🔍

Article

Bugun Geologlar kuni Yer tilsimini ochib

By G‘. Abdurahmonov, O‘zbekiston SSR gelogiya … • in 1979

Bugun jonajon respublikamizning ko‘p ming kishilik geologiya razvedkachilari o‘zlarining an’anaviy bayramlarini nishonlamoqdalar. Dunyoda kasblar juda ko‘p. Ularning xar biri o‘zicha qiziqarli va faxrli. Xar biri fanning yoki ishlab chiqarishning biron-bir tarmog‘i bilan uzviy bog‘langan. Geologiya esa qariyb barcha fanlarni o‘ziga jamlagan bo‘lib, ishlab chiqarishning ko‘pgina tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Geologlik kasbi romantika va fidokorona mexnat, qaxramonlik va ijodkorlik, ilmiy tafakkur va texnika taraqqiyoti timsolidir.
$$O‘zbekiston$$ xazinatoparlari an’anaviy Geologlar kunini yangi kashfiyotlar va yuksak ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish bilan kutib oldilar. Respublika Geologiya ministrligiga qarashli barcha birlashmalar, institutlar, geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari otryadlari, parmalash va konqazish brigadalari 1978 yil topshiriqlari xamda zimmalariga olgan yuksak sotsialistik majburiyatlarini Sharaf bilan bajardilar.
$$Qizilqum ekspeditsiya$$ning [T. Zaynulov] boshliq parmalovchilar brigadasi a’zolari o‘tgan yili 30 oktayabrdayoq besh yillik planini ado etgan xaqida g‘alaba raportiga imzo chekdilar. 14ta parmalash va kon qazish brigadalari to‘rt yillik topshiriqni bajardilar. SSSR Konstitutsiyasi bir yilligigacha uch yilik planni ado etdi. Shu bayram kunida biz “O‘zbekneftegazgeologiya” birlashmasining [M.Sharipov], [A.Tilavov], [E.Xikmatov], [P.Shamsiev], [A.Tursunov], “Samarqandgeologiya,, birlashmasining [Sh. Asqarov], [V. Popov], [L. Kozlov], [A. Neeterenko], [U.Xoliqulov], [N.Parshin] “O‘zbekgidrogeologiya” birlashmasining [F.Biyazov], [V Charvakov], [V. Chiganov], [A. Shevyakov] o‘rtoqlar yetakchilik qilayotgan brigadalari kollektivlarini faxr bilan tilga olamiz.
O‘tgan yili Zarmiton ekspiditsiyasining [N. Redkin] boshliq kon qazuvchliar brigadasi kolektivi SSSR Konstitutsiyasi kuni sharafiga zarbdor mexnat vaxtasida turib ishladi. Brigada a’zolari bir oyda o‘rtacha 575 metr tezlikda, 1150 metr uzunlikda kon qazib, geologiya sistemasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdilar. Ularning tashabuskorligi va vatanparvarlik xarakatiga tarmoqdagi o‘nlab parmalash va kon qazish brigadalari qo‘shildilar.
Partiya va xukumatimiz geologlarning og‘ir, ammo sharafli mexnatini yuqori baxolab kelmoqda.; 1978 yil topshiriqlari va sotsiyalistik majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajargani uchun Mexnatg Qizil Bayroq ordenli “Samarqandgeologiya,, birlashmasi kolektivi $$KPSS Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Ministirlar Soveti$$, $$VTSSPS va VLKSM Markaziy Komiteti$$ning ko‘chma qizil bayrog‘ini olishga sazovor bo‘ldi. $$“O‘zbekgidrogeologiya” birlashmasi$$, neft va gaz konlari geologiyasi xamda razvedkasi instituti, “Ximgeolnerud,, ekspeditsiyasi, Qizilqum geologiya-razvetka ekspitidsiyasiga $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$, $$Respublika Ministrlar Soveti$$, $$O‘zsofprof va O‘zbekiston komsomoli Markaziy Komiteti$$ning ko‘chma Qizil bayraoqlari tantanali suratda topshirildi. Yaqinda o‘tkazilgan SSSR oliy Sovetiga saylovlarda Xisoroldi ekspiditsiyasining ilg‘or parmalash masteri [Amirqul Tilavov] mamlakatimiz oliy xokimyati organinga deputatlikka saylandi.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$ning $$“SSSR xalq xo‘jaligi$$ni rivojlantirish birinchi besh yiligi tog‘risida”gi qarori ona yer xazinlarini tinimsiz izlayotgan ming-minglab kishilarining yuksak mexnat ko‘tarinkiligi va g’ayrat-shijoatini jo‘sh urdirib yubordi. Ular geologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish, mexnat unimdorligini kotarish uchun sotsialistik musobaqani tobora avj oldirmoqdalar. Fan bilan ishlab chiqarishning aloqasi yanada mustaxkamlanayotgani xam quvonchlidir. Bu esa foydali qazilmalarni qidirib topish natijalarini avvalgi besh yildagiga nisbatan ancha yaxshilashga yordam beryapti. Masalan, keying yillarda $$“O‘zbekneftgazgeologiya” birlashmasi$$ singari ixtisoslashtirilgan kollektivlar vujudga keltirildi. G‘oyatda umid baxsh rayon bo‘lgan Qizilqum saxrosi yaxlit kompleks planga muvofiq geologik jixatdan o‘rganildi. $$O‘rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo ilmiy-tadqiqot instituti$$ bilan neft va gaz konlari geologiyasi xamda razvetkasi instituti kabi ilmiy muassasalarining faoliyati ishlab chiqarishga yaqintashtirildi. Geologiyaga matematik metodlarini va kuchli xisoblash texnikasini o’zlashtirish mexnat unumdorligini oshirishga imkon berdi. Tarmoqni boshqarishning avtomat sitemasi muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.
Yer bag‘ridan qazib olinayotgan boyliklarning xammasi jamiyat iste’mol qilayotgan tabiiy resurslarining kamida beshdan to‘rt qismiga to‘g‘ri keladi. Geologlarning xazina izlash va kashf etish yo‘lidagi mashaqatli mexnatini, qo‘layotgan xar bir qadamini xalqimiz sinchklovlik bilan kuzatib borayotganing boisi xam shu.Ma’lumki, KPSS XXV siyezdi Sovet Ittifoqi geologlari oldiga foydali qazilma zapaslarini ko‘paytirish soxasida ulkan vasifalar qoygan.
Bunda gap qidirib aniqlagan xom ashyo miqdorini shunchaki ko‘paytirish ustida borayotgani yo‘q. G‘oyat tejamli va yuksak sifatli resurslar salmog‘ini oshirish eng muxim problemalardan biridir. Buning ma’nosi shuki, biz avvalo ishlab turgan korxonalar yaqinida yangi konlarni aniqlashimiz lozim, Binobarin, neft va gaz, polimetallar ximiyaviy o‘g‘itlar, binokorlik materiallari ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyoning yangi konlarini qizdirishni kengaytirishimiz darkor.
$$Qashqadaryo voxasi$$da $$Sho‘rtan$$, $$Chandir$$, $$Olan va Pirnazr kabi gaz va neft konlari$$ topildi. Respublika janubining xisor tog‘i etaklarida qo‘rg‘oshin-rux va mis rudalari konini razvetka qilishni tugaladik. Bu kon kelgusida yangi metallurgiya kompleksini barpo etish uchun negiz bo‘lib qoladi.
Muvaffiqiyatlarni mustaxkamlash va ko‘paytirishga intilish $$O‘zbekiston$$ xazina toparlarining jangovar shiori. Biz plavik shpat zapaslarini ko‘paytirish yillik planini ancha barvaqt, $$SSSR Konstitutsiyasi$$ kuni 7-oktyabrgacha bajarish, yil oxirigacha plandan tashqari bir necha ming tonna ruda olishga so’z berganmiz. Gaz zapaslarini ko‘paytirish yuzasida belgilangan plani Ulug‘ Oktyabr 62 yilligi kunigacha ado etish, gaz va neftining yana bitta yangi konini ochish, ikkita neft va gaz konini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga topshirish majburiyatimizga yozilgan. Oldimizda turgan bu va shu kabi muxim vazifalarni xal etish uchun tashabbuskorlik va chinakam ijodkorlik bilan mexnat qilmoq lozim.
Respublika geologlari kelajak marralarni belgilar ekanlar, ayni vaqtda foydalailmay yotgan rezervlarni ishga tushirish, mavjud kamchilikva nuqsonlarni tugatish soxasida xali anchagina ter to‘kish zarurligini yaxshi biladilar. Shubxa yo‘qki, $$O‘zbekiston Geologiya ministirligi$$ kollektivlari o‘zlarining fidokorana mexnatlari bilan $$Sovet Vatani$$ ravnaqiga munosib xissa qo‘shaveradilar.

Total words

758

Unique words

537

Annotated anthroponyms

18

Toponyms

21

TTR

0.708

Hapax

432

Distribution

Top frequency chart

Dataset