🔍

Article

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARDAN KEYINGI O‘YLAR

By Nazira MATYAQUBOVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i … • in 2025

Bugungi saylovchi kim? Odatda saylovchi deganda, eng avvalo saylov kampaniyasi davrida ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi, ya’ni byulletenга yashirin ravishda ovoz beruvchi shaxs tushuniladi. Nazariy jihatdan bu juda to‘g‘ri, albatta.

Ko‘pchiligimiz bilamizki, uzoq yillar davomida hayotda ham faqat shunday bo‘lib kelgan. Ya’ni, saylovchi saylov kunigina ko‘rinish berib, o‘zi yoki butun oilasi nomidan ovoz beradi, kimga, nima uchun ovoz bergani haqida bosh ham qotirmaydi. Keyin hayoti davomida qancha-qancha muammolarga duch kelsa-da, deputatga murojaat qilish xayoliga ham kelmaydi. Boshqacha aytganda, deputat ham, saylovchi ham bir-biriga ko‘rinish bermaydi.

Bu holat bugun deyarli o‘tmishga aylandi. Deyarli deyayotganimizning boisi hozir ham shunday odamlar topiladi. Ammo ular juda kam. Saylovchilarning ko‘pchiligi esa saylov jarayoniga ham, kim saylanganga ham, hatto o‘zi saylagan deputatning faoliyatiga ham befarq emas.

SAYLOVCHILARIMIZ NIMADAN BEZOVTA, NIMADAN XURSAND
Bugungi saylovchilar orasida deputatning hali nomzodlik davrida bergan va’dalarini eslab qoladigan, deputat bilan uchrashuv bo‘lar ekan, degan xabarni eshitsa, qayerda bo‘lsa ham topib boradigan, muammolarni shartta-shartta aytadigan, toki shu muammolar yechimini topmaguncha deputatni tinch qo‘ymaydiganlari ancha. Ular nimani istaydi? Ular albatta, eng avvalo islohotlar, davlat rahbari belgilab bergan vazifalar mutasaddilar tomonidan to‘laqonli bajarilishini istaydi. Shu uchun bezovta bo‘ladi.

Bugungi fuqaro bir zamonlardagiday bitta maktabning qurilishi bir necha yillab cho‘zilishini oddiy hol deb hisoblamaydi. Chunki, vazifa aniq, ijro ham o‘z vaqtida bo‘lishi lozim. Davlat rahbari o‘tkazayotgan yig‘ilishlarni kuzatib borayotgan, farmon va qarorlardan xabardor saylovchi buni biladi. Talon-torojlik, korrupsiya holatlari bo‘lishini istamaydi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi va deputatlar nazorat qilishi kerakligini tushungani uchun ham deputatga yuzlanadi.

Biroq bugungi saylovchilar faqat muammolarni ko‘radigan, har ishdan kamchilik izlaydigan, kundalik maishiy masalalar girdobida qolib, jamiyatdagi o‘zgarishlardan bexabar shaxslar ham emas. Bo‘lsa ham bundaylar juda kamchilikni tashkil etadi. Aksincha, ular mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlarni tan oladi, e’tirof etadi. Yurtimizdagi islohotlar haqida so‘z yuritilganida ko‘zlari yonib, ma’qullab tinglaydi.

Bunday holatni men ayniqsa Qoraqalpog‘istonda kuzataman. Xohlaging tumaniga borsangiz, $$Mo‘ynoq tumani$$ mi yo $$Bo‘zatov, Taxtako‘pir yoki Chimboy tumani$$ — barchasida odamlarning ko‘zida o‘zining hayotidan rozi ekanini ko‘rasiz. Islohotlar, Prezidentimiz tomonidan aynan Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi o‘z natijasini yaqqol ko‘rsatib turganidan keyin boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.

Qisqa muddatda bu yerda amalga oshirilgan asrga tatigulik ishlar, ishga tushirilgan yirik loyihalar, ularda qancha-qancha odamlarning ishli bo‘lib, oilasi, farzandlarining kelajagi uchun daromad topayotgani, har yili 10 ming nafar yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilinayotgani, obod bo‘lgan mahallalar, ovullar va ko‘chalar — bularning barchasi odamlar kayfiyatiga faqat ijobiy ta’sir qiladi, albatta. Umuman, Qoraqalpog‘istondagi o‘zgarishlar haqida kitoblar yozish mumkin.

YURTIMIZDA DUNYO JAM BO‘LGANIDA...
Bugun dunyodan bexabar odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Yurtimizdagi voqea-hodisalar haqida to‘gu-adrimizdagi ham, cho‘lu-sahromizdagi ham markazda yashayotganlar bilan bir vaqtda xabar topadi. Qolaversa, fuqarolarimizning nafaqat mamlakatdagi islohotlar, balki dunyoning olis va yaqin mamlakatlari, ayniqsa qo‘shni davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalariga ham qiziqishi katta.

Shu boisdan-da O‘zbekistonda dunyo jam bo‘lgani nafaqat Samarqand yoki Toshkent, balki eng olis ovul va qishloqlarimizda faxr-iftixor bilan aks-sado berdi.

Biz saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgan kunlar atrofida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hayoti juda katta tarixiy voqealarga boy bo‘ldi: Xo‘jand sammiti, Samarqand shahrida o‘tkazilgan $$"Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi"$$ birinchi sammiti, Xalqaro iqlim forumi, Nukusda birinchi $$Orol madaniyat sammiti$$, $$Parlamentlararo ittifoq$$ning 150-Assambleyasi.

Odamlar orasida yurib shunga guvoh bo‘ldikki, bu tadbirlarni nafaqat siyosatchilar, parlament a’zolari, deputatlar, balki keng jamoatchilik — olis mahalla va ovullarda yashayotgan fuqarolar, o‘qituvchi va tibbiyot xodimi, fermer va dehqon, mahallalar faollari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar diqqat bilan kuzatdi.

Kimdir $$Xo‘jand sammiti$$da Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegara bilan bog‘liq asriy masala to‘la-to‘kis hal etilganidan xursand bo‘lsa, kimdir $$"Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi"$$ birinchi sammiti yakunlari bo‘yicha $$Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi$$ o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilinganini aytadi.

$$Samarqand xalqaro iqlim forumi$$ va uning doirasida Nukusda ilk bor o‘tkazilgan $$Orol madaniyat sammiti$$ esa butun qoraqalpog‘istonliklarning ko‘nglini tog‘day ko‘tardi. Zero, mazkur sammit san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali muloqot va harakatni rivojlantirishga qaratildi. $$Orol madaniyat sammiti$$ $$Orol dengizi$$ inqirozi va global iqlim muammolarini hal qilishning barqaror yechimlarini o‘rganish va amalga oshirish maqsadida yetakchi madaniyat arboblari, siyosatchilar, rassomlar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ekspertlarni birlashtirdi.

DEPUTATLIK FAOLIYaTI SAYLOV OKRUGIDAN BOSHLANADI
Ota uyga nega talpinamiz? O‘zimiz tug‘ilib o‘sgan ko‘cha, mahalla, qishloq yoki ovulga mehrimiz bo‘lakcha. Chunki, unda tug‘ildik, kamolga keldik, o‘sib-ulg‘aydik, boshqacha aytganda, inson degan maqomga ega bo‘ldik. Shuni oqlagimiz keladi.

Xuddi shunday, saylov okrugi deb ataluvchi hudud va saylovchi deb ataluvchi odamlar esa bizga ishonch bildirib, deputat degan maqomni berdi. Buni ham oqlashimiz kerak. Saylov okrugimizga ham talpinishimiz, mehr berishimiz, nafaqat faoliyatimiz, balki o‘y-xayolimizda ularning manfaatiga daxldor masalalar doim turishi lozim.

"Mehr ko‘zda", deydi xalqimiz. Biz $$mahalliy Kengashlar deputatlari$$ saylangan okrugimiz hududida saylovchilar bilan uchrashuvlar va yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazar ekanmiz, ularning har birini yanada yaqinroq taniymiz, muammolarini o‘rganamiz hamda yechimini kutayotgan masalalarni aniqlab, hal etish bo‘yicha mas’ul ijro organlariga takliflar kiritamiz.

Barchamiz bilamizki, so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, aholining ijtimoiy himoyasiga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi. Ularning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi. $$O‘zbekiston–2030 strategiyasi$$da ko‘rsatilgan vazifalar doirasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish maqsadi qo‘yildi.

Bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hayotga tatbiq etilishi va maqsadlarning samarali amalga oshirilishi eng avvalo mahalliy Kengash deputatlarining faolligiga bog‘liq. Deputatning faoliyati esa eng avvalo saylov okrugidan boshlanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mahalliy Kengash deputati uchun xalq deputatlari Kengashi, o‘zi a’zo bo‘lgan doimiy komissiya, deputatlik guruhi uning taklif, tashabbus va g‘oyalarini ko‘tarib chiqadigan minbar hisoblanadi. Saylov okrugi esa ana shu taklif va tashabbuslar yaratiladigan, shakllantiriladigan nuqtadir. Chunki bu nuqtada eng avvalo hayotiy maktab va katta tajriba bor.

SO‘ROV VA NATIJA
Qonunchiligimizga ko‘ra, deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so‘rovi yuborishga haqlidir.

Bu deputatlik faoliyatimizni to‘laqonli amalga oshirishdagi eng samarali institut bo‘lib kelmoqda. Ko‘p masalalar deputat so‘rovi orqali hal etilayotganini inobatga olsak, bunga yana bir bor iqror bo‘lamiz.

Bundan ikki yil muqaddam $$To‘rtko‘l tumani$$ Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ^^Asiya Nazarova^^ va mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi 7-sonli bog‘cha holatini o‘rgangan edik. 1961 yilda qurilgan mazkur bog‘cha mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgan, shunday bo‘lsa ham muassasada bolalar tarbiyalanayotgan edi.

Biz borganimizdan xabar topgan ota-onalar ham yig‘ilib, o‘z xavotirlarini bildirgan va yangi bog‘cha qurilishida yordam so‘rab murojaat qilishgan edi. Mazkur masala bo‘yicha $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri$$ga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘shanda qoniqarsiz javob olingan bo‘lsa-da, saylovchilar uchrashuvlarda ham, qo‘ng‘iroq qilib ham masalani qayta-qayta ko‘taraverishdi. Nihoyat ikki yildan buyon berilib kelinayotgan taklif inobatga olinib, $$To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi$$ tomonidan $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning 2024 yil 24 sentyabrdagi qaroriga asosan bog‘cha qurilishi investitsiya dasturiga kiritildi.

$$O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlari$$ni boshqarish agentligi qoshidagi davlat aktivlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi$$ning qarori, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining xulosasi va $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi$$ning 2025 yil 28 yanvardagi buyrug‘iga asosan yaroqsiz bino buzilib, 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish uchun joy tayyorlandi.

Yaqin kunlarda $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi$$ $$"Yagona buyurtmachi" injiniring kompaniyasi$$ tomonidan dasturga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tender o‘tkaziladi va g‘olib bo‘lgan qurilish tashkiloti tomonidan qurilish ishlari boshlanadi.

Shu yilning yanvar oyida $$To‘rtko‘l tumani$$ $$Navro‘z mahallasi$$ aholisi bilan uchrashuvimizda ham hudud aholisi bog‘cha yoshidagi bolalar soni o‘sib borayotganini, yangi bog‘chaga ehtiyoj va bo‘sh joy ham borligini aytib murojaat qilishgan edi. Mazkur masala bo‘yicha ham Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga so‘rov yuborilib, mazkur mahallada 120 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi 2026 yil davlat dasturiga kiritilishi bildirildi.

Albatta, saylovchilarning murojaatlari hal etilayotgani, fikrlari shu tarzda inobatga olinayotgani, tegishli davlat dasturlariga kiritilayotgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning, “inson qadri uchun” degan tamoyilning amaliy ifodasidir.

MUAMMOLAR YECHIMSIZ EMAS
Respublikada chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini isloh qilish doirasida hududlarni sanitariya tozalash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, maishiy chiqindilarni to‘plash va hududlardan olib chiqish sohasiga tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sohada jiddiy kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda, deyiladi $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muqaddimasida.

Ana shunday muammolardan biri $$To‘rtko‘l tumani$$ $$Yoshlar mahallasi$$dagi saylovchilarimiz bilan uchrashuvda ko‘tarildi. Fuqarolar chiqindilar $$“Toza hudud” klaster MCHJ$$ tomonidan o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, bir necha kunlab ko‘cha bo‘ylarida yig‘ilib qolishi natijasida atrof-muhit tozaligi va havosini buzayotganidan shikoyat qilishdi.

Shu kuni $$To‘rtko‘l tumani “Toza hudud” klaster MCHJ$$ rahbari [Mamatsoliy Masharipov] va mahalla raisi [Seyitmurat Meretov] bilan birgalikda bu holatlarni o‘rgandik. [Masharipov]ning ta’kidlashicha, bugungi kunda mavjud 28 ta maxsus texnikalarning 16 tasi ishlayapti, qolganlari nosoz holatda. Ishchi kuchi yetishmaydi.

Shuningdek, $$To‘rtko‘l va Ellikka’la tumanlari$$ aholisi umumiy qarzdorligi 2,5 milliard so‘m atrofida. Bundan tashqari, $$To‘rtko‘l tumani chiqindi poligoni$$ yopilgani sababli chiqindilarni deyarli 40 kilometr olisdagi poligonga tashlab kelish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf bo‘lmoqda.

Ammo iste’molchi haq. Biz ko‘chama-ko‘cha, mahallani aylanar ekanmiz, fuqarolarning e’tirozlari o‘rinli ekaniya guvoh bo‘ldik. Ikki kun davomida mavjud texnika va ishchi kuchidan foydalangan holda "Toza hudud" tomonidan mahallaning aksariyat ko‘chalari chiqindilardan tozalandi. To‘g‘ri, bu ish muammoni to‘liq hal qilmaydi. Yuqorida keltirilgan Prezidentimiz farmonining amaliyotga to‘liq tatbiq etilishi esa muammo yechimiga aniq yo‘l ochadi. Zero, unda aholining maishiy chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlardan to‘liq qoniqishini ta’minlash, ushbu xizmatlar darajasini xalqaro standartlarga yetkazish, tadbirkorlar uchun jozibadorligini oshirish, hosil bo‘layotgan chiqindilarni qayta ishlash darajasini keskin oshirish, chiqindilarning poligonlarda to‘planishining oldini olish, atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirni minimallashtirishga qaratilgan qator choralar belgilangan.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan muammolardan ko‘rinib turibdiki, tuman ichki yo‘llar, ichimlik va oqava suv hamda boshqa ijtimoiy masalalarda qilinadigan ishlar ko‘p. Bugun muammolarning yechimi ham yo‘q emas. Masala o‘sha yechimga yetib borishda. Yana bir gap, muammoning ildizi qoparilmasa, u bir kuni yana kurtak ochib, barg yozaveradi.

Maqola muqaddimasida “Bugungi saylovchi kim?” degan savolni o‘rtaga tashlagan edik. Yuqoridagilardan ayonki, bugungi saylovchi nafaqat saylov kuni ovoz beradigan, balki o‘zining huquqlari, deputatning vakolatlarini yaxshi biladigan, uning faoliyatini besh yil davomida kuzatib boradigan, kerak bo‘lsa baho beradigan ong-tafakkurga ega shaxsdir. Eng muhimi, u – o‘z taqdiri, jamiyat va davlat kelajagini belgilashda hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday saylovchining ishonchini qozonish uchun deputatlik faoliyatiga vijdonan, juda katta mas’uliyat, bilim va shijoat bilan yondashuv talab etiladi.

Total words

1,652

Unique words

1016

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

32

TTR

0.615

Hapax

760

Distribution

Top frequency chart

Dataset