining do‘stona uchrashuvida tushgan fotosuratlari bor. G‘azna shahri gubernatori, sobiq yosh o‘qituvchi [Abdulahad Volusiy] o‘zining ko‘rkam kabinetiga [L.I. Brejnev] bilan [N.M. Taraki] fotosuratlarini ramkaga solib qo‘yibdi. Aprel inqilobida ishtirok etgan bu ko‘rkam yigitga gubernatorlik posti ishonib topshirilgan. $$Demokratik Afg‘oniston$$ yoshlar soyuzi Markaziy Komitetining birinchi sekretari [Bobrak Shanvariy] kabinetida, komitet zallarida [V.I. Lenin] portretlari nur sochib turibdi. $$Afg‘oniston yoshlari$$ yoshlari [Vladimir Ilich Lenin] asarlarini qunt bilan o‘qib o‘rganishayotganini u suhbatda hayajon bilan aytdi. “Po‘lat qanay toblandi” asari yangi Afg‘oniston yoshlarining sevikli kitobi bo‘lib qolmoqda, - dedi yana o‘rtoq [Bobrak Shanvariy].
Inqilobi savur, ya’ni aprel revolutsiyasini saqlab qolish, yangi demokratik $$Afg‘oniston$$ g‘alabasini mustahkamlash maqsadida Respublika qurolli kuchlari doimo sergak va shay turibdi. Afg‘oniston xalqi qo‘lga kiritgan o‘zining baxtu ozodligini hech qachon qo‘ldan bermaydi! ASrlar davomida feodallar, chet el bosqinchilari zulmi ostida ezilgan, jafokash afg‘onlar Xalq demokratik partiyasi rahnamoligida g‘alabaga erishmoqda.
Hijriy hisobida 1357 yilning 7 savuri (melodiy bo‘yicha 1978 yil 27 aprel) xalq inqilobining g‘alaba kunidir. $$Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi$$ o‘zining 13 yillik faoliyati davrida ilmiy sotsializm g‘oyalarini omma orasida yoqib, tezda mustahkam quvvatga ega bo‘ldi. Keyinchalik bu g‘oyalar real kuchga aylandi.
$$Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi$$ning Bosh sekretari [Nurmuhammad Taraki\ Moskvada [L.I. Brejnev] bilan uchrashganida bunday dedi:
“Xalqning kurashi zoye ketmadi. Ishchilar sinfini ilmiy va inqilobiy g‘oyalar bilan qurollantirgan va 1965 yil yanvarda Kobulda o‘zining birinchi siyezdini o‘tkazgan mamlakat ishchilar sinfining avangardi – $$Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi$$ning tuzilishi bu kurashning mantiqiy natijasi bo‘ldi”.
Afg‘on xalqi ingliz bosqinchilariga qarshi uch bor kurashib, o‘z Vatanlarini qahramonona himoya qilganlar. 1848 yili Jaloloboddan nari, Xaybar dovonida ingliz bosqinchilarini misli ko‘rilmagan darajada tor-mor keltirganlar, Afg‘oniston hozir yangi davrga ko‘chdi – $$Mozori Sharif$$, $$Shibirg‘on$$, $$Qunduz, Hirot, Maymana va boshqa viloyatlar$$da paxtadan mo‘l hosil olishmoqda. Afg‘onlar paxtaga sifat berib, uni “spinzar”, ya’ni “oq oltin” deb ataydi. Hindikush tog‘lari etaklarida chorva mollari o‘tlamoqda. $$Murg‘ob daryosi rayonlari$$da, $$Kobulu Hirotu G‘azna, Qandahor viloyatlari$$da, juda ko‘p boshqa viloyatlatrda dehqonchilik ishlari avj olib ketgan. Sanoat markazlarida uy-joy yo‘l qurilishi zavodu irrigatsiya va melioratsiya ishlarida sovet mutaxasislari beg‘araz va og‘alarcha yordam bermoqdalar. Jalolobod va $$Qunduz dashtlari$$da minglab-minglab gektar yangi yerlar ochilmoqda. [L.I. Brejnevning] “Qo‘riq” asari yangi $$Afg‘oniston cho‘lquvurlari$$ Ishida katta ibrat namunalari bo‘lishini xalq aytmoqda. [Nurmuhammad Tarak]ining “Bangi musofiriy” degan badiiy inqilobiy asari ham xalq Ichida juda mashur. Bu asarda muallif feodal despotizmga qarshi kurashchi Bang obrazini yaratgan.
[Bobrak Shanvariy] [Maksim Gorkiy]ning “Danko” hikoyasini o‘qiganini aytib, bu asarga juda katta baho berdi.
1979 yil 11-15 mart kunlari $$Qobul$$da yosh yozuvchilar, matbuot va radio televideniya, maorif va ideologiya xodimlarining Respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Bu katta anjumanning ochilishida Respublika Bosh ministry [Hafizullo Amin] katta nutq so‘zladi. Uni afg‘onlar “qahramoni xalqi mi” deb atar ekan. U aprel revolyutsiyasi g‘alaba qilinganidan keyin afg’on xalqi markizm-leninizm nazariyasi asosida [Nurmuhammad Tarakiy] yo‘lboshchiligida yangi demokratik jamiyat qurayotganini, matbuot va ziyolilar bu ulug‘ ishda xalqqa yaqindan yordam berayotganliklarini aytdi. Seminar Ishida SSSR yozuvchilar soyuzi vakillari ham ishtirok etdilar. 14 mart kuni $$Demokratik Afg’oniston Madaniyat va informatsiya ministrligi$$da $$SSSR va Afg’oniston yozuvchilari$$ning bundan buyongi ijodiy hamkorliklarini yaxshilash maqsadida Shartnoma imzlolandi. Sovet av afg’on Qalam sohiblarining hamkorligini yanad yaxshilash niyatida madaniyat ministrining muovini [Abdulqayum Nurzay] yurak so‘zlarini aytdi. Ministr [Babrak Shafeiy] ham bu hamkorlikka yuqori baho berdi.
Qobulda bo‘lgan muloqotlarda demokratik Afg’oniston maorif ministry [Jaliliy], $$Afg‘oniston Fanlar akademiyasi$$ning prezidenti doctor [Gulmuhammad Nurzay], $$Kobul universiteti$$da bo‘lgan qizg‘in suhbatlarda professorlardan [Tajay], [Majruh], [Tashna]lar Respublika kundan-kunga yashnab borayotganini, ulug‘ $$[Lenin] Vatani$$ – $$SSSR$$ning beg‘araz ko‘magini, buyuk qo‘shni davlatning ilg‘or tajribalariga suyanishayotganini qayd etishdi. Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi chiqargan Dekretning 7-moddasida xotin-qizlar huquqi yozilgan. Qalim va huquqsizlik masalasini hal etish asosiy problemalardan biri, - dedi suhbatda doctor [G. Nurzay]. $$Qobul universiteti$$da rus tilini o‘rganish bo‘limi tashkil etilgani, rus tilini o’rganishga qiziqish zo‘r ekanligini professorlar ta’kidlashdi. $$Afg‘oniston$$da asosan pushtu va dari tili keng tarqalgan. Respublikada boshqa xalqlar bilan birga o‘zbek va turkman xalqlari ham yashaydi. Hozir o‘zbek tilida “Yulduz” gazetasi, jurnal chiqmoqda. Radio va televedeniyada bu tillarda soatlik eshittirish ham berilayotir.
$$Jalolobod viloyati$$da sovet mutaxasislari barpo etgan bog‘larda [A.N. Kosigin]
va [Yu. A. Gagarin] ekkan daraxtlar kamolga yetib, yashnab turganini ko‘rib zavqlandik.
Demokratik Xalq oartiyasi va hukumat qadimiy afg‘on madaniyati va tarixiy yodgorliklarini asrash, o‘rganish va avlod uchun saqlashda ham ancha-muncha ishlar qilmoqda.
$$Jalolobod$$dagi $$Xadda yodgorlik$$dagi ma’budalar, $$G‘azna shahri$$ yaqinidagi “Teppai Sardor” ma’budasi afg‘on xalqi tarixi juda qadimiy ekanidan darak berib turibdi. $$G‘azna shahri$$da $$[Sulton Mahmud G‘aznaviy], [Abu Rayhon Beruniy], [Hakim Sanoiy] maqbaralari$$, $$Hirot$$da klassigimiz Mir [Alisher Navoiy], [Abdurahmon Jomiy], [Mirzaxon Ansoriy], [Xushxolxon Xattak], $$Qobul$$da $$[Bobur Mirzo] maqbaralari$$ xalq ziyoratgohiga aylangan. $$[Bobir Mirzo] maqbarasi$$ yonida o‘sha vaqtda ekilgan salkam besh yuzyillik ikki ulkan chinor falakka bo‘y cho‘zib turibdi. Qobul muzeyida qadimgi Kushon imperiyasiga aloqador nodir eksponatlar saqlanmoqda. Xuroson, keyinchalik temuriylar saltanatiga doir yodgorliklar saltanatiga doir o‘rganilmoqda. Xuroson keyinchalik temuriylar saltanatiga doir yodgorliklar o’rganilmoqda. G‘aznalik harbiy [Muhammad Shafiy Oyendmand] o‘z yurtini sevishi, odamshavandaligi va SSSRga bo‘lgan e’tiqodu muhabbati bilan bizda katta ta’surot qoldirdi. Bu qorachadan kelgan, chaqmoq mo‘ylabli, mayor [Savur] inqilobining ishtirokchisi, vatanparvar kishi ekanligi sezilib turibdi. U ota-bobosidan qolgan olti gektar yerini kambag‘allarga bo‘lib berib yangi Afg‘oniston qurilishida, uning xafsizligini ta’minlashda aktiv qatnashmoqda.
-Savodsizlikni bitirish hozirgi kunda asosiy masalalardan biri, - dedi G‘aznada mayor o‘rtoq Poyendmand, - biz demokratik Afg‘oniston ekonomikasini ko‘tarish, xalq farovonligini yaxshilash bilan birga savodsizlaikka qarshi ham kurash boshlaganmiz. Xalq demokratik partiyamiz juda katta tadbirlar ko‘rmoqda.
-Inqilob tufayli bir yo‘la zamindoru feodallar qarzidan qutilgan bechora chorakor dehqonlar hozir o‘zi uchun mehnat qilmoqda. U ishdan keyin savodini chiqarish uchun o‘qimoqda. Lekin jaholat, ba’zi reaksion uyushmalar bizning olib borayotgan muqaddas ishimizga halaqit bermoqda, - dedi yana subatdoshimiz.

Total words

1,082

Unique words

754

Annotated anthroponyms

39

Toponyms

40

TTR

0.697

Hapax

603

Distribution

Top frequency chart

Dataset