🔍

Article

KATTA MASALALAR

By Ahmad QURBONOV, "Uzbekistan ovozi" muxbiri • in 2024

MAMLAKATIMIZNING HUQUQIY DAVLATCHILIK ASOSLARINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN HAR BIR QONUN LOYIHASI SO‘ZSIZ QUYI PALATA MUHOКAMASIDAN O‘TADI. KECHA, 26 MART KUNI OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI. UNDA BUGUNNING DOLZARB MASALALARINI HAL ETISHGA QARATILGAN BIR QATOR YIRIK LOYIHALAR XUSUSIDA FIKR ALMASHILDI.

Har bir tizimning o‘ziga yarasha talablar, shartlar va qoidalari bo‘ladi. Xalqaro ham jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishning ham qator talablar mavjud. Masalan, umum e’tirof etilgan xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish eng muhim talablaridan biri hisoblanadi.

Hamma uchun ochiq va faol tashqi siyosat yuritayotgan O‘zbekiston ham xalqaro maydonning talablariga "labbay", deb javob bermoqda. Darhaqiqat, keyingi yillarda xalqaro huquqning ko‘plab konvensiya va aktlariga faol qo‘shilayotganimizga, xayrixohlik ko‘rsatayotganimizga butun dunyo guvoh bo‘lib turibdi.

Shu kungi majlisda ham Gaaga bitimiga muvofiq Jeneva aktiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning aktga qo‘shilishi mahsulot ishlab chiqaruvchilar mamlakatimiz rezidentlariga Gаagа bitimiga a’zo bir nechta mamlakatlar hududida sanoat namunalari ro‘yxatdan o‘tказish tartib-taomillarining soddalashtirilgan tizimidan foydalanish imkonini beradi.

Bu o‘z-o‘zidan mamlakat ichkarisidagi hamda dunyo hamjamiyatidagi ijobiy imidjni yuksaltirish, mahalliy va chet ellik subyektlarning intellektual mulk huquqlarini o‘z hududida va xorijda muhofaza qilinishiga ko‘maklashuvchi davlat sifatidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda "Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961 yil 26 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida"gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Mazkur konvensiya ishtirokchi davlatlarda xorijiy turdosh huquq egalari — ijrochilar, fonogramma yaratuvchilar va eshittirish tayyorlovchi hamda uzatuvchi tashkilotlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Ishtirokchi davlatlarning ijrochilari, fonogramma tayyorlovchilari va efirga uzatuvchi tashkilotlariga nisbatan milliy rejimni ta’minlashga bo‘lgan huquqlari Bern konvensiyasi bo‘yicha mualliflik huquqi doirasida muhofaza etilishi hamda ushbu media mahsulotlardan noqonuniy foydalanishning oldini olish imkonini beradi.

Amalda respublikamiz hududida xorijiy turdosh huquq egalari ijro, fonogramma, eshittirishlarga bo‘lgan huquqlari Bern konvensiyasi bo‘yicha mualliflik huquqi doirasida muhofaza etiladi. Lekin shuni ham aytish kerakki, o‘rganishlar jarayonida xorijiy huquq egalari ijrosidan, fonogrammasidan, tayyorlovchi tashkilotlarning eshittirishlaridan shartnomasisiz foydalanish (noqonuniy) holatlari ham aniqlangan.

Ta’kidlanadiki, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilish va ulardagi normalar ijrosi ta’minlanishi mamlakatimizning jahon miqyosidagi imidji hamda investitsion jozibadorligini oshirish bilan bir qatorda, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishda Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini implementatsiya qilish imkonini beradi.

Deputatlar $$O‘zbekistonning Rim konvensiyasi$$ga qo‘shilishi turdosh huquq obyektlari himoyasini samarali ta’minlash, xalqaro standartlarni joriy etish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasini rivojlantirishga zamin yaratadi, deb hisoblashmoqda.

Ikkala qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va Senatga yuborildi.

9 BALLI CHEGARA

Er yuzida sodir bo‘layotgan falokatlar, seysmik tufayli odamlar ko‘p qavatli uylar uchun shubha bilan qarash holatlari ham ko‘p uchrab turibdi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz ham ulkan qurilish maydoniga aylanishga ulgurdi. O‘z navbatida olib borilayotgan yirik qurilish ishlari soha bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Mazkur majlisda "Seysmiк xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mutasaddining aytishicha, o‘tgan yili $$Turkiya davlati$$da yuz bergan seysmik fojia so‘ng yurtimizdagi 9 va undan yuqori qavatli binolarning barchasining zilzila bardoshligini tekshirib chiqilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan inshootlar deyarli yo‘q va aksariyat binolar 9 balli zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. U qo‘shimcha qildi, aslida yurtimizda 9 balli chegaradan past talabga javob beradigan binolar qurish taqiqlangan. Mutasaddining bu gaplari ko‘pchilikka xotirjamlik bag‘ishlaydi.

Qonun loyihasi bilan shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun jinoyiy va ma’muriy javobgarliklarni kuchaytirish taklif etilmoqda. Loyihada boshqa me’yor ham taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, inspeksiya yoki sudlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish maqsadida ma’muriy jarimalar miqdorini yagona qilib belgilash, ya’ni amaldagi ma’lum bir summadan ma’lum summagacha degan chegaradan voz kechish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, $$O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari$$ga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, Jinoyat kodexining amaldagi 229-3-moddasining sanktsiyalari kuchaytirilib, bosh rejaga zid ravishda qurilganlik, foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzganlik, ko‘p qavatli uylarning yerto‘la va birinchi qavatidagi konstruksiyalarni buzganlik va ruxsat olmasdan qurilganlik uchun jinoyiy javobgarliklar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu jinoyatlar uchun 229-3-moddada ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng, axloq tuzatish ishlari (3 yilgacha) yoki shu muddatga ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish (5 yilgacha) jazosi qo‘llanishi taklif etilmoqda.

Loyihaning dolzarbligi va hayotiyligi deputatlar tomonidan fraktsiyalarda ham, yalpi majlisda ham bir ovozdan ta’kidlandi, shu bilan birga, takliflar ham bildirildi.

Bilamizki, maktab, bog‘chalarni ta’mirlashda investitsiya dasturiga asosiy bino kiritiladi. Ammo, o‘sha muassasaning to‘garaklar o‘taydigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanadigan binolari ham bor, deydi $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zosi ^^Shohista Turg'unova^^. Afsuski, ularning ko‘pi avariya holatida. Quvvati yetmagani bois asosiy bino ta’mirlanib, qolgan qism qolib ketmoqda. Mana shu masalaning monitoringi yuritiladimi? Taklif etilayotgan loyihada belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutiladimi? Yuritilmaayotgan bo‘lsa, ushbu jihatga ham e’tibor qaratilsin.

Birinchi o‘qishda loyihani konseptual jihatdan ma’qullagan xalq vakillari uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida qattiq ishlash kerakligini ham uqtirishdi. Sababi, qurilish sohasi insonlar hayotiga, xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor hisoblanadi. Ayniqsa, inson kapitalini rivojlantirishni ustuvor maqsadi qilgan davlat uchun bu juda zarur masaladir.

Total words

787

Unique words

538

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

4

TTR

0.684

Hapax

406

Distribution

Top frequency chart

Dataset