🔍

Article

O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi ijroiya komitetining Majlisi

By TASS • in 1979

$$Moskva$$da O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi Ijroiya komitetining 89-majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi sessiyasi XXXII majlisi qarorlarining qanday amalga oshirilayotganligi ko‘rib chiqildi. Xalq istemol qiladigan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport aloqalarini rivojlantirish hamda shu tarmoqlarni zarur ,mashina va asbob uskunalar bilan ta’minlash borasida hamkorlik qilish yuzasidan uzoq muddatga mo‘ljallangan tarmoq programmlari ustidan ishlar belgilangan muddatlarga muvofiq olib borilmoqda.
$$SSSR territoriyasi$$da birgalikda kuch-g‘ayrat sarflab [Xmelniskiy] atom elektr stansiyasini berpo etishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bosh bitim hamda [Xmelniskiy] AESI (SSSR) bilan [Jeshuv] (PXR) o‘rtasida 750 kilovolt kuchlanishli elektr liniyasini va Jeshuv podstansiyasini qurish hamda foydalanishda hamkorlik qilish haqidagi bitim imzolandi.
$$Aigola Xalq Respublikasi qishloq xo‘jaligi$$ni rivojlantirishda unga ko‘mak berish to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabnati bilan Ijroiya komitet O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga a’zo bo‘lgan manfaatdor mamlakatlarning shu sohadagi hamkorlik programmasini ma’qulladi. Kampuchiya Xalq Respublikasiga moddiy yortdam berish va bu yo‘ldagi kelgusi harakatlarga oid masalalar muhokama qilindi.
Ijroiya Komitet $$Xitoy$$ning $$Vietnam Sotsialistik Respublikasi$$ga qarshi agressiyasi munosabati bilan O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar nimidane bayonet qabul qildi. Bayonotda ta’kidlanadiki, Xitoyning muayyan imperialistik doiralar rag‘batlantirish bilan boshlagan agressiv xatti-harakatlari xalqaro huquqni qo‘pol suratda oyoq osti qiladi, $$Janubiy Sharqiy Osiyo$$da va $$Janubiy sharqiy Osiyo$$da va butun dunyoda tinchlik hamda barqarorlik ishga jiddiy xafv soaldi. Xitoy qo‘shnilari Vietnam tuprog‘idan tarixan tarkib topgan chegara naryog‘iga batamom olib chiqlishi kerak. Har ikkala davlat ana shu chegarani hurmat qilish to‘g‘risida kelishib olgan. Pekin hukmron doiralarining $$Laos Xalq Demokratik Respublikasi$$ bilan $$Kampuchiya xalq respublikasi$$ga qarshi ig‘vogarona ekspansiyachilik xurujlari to‘xtatilishi shart!
BXR, VXR, GDR, $$Kuba Respublikasi$$, MXR, PXR, SSSR va CHSSR qardosh $$Vietnam$$ halqiga shoshilinch yordam berish tadbirlarini ko‘rib, bundan buyon ham Vietnam xalqining haqqoniy ishiga, agressiyaga qarshi, o‘z Vatanining ozodligi uchun, mustaqillikka hamda sotsializm yo‘lidan tinch rivojlanishga bo‘lgan dahlsiz huquqini amalga oshirish uchun olib borayotgan mardona kurashiga har tomonlama ko‘maklashishga astoydil ahd qilganliklarini bildirdilar!

Total words

295

Unique words

221

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

11

TTR

0.749

Hapax

183

Distribution

Top frequency chart

Dataset