"Achchiq xotiralar goh-gohi-da tushkunlikka tushiradi. Ammo motivatsiyani tushkunlikning o‘zidan olaman. Chunki hayotda hamma narsaning o‘z vazifasi bor. Ota-onamning elas-elas qulog‘im ostida jaranglaydigan hikmatli so‘zlari dasturlamalimdir. Ortda yo‘l yo‘q."
Bu Kosonsoylik [Javlonbek ABDullaev]ning so‘zlari. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p sinovlarni boshdan kechirishga majbur bo‘lgan suhbatdoshimiz ortga yo‘l yo‘q ekanini ta’kidladi. Ayni iroda va jasorat sababdirki, $$Prezident farmoni$$ asosida "Jasorat" medali bilan taqdirlandi.
Suhbatdoshimiz ayni paytda $$Kosonsoy tumani$$dagi $$"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi$$da ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, u xalq deputatlari $$Kosonsoy tuman Kengashi$$ga $$O‘zbekiston XDP$$dan saylangan deputat, $$Senat$$ huzuridagi $$Yoshlar parlamenti$$ a’zosi.
Suhbatimizni [Javlonbek ABDullaev]ni o‘quvchilarimizga tanishtirishdan boshlasak, 5 yoshli bolakay bilan hozirgi Javlonbek o‘rtasidagi farq yoki aksincha, o‘zgarmagan jihatlar qaysilar?
Tushunmasang-da, o‘qi-yverar edim. Yillar o‘tib uylar ham, kitob javonlari ham yangilandi. Ammo men bolaligimdagi o‘sha ertak-namo ijodxonani qunsayveraman.
1996 yilning 23 dekabrida Kosonsoy tumanida ziyoli oilada dunyoga kelganman. Otam rahmatli, juda ilmli kishi edilar. Onam esa mahallamizda o‘rnak edi.
Ota-onaning oqil tarbiyasi asosida ulg‘aydim. Katta-katta orzular qilishni o‘rgandim. 5 yoshimdan beri oradan 22 yil o‘tdi. Deyarli hamma narsa o‘zgardi: hayot, turmush tarzim ham. O‘zgarmagan – otamning xotiralari. U kishidan qolgan uy-uyum kitoblar va tarbiya.
Dadam iqtisodchi bo‘lganligi sababli noyob soha asarlarini alohida tortmada saqlardi. Men o‘sha kitoblarga ko‘proq qiziqardim. Ularni tushunmasam-da, o‘qi-yverardim. Jildlari sarg‘aygan, kitobning "shitir"lashidan zavqlanardim. Bolalikning, ilmning xidi bor edi unda...
5 yoshligimda kun kelib qanday inson bo‘lishni xohlagan bo‘lsam, hozir shunday insonman. Faqatgina maqsadlar ikki karra ko‘proq.
Har bir inson shaxs sifatida shakllanishi uchun kimningdir yoki kimlarningdir ko‘magiga muhtoj. Sizning suyanishingiz kim?
Mening shaxs bo‘lib shakllanishimda rahmatli otamning o‘rni beqiyos. Bolalik xotiralarimni kolasam, eng baxtli bola bo‘lib yashagan ekanman.
Eng kichik muammolarda ham otamning o‘git va maslahatlariga tayanganman. Otam doimo to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan. Umr bo‘yi dadamning ko‘maklariga suyan-dim. Vafot etganidan so‘ng ham u o‘gitlari men bilan hamroh.
Otan bilan birga o‘tkazgan sarguzashtlarimni, u kishidan o‘rgan-ganimni soatlab gapirishim mumkin. Menda qanday yaxshi xislat bo‘lsa, otamdan; yomon esa o‘zimniki.Bir voqeani so‘zlab bera qolay. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki oy deganda uyga qaytdik. Yuzim tabassum tark etgan, ko‘zimga atrof-muhitdan tortib odamlar cha-bego‘nadek ko‘rindi. Shu zaylda kunlar o‘tib boraverdi. Tengdoshlarim maktabga chiqishdi. O‘quv qurollari va kitoblar bilan kechga yaqin dadam xona-mga kirib: "Dada, ertaga men ham maktabga boryapmanmi?" deb so‘radi quvonib. "Ha, yangi ochilgan maktab. Bu maktab uyimiz, o‘qituvchisi men, o‘quvchisi sen", dedi otam. Erta boshlab mashg‘ulotlarga kirishdik. Men bir vaqtida o‘zbek va rus tillarini o‘rgandim. Kunduzi kitob o‘qib, kechasi dadamga so‘zlab berardim. Ammo baribir maktabga bormaganim alang edilar.
Bir kuni ijtimoiy ta’minot markazidan nogironlar aravachasi keltirildi. Onam ikkimiz rosa quvondi. Shu bilan ko‘chaga chiqish ancha qulay edi. Rejalarimni tuzdik, ammo dadamga yoqmadi. Ishdan qaytib, avval onamga, keyin menga qarab: "Aravachaning keragi yo‘q, mening o‘g‘lim unda o‘tir-maydi", deb uni hovliga olib chiqib tashladi. Rejalarimning barchasi shamolda uchib ketdi. Dadamdan qattiq ranjidim. Keyin: "Mana, sen-ga qo‘ltiq tayoq. To‘g‘ri, boshida undan foydalanuvishga qiynalasan, ammo tez orada uning qulayligini anglaysan", dedi. Futbol o‘ynasam ham bo‘ladimi? ko‘zlarimni katta-katta ochib, dadamga qaradim. "Ha, faqat yaxshilab yurishni o‘rganib ol!" dedi.
Shu kechadan boshlab bir juft qo‘ltiq tayoqda yurishni mashq qildim. Bir yiqildim, ikki yiqildim. Xullas, bemalol harakatlanishni o‘rgandim. Dadam bundan juda xursand bo‘ldi. Shu paytda menga bitta qo‘ltiq tayoq etarli ekanini his qilishimni istaganini angladim.
Sizga ko‘p berilgan savol, ya’niy oyog’ingiz bilan bog’liq ko’ngilsiz tarixga qaytsak...
Bu voqea 2003 yil 14 avgustda sodir bo‘ldi. Olti yoshda edim. Otam bilan onam bozorga ketishgan edi. Opam esa uy ishlarida band edi. O‘ynaganim ko‘chaga chiqdim. Chiqib, ariqqdan suv ichayotganimda uzoqdan nimadir kelayotganini payqadim, ammo devor tagiga o‘tishga ulgurmadim. ^^Soniya^^ ichida men "KamAZ" gildiragi yonida yotganimni ko‘rdim: hamma joyim qon, ust-boshim chang edi. Qayta hushimni yo‘qotdim.
Ko‘zimni ochsam, shifoxonadamman. O‘rnimdan turay deb choyshabni ko‘tarib hammasini tushundim. "Oyog‘im qani?" deb baqirdim. Boyadan buyon tinmay labini tishlayotgan onam hўngrab yig‘ladi, otam esa palatadan chiqib ketdi...
Nima deb o‘ylaysiz, musibat insonni kuchli va omadli qilishi mumkinmi? "Jasorat" medali olishingizga turki bo‘lgan hayot haqiqatlari haqida qarashlaringiz...
Savolingizni eshitib, [hazrat Navoiy]ning bir bayti yodimga tushdi. "Naf‘ing agar xalqga beshakdur, Bilki, bu nafi o‘zingga ko‘prokdur", deyiladi. Maqsadim xalqga xizmat qilib, "nogiron" degan tushunchani odamlar ongidan yo‘qotish. Nogiron ham odam. U ham maqsadi yo‘lida harakat qilishga haqli. Orzulari sari intilishi kerak. Bunda xalq ishonti katta mas’uliyat yuklaydi.
2019 yil Kosonsoy tuman Kengashiga deputat bo‘lib saylandim. Xalqimning dardu dashvishlarini birgalikda bartaraf etish men-ga qanoat bag‘ishlaydi. Inson istasa, harakat qilsa va mehnatdan to‘xtamasa, hayotda hamma narsaga erisha oladi. Yiqilgandan so‘ng, qayta turishni, singandan so‘ng tiklanishni, kulga aylanganidan qayta olovlanishni o‘rgatdi hayot.
Bemorlik davrimda Alloh bergan aziz ne’mat vaqtning naqadar bебaholigini angladim. Ijtimoiylashish to‘rt devor ichida o‘tirishdan afzalligini tan oldim. O‘zini hayotga bегоnadek tutgan vaqtlarim saboq bo‘ldi. Umuman, hayotning har lahzasidan quvonch va saboq oldim. Rahmatli [Anvar Obidjon] aytgandek, "Hayotning har lahzasi go‘zal, umrning har oni ganimat" ekan.
Achchiq xotiralar, goh-gohida tushkunlikka tushiradi. Ammo motivatsiyani tushkunlikning o‘zidan olaman. Chunki hayotda hamma narsaning o‘z vazifasi bor. Ota-onamning elas-elas qulog‘im ostida jarang-laydigan hikmatli so‘zlari dasturulamalimdir. Ortda yo‘l yo‘q!
Bu jasorat ota-onam oldidagi burchim, deb bilaman. Mening kuchsiz bo‘lishga haqqim yo‘q.
Kitob javoningizdagi eng sevimli asarlaringiz qaysilar?
[Paulo Koelo] "Alkimyogar", [O‘tkir Hoshimov] "Ikki eshik orasi", [Gabriel Garsia Markes] "Yolg‘izlikning yuz yili". Ularning har biri kishini ulg‘aytiradi, yuksaltiradi. Ba’zi qahramonlarning taqdirini o‘zimnikiga o‘xshatganim uchundir balkim, bu asarlarga mehrim boshqacha. Qayta va qayta o‘qib, charchamayman.
Katta maqsadlarga erishishning eng oson yo‘li kitob orqali. Shu sababli shaxsiy kutubxonam bor. U yerda otamdan qolgan eski va aziz kitoblardan tortib o‘zbek, rus, ingliz tilidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar ham o‘rin olgan. Yanada boyitish harakatidaman. Ulg‘ayibman. Bunday deyishimga sabab hozirda siyosiy kitoblar bilan birga romantik asarlarga qiziqishim oshgan.
Paralampiya chempioni bo‘lgan paytingizda nimalarni his qilgansiz?
"Chopilgan oyog‘im bilan chopdim men", deb yozgan edi [Rauf Parf]i. Qo‘ltiqtoqda yurgan bolaning kun kelib chempion bo‘lishi kimning ham xayolida bor, deysiz. Yozda o‘rtoqlarim bilan so‘yda tengma-teng suzaverib, sportchi bo‘lganimni payqamay qolibman. Ilk bor musobaqada qatnashib, g‘alaba qozo‘nganimda hammasi tushdek ko‘ringan men. Onamning quvonchini, og‘iz to‘ldirib qo‘shnilarga maqtanganlarini aytmaysizmi! Keyin sportga (hayotga ham) qiziqishim ortdi. G‘alabalar bir-biriga ulanib ketdi. Paralimpiya g‘olibi bo‘lganimdagi quvonchlarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Yurtimizga shodashoda medallar olib kelayotgan sportchilar qatori da ekanimdan juda baxtiyorman. Darhaqiqat, shoir aytgandek, men ham "chopilgan oyog‘im bilan chopdim" va agar ona Vatanimizning obro‘sini uchun nafaqat sport maydonlarida, balki tumandoshlarimning farovon turmush tarzi uchun siyosat maydonida ham qancha kerak bo‘lsa, shuncha "chopish"ga tayyorman.