🔍

Article

O‘zXDP FRAKSIYASI QAT’IY POZITSIYA BILDIRDI

By Ahmad QURBONOV, "O‘zbekiston ovozi" muxbiri • in 2025

Kecha $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Dastlabkisi $$"O‘zbekiston Respublikasi$$ bilan $$Birlashgan Arab Amirliklari$$ o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bo‘ldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunga qadar davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirada ekstraditsiya, jinoyat ishlarida o‘zaro yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikki tomonlama daromad solig‘idan ozod qilish, fan va texnika va boshqa sohalarda 31 ta hujjat imzolangan.

Mazkur hujjatda ikki davlat o‘rtasidagi fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bir tomon fuqarolarini boshqa tomon hududida uning fuqarolari bilan bir xildagi huquqiy himoyaga ega bo‘lishi, fuqarolik va iqtisodiy masalalarda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ushbu tomon fuqarolari uchun belgilangan shartlarda murojaat qilish huquqi bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Loyiha deputatlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi.

Majlisda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasi bilan shaxsni profilaktik hisobga olish asoslari va tartibi zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirilmoqda.

Aytib o‘tish lozimki, mazkur qonun loyihasi bir kun avval bo‘lib o‘tgan Fraksiyalarning yig‘ilishlarida ham uzoq muhokama qilingan edi. Bu yalpi yig‘ilishda ham davom etdi.

Sud tomonidan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan fuqarolarni profilaktik hisobga olish amaliyotini joriy etish haqidagi me’yor keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab deputatlar bu masalada o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Jumladan, $$O‘zXDP Fraksiyasi$$ a’zosi [Shokirjon Ahmedov] quyidagi fikrlarni keltirib o‘tdi:

— Bilamizki, bugungi kunda jamiyatimizda avtomobil boshqarayotgan ayollarning ham ulushi ortib bormoqda. Odatda bunday qoida buzarlik beixtiyor sodir etiladi. Endi tasavvur qilaylik, bir ayol transportni boshqarish huquqidan mahrum etildi. Uning yana profilaktik nazoratga olinishi ortiqcha bosimni keltirib chiqarib, oilaviy nizolarni ko‘paytiradi, degan fikrdaman. Shuning uchun mazkur bandni olib tashlash tarafdoriman va boshqa deputatlarni ham shunga chaqiraman.

Deputat [Anvarxon Temirov] $$O‘zXDP Fraksiyasi$$ning pozitsiyasini bildirdi. — Bu qonun birinchi o‘qishda olib kirilganda unga insonni ulug‘lash tamoyili asos qilib olinib, shu bilan birga profilaktika inspektorlarining yuklamasini kamaytirish maqsad qilingan edi. Lekin ikkinchi o‘qishga tayyorlangan variantda profilaktika inspektorlariga yana yuklama berish nazarda tutilmoqda. Bir narsani unutmaylik, bizning odamlar uchun profilaktika inspektorining ro‘yxatida bo‘lishning o‘zi noqulaylik keltirib chiqaradi. Kimningdir uyiga profilaktika inspektori "sen uyingdamisan", deb kelishi esa mahalla qo‘yi uchun achinarli holatday qabul qilinadi. Shuning uchun loyihani mas’ul qo‘mitaga qaytarib, qaytadan tahrir qilishni taklif qilamiz.

Bir qarashda vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek ko‘rindi. Ammo unutmaylik, parlament o‘ta dolzarb va og‘riqli masalalarga ham eng maqbul yechim topiladigan maskan. Sababi, u yerda fikrlar xilma-xilligi hukmron. Bildirilgan hamma fikrlar o‘rtada muhokama qilinadi va to‘xtamga kelinadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Qo‘mita mazkur bandni qayta tahrirdan o‘tkazish uchun kunning ikkinchi qismigacha vaqt so‘radi.

Kunning ikkinchi qismi shu masala muhokamasi bilan boshlandi. Kiritilgan tuzatishga ko‘ra, faqatgina mast holda avtomobil boshqargan yoki yo‘l bezoriligi oqibatida sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan fuqarolar profilaktik nazoratga olinishi ko‘zda tutildi.

Shu tariqa uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng loyiha qabul qilindi.

Kun tartibidagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. E’tiborli jihati shundaki, bir kun oldingi fraksiya yig‘ilishida deputatlarimiz qayta ishlash sharti bilan loyihani qo‘llab-quvvatlagan edi.

Ma’ruzachi loyihani tanishtirib bo‘lgach, navbat muhokamalarga o‘tdi. Birinchi bo‘lib so‘z olgan $$O‘zXDP Fraksiyasi$$ a’zosi [Firdavs Sharipov] quyidagi fikrni bildirdi:

— Agar e’tibor bersak, qonun loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad huquqiy ta’sir choralarini ko‘rishda Konstitutsiyadagi mutanosiblik prinsipiga amal qilish hisoblanadi. Lekin birorta moddada belgilangan jarimalar miqdori kamaytirilmagan. Vaholanki, qaysidir moddalar ahamiyatini yo‘qotgani uchun chiqarib tashlanayapti yoki yana boshqalari muvofiqlashtirilmoqda. Qolaversa, qonun loyihasining nomi ham matniga mos emas. O‘zi mutanosiblik haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, bu qilinmishga yarasha jazo berish yoki ijtimoiy xavfli qilinmishga beriladigan jazo qay darajada to‘g‘ri, degan savollarga javob bo‘lishi kerak. Fraksiyamiz birinchi o‘qishda ham bu masalani qo‘ygan edi. Shu nuqtai nazardan $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ fraksiyasi bu masala elektoratimiz manfaatlariga bevosita aloqador bo‘lgani uchun ham qonun loyihasini mas’ul qo‘mitaga qaytarish taklifini ilgari suradi. Loyiha uchun ovoz berish jarayonida fraksiyamizning aksariyat a’zolari qarshi pozitsiyasida qoldi. Ammo umumiy natijalarga ko‘ra, loyiha qabul qilindi.

Yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda $$O‘zXDP fraksiyasi$$ a’zolari ^^Qizilgul Qosimova^^ va ^^Dilbar Mamadjanova^^ ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish faqat jabrlanuvchining arizasi asosida boshlanishi, aks holda ish yuritish istisno qilinishi haqidagi qo‘shimcha jazoning muqarrarligi tamoyiliga mos emasligini bildirdi.

Xususan, bunday o‘zgarish jabrlanuvchining ariza bilan murojaat qilish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yishi mumkinligi qayd etilib, fraksiyamizning tegishli taklifi berildi. Majlisda fraksiyamiz taklifi qo‘llab-quvvatlangan holda, tegishli qaror qabul qilindi.

Shunday qilib, qizg‘in muhokama etilgan qonun loyihalari bo‘yicha $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ fraksiyasi qat’iy pozitsiyalarini bildirdi.

Total words

763

Unique words

500

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

10

TTR

0.655

Hapax

368

Distribution

Top frequency chart

Dataset