🔍

Article

MAHALLIY KENGASHLARDA SЕSSIYALАR O‘ZGARAYOTGANI ROSTMI?

By "Uzbekistan ovozi" muxbiri. Laziza SHEROVA • in 2024

O‘TGAN OYDA DAVLATCHILIGIMIZ TARIXIDA YANA BIR MUHIM TARIXIY QADAM TASHLANDI. "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘GRISIDA"GI PREZIDENT FARMONI QABUL QILINDI. JAMIYAT VA DAVLAT HAYOTINING MUHIM MASALALARINI HAL ETISHDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARINING ROLINI OSHIRISH MAQSADIDA 33 TA VAKOLAT XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHLARGA O‘TKAZILDI. MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA

VAKILLIK VA IJRO ETUVCHI ORGANLARNING VAKOLATLARI BIR-BIRIDAN AJRATILISHI KATTA YUTUQDИR.

O‘tgan 2 oy davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan 140 ta, doimiy komissiyalarda 83 ta, sеssiyalarda esa 56 ta masala ko‘rib chiqildi va qarorlar qabul qilindi.

Partiyamiz deputatlari bilan bu haqida ko‘p suhbatlashamiz, mahalliy Kengashlarning nufuzi oshib borayotganini faxr bilan gapirishadi. Bu orqali deputatlar faoligi ham kuchaygani, vaqillik organidagi muhit va kayfiyat butunlay o‘zgartirayotganini ta’kidlashadi.

Yaxshida, mahalliy Kengash kuchli fuqarolik jamiyatining asosidir, vaqillik organidir. Bu organni hududlarni rivojlantirishga qaratilgan katta tashabbuslar maydoniga, muhokama, munozara minbariga aylantirish kechiktirib bo‘lmaydigan masala.

Ayni paytda mahalliy Kengashlarda $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$dan saylangan 1500 nafarga yaqin deputat faoliyat yuritadi. $$Partiya Saylovoldi dasturi$$dagi maqsad-vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturi qabul qilingan. Unga binoan joriy yilda 884 masala xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Amalda ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2 oy davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan 140 ta, doimiy komissiyalarda 83 ta, sеssiyalarda esa 56 ta masala ko‘rib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi.

Xo‘sh, mahalliy Kengashlardagi bu holat qanday, deputatlar sеssiya yig‘ilishlaridan qoniqayaptimi? Partiyamiz deputatlik guruhlari hududlardagi qanday muammolarga e’tibor qaratishdi, ularni hal etish bo‘yicha qanday tashabbuslar bilan chiqishdi?

Ushbu savollar bilan Farg‘ona viloyatidagi deputatlarimiz bilan bog‘landik.

DANG‘ARALIK DEPUTATLAR QANDAY MASALANI O‘RGANDI?
^^Ziyada HAMRALIEVA^^, $$O‘zXDP Dang‘ara tuman Kengashi$$ raisi:
2000 yildan beri tuman partiya Kengashi raisi bo‘lib ishlayman. 24 yillik faoliyatim davomida deputatlarimiz bilan birga qancha masalalarni o‘rgandik, sеssiya kun tartibiga kiritdik. Bir narsa aniqki, mamlakatimizda yilidan-yilga demokratik muhit tobora mustahkamlanib boryapti. Bir paytlar quruq hisobot berish, shunchaki qo‘l ko‘tarib, tasdiqlash bilan o‘tgan sеssiyalar hozir jonli o‘tmoqda.

Shunday holatlar ham bo‘laki, sеssiyada fikr-mulohaza va takliflarimiz qabul qilinishi uchun tortishish, bahslashishga to‘g‘ri keladi. Chunki deputat ko‘p, ularning har biri o‘zi saylangan siyosiy partiyaning manfaat, elektorati istaklaridan kelib chiqib, qaror qabul qilinishini istaydi. Shunga qaramay, to‘g‘ri aytilgan fikrni qo‘llab-quvvatlash, yagona to‘xtamga kelish yo‘lini topamiz.

Hozir deputatlarda dadillik kuchli, ko‘rkmaslik, shijoatlilik, g‘ayratlilik bor. Sеssiyalarda iyimanib o‘tiradigan deputatni deyarli ko‘rmaysiz, savoliga javob olmaguncha, muammoni hal qilmaguncha tinchimaydigan vakillar ko‘payib qoldi.

Yaqinda, 26 fevral kuni xalq deputatlari $$Dang‘ara tuman Kengashi sеssiyasi$$ga aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi $$Prezident qarori$$ning tumandagi ijrosi bo‘yicha masala olib chiqildi.

Qarorga ko‘ra, nefrologiya va gemodializ yordamini ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik bo‘limlarida xodimlar sonini ko‘paytirish masalasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi. Sаylovchilar bilan uchrashuvlarda ham bu masalada tez-tez murojaatlar bo‘layotgani e’tiborimizni tortdi.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘ldiki, tumanimizda buyrak kasalliklari bilan "D" hisobida 599 nafar, surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan 38 nafar, gemodializ olayotgan bemorlar soni esa 22 nafarni tashlik qilmoqda.

$$Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi$$da tashkil etilgan markaz faoliyatini o‘rgandik. Ushbu markaz 5 ta tuman va Qo‘qon shahar fuqarolariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda, moliyalashtirish viloyat mahalliy byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

$$Sog‘likni saqlash vaziri$$ning tegishli buyrug‘i bo‘yicha 22 nafar gemodializ oluvchi bemorlar gеparin, albumin, aminokislota, epoetin, temir preparatlari bilan 1 oyda bir marta ta’minlanmoqda. Bemorlar gemodializ seansini olish jarayonida 20 xil turdagi dori-darmonlarga ehtiyoji mavjud bo‘lib, bu dorilar ham yetkazib berilmoqda.

Sеssiyada deputatlar tomonidan bir qator takliflar ham kiritildi. Berilayotgan dori-darmonlar bo‘yicha bemorlarga moliya bo‘limi tomonidan yetarlicha mablag‘ ajratilishi kerakligi qayd etildi. Bemorlar kerakli dori-darmonlarni ovoraqarçiliksiz olishi uchun markazlashgan ta’minotni gemodializ bo‘limiga o‘tkazish taklifi bildirildi.

Shuningdek, buyrak ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun operatsiyadan oldingi tibbiy tekshiruvlarni markaz tomonidan bepul tashkil qilish, buyrak transplantatsiyasini o’tkazib kelgan bemarlarni bepul dori-darmonlar bilan davolashning barcha bosqichlarida to‘liq ta’minlash taklifi berildi. Sеssiyada bu takliflar ma’qullandi, barcha deputatlar qo‘llab-quvvatlashdi.

Yana bir masala. Qo‘qondagi ushbu markazda asosan surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar davolanadi. Ushbu muassasaga 5 ta hududdan bemorlar keladi. Shu sabab markazda joylar sonini 200-250 o‘ringa yetkazish, shifokorlar sonini ham oshirish zarurati bor. Biz bu bo‘yicha ham takliflar berdik.

$$SO‘XLIK DEPUTATLAR$$ TASHABBUSI
Shu yilning 16 mart kuni xalq deputatlari $$So‘x tuman Kengashi$$ning sеssiyasi bo‘lib o‘tdi. Unga tuman Kengashidagi $$Xalq demokratik partiyasi$$ deputatlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorning ijrosi bo‘yicha masala muhokama etildi.

Sеssiyada $$"Mehr daftari"$$ga kiritilgan bolalar bilan ishlash yuzasidan tuman amaliy ishlar to‘g‘risida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori [S. Temiraliyev]ning hisoboti tinglandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilda 14 nafar ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalar vasiylik va homiylikka, 4 nafari esa farzandlikka berildi. Ularning oila sharoitida tarbiyalanishi ta’minlandi. Bugungi kunda tumanimizda jami vasiylikka berilgan bolalar soni 59 nafarni, homiylikka berilgan bolalar 29 nafarni, farzandlikka berilgan bolalar soni esa 7 nafardan tashkil etmoqda. 97 nafar yetim va ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalar oila sharoitida tarbiyalanmoqda.

Joriy yilda uy-joyga muhtoj sifatida ko‘rilayotgan farzandlikka, vasiylikka olingan 18 yoshga to‘lgan va undan katta bolalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, belgilangan tartibda viloyat hokimligiga taqdim etildi. Masala deputatlarning doimiy e’tiboriga qo‘yildi.

[MASUDJON JUMAEV], $$XALQ DEPUTATLARI SO‘X TUMAN KENGASHI$$DAGI $$O‘ZXDP$$ GURUHI A’ZOSI:
Qancha yig‘ilishda ishtirok etganimiz emas, odamlarning mushkulini oson qiluvchi taklif va tashabbuslarimiz muhim, deb o‘ylayman. Qaysi tizim, qaysi soha yaxshi ishlamayotgani, aholi nimadan norozilik bildirayotganini ko‘proq ularning o‘zidan eshitamiz. Fuqarolardan olingan ma’lumotlar asosida kamchiliklarni tuman hokimiga aytgan paytlarimiz ko‘p bo‘ladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimi bo‘yicha qaror ijrosi doirasida har bir bola bilan bevosita gaplashishga harakat qildik. Oilalardagi sharoitlarni o‘rgandik.

To‘g‘ri, ota-onasiz farzandlar bizda ayrim davlatlardagidek juda ko‘payib ketmagan, "Mehribonlik" uylar to‘lib-toshmagan. Ammo, baribir har bir bolaga mehr kerak, uning begonasi bo‘lmaydi. Ularning huquq va erkinliklari to‘liq ta’minlanishi lozim.

Sеssiya juda qizg‘in o‘tdi. Asosli va o‘rinli takliflar aytildi. Qaror qabul qilindi. $$"Mehr daftari"$$ tizimiga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalarning muammolarini joyida hal qilish hamda keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish, bu boradagi ishlarni muntazam o‘rganib borish belgilandi. $$"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi$$ ([S.Temiraliyev]) $$"Mehr daftari"$$ tizimiga kiritilgan bolalarning holati bo‘yicha tuman Kengashiga har chorakda hisobot berib boradigan bo’ldi.

Vijdoni bor deputat o‘rganilgan masalaning taqdiriga befarq bo‘lmasligi kerak, deb o‘ylayman. Chunki haqiqiy ish sеssiyadan so‘ng boshlanadi. Deputatning taklifi, fikri yerda qoldirilsa, sеssiya yig‘ilishi jamiyatga naf keltirishi qiyin. Kuni kecha partiya guruhi yig‘ilishida sеssiya qarori ijrosini nazorat qilish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Har chorakda bu masala muhokama qilinadi. Nomi bilan ish ko‘rish uyat, o‘zimizni hurmat qilishimiz muhim.

DEPUTAT O‘ZIDAN ROZI BO‘LISHI KERAK
Biz suhbatlashgan deputatlar ham partiya faollarining so‘zlariga qaraganda, bugungi sеssiyalar kechagidan ancha farq qilmoqda. Ularda deputatlarning tanqidiy fikri, mulohazalari, takliflari inobatga olinmoqda.

$$Partiya Markaziy Kengashi$$ bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 2 oyida xalq deputatlari $$Farg‘ona viloyat$$, shahar va tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan 10 ta masala partiya guruhlarida, 10 ta masala doimiy komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi. 5 ta masala esa sеssiyalar kun tartibiga kiritildi.

To‘g‘ri, hozir mahalliy Kengashlar faoliyatida jonlanish bor, ammo bu kam emasmi? Bugungi kunda viloyat Kengashida 11 nafar, shahar va tuman Kengashlarida esa 121 nafar deputatimiz borligini inobatga olsak, Farg‘onada partiyamiz ham, deputatlik guruhlarimiz ham katta kuch va salohiyatga egaligi yaqqol ko‘rinadi.

Bu viloyatda 15 ta tuman, 4 ta shahar bor. 2 oyda 8 ta masala sеssiyaga olib chiqildi, qolgan hududlarda, tumanlarda aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar yo‘qmi? Masalani o‘rganish, taklif ishlab chiqish, uni sеssiya muhokamasiga olib chiqishga qadar bo‘lgan barcha jarayonda bo‘sh kelmaslik, qat’iyat ko‘rsatish uchun vakolat ham, sharoit ham yetarli, nazarimizda...

Ko‘ramiz, kuzatamiz, birinchi yarim yillikda viloyatdagi barcha deputatlarning tashabbusini faol yoritishga umid qilamiz.

Aytgancha, endilikda har sonimizda mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatini yoritib boramiz. Keyingi manzil sizning hududingiz bo‘lishi mumkin.

Total words

1,231

Unique words

732

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

18

TTR

0.595

Hapax

534

Distribution

Top frequency chart

Dataset