Prezidentimiz 25-26 mart kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi, yirik energetika obyektlari qurilishiga start berildi, mahallalar hayoti bilan tanishdi. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berildi.
Hozir butun namanganliklar shu haqida faxr bilan gapirmoqda, bu galgi tashrif ham sermahsuligi bilan viloyat ahlini quvontirgani ta’kidlanmoqda. Tashrif davomida ro‘y bergan voqealar, bildirgan fikrlar viloyat ahlining kayfiyatini yanada ko‘tarib, katta maqsadlar sari ruhlantirgani aniq.
Uchrashuvlarda $$Xalq demokratik partiyasi$$ vakillari, deputatlar, faollar ham ishtirok etdi. Ular bildirgan fikrlar, belgilangan vazifalar haqida o‘z fikr va xulosalarini muhrimiz bilan bo‘lishdi.
[ILHOM ATABAEV], $$O‘ZXDP NAMANGAN VILOYAT KENGASHI$$ RAISI, $$NAMANGAN SHAHAR KENGASHI$$DAGI PARTIYA GURUHI A’ZOSI:
Avvalo, ta’kidlashim kerakki, tashrif davomida, uchrashuvlarda aytilgan har bir fikr, berilgan topshiriq va tavsiyalar zaminida inson manfaatlari ustuvorligi, turmush sharoitini yaxshilash, farovonlikni oshirish maqsadlari mujassam bo‘ldi. Odamlardan istaklari, ishini rivojlantirish uchun zarur masalalar so‘raldi. Bu o‘daklar yoshlarimizda ertangi kunga ishonchni mustahkamlash, maqsadlari sari qo‘rqmasdan dadil odimlashi uchun ruhlantiradi, a;batta.
Prezidentimiz $$Namangan viloyati Uychi tumani$$dagi $$"Qumtopa" yoshlar kichik sanoat zonasi$$da ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, temirchi hunarmandlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga sanoat zona maydonidan samarali foydalanish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni hunarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu yerda mahalla bo‘yicha ishlash orqali ishsizlikni kamaytirish vazifalari muhokama qilindi.
Bu nimadan dalolat beradi? Tabiiyki, ishlab chiqarish ko‘payishi, mavjudlar faoliyatini kengaytirishi minglab ish o‘rinlari yaratish uchun xizmat qiladi. Demak, ishlayman, ish o‘rni yarataman, degan kishilarni ko‘plab quvvatlash, tarmoqdagi turli byurokratik to‘siqlar qo‘yilishini nazorat qilish, aholi bilan ijtimoiy hikoya masalalarini va undagi vazifalarni donishmandlik bilan o‘rganib borish, umuman, xalq ichida bo‘lishimiz zarur.
Oldimizda ulkan va mas’uliyatli vazifalar turishini his qiladik. Belgilangan har bir loyihaning xalqimizga manfaatli bo‘lib amalga oshishi uchun butun deputatlik korpusi, faollarimiz bilan hamjihatlikda ish olib borishimiz zarur. Partiyamizdan saylangan 128 nafar deputatdan faollik va qat’iylik talab etiladi.
Dasturimiz rahbari $$“Quntela” mahallasi$$ markazida bo‘ldi, aholisi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu mahallada 5 ming 200 nafarga yaqin aholi yashaydi. Xonadonlar metallni qayta ishlash, dehqonchilik va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Mahalla idorasi uchun qurilgan yangi binoda Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tashkil etildi. Bu yerda aholi va tadbirkorlar ayrim davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Prezidentimiz buni alohida ta’kidladi va davlat idoralari bilan bog‘liq masalalarni iloji boricha mahallalarning o‘zida hal etish zarurligini ta’kidladi.
Deputat sifatida faoliyatim davomida amin bo‘ldimki, odamlar biror bir masalaga javob topish uchun, avvalo, mahallaning eshigini taqillatadi. Chunki mahalla odamlar uchun eng yaqin idora hisoblanadi, u fuqarolari bilan har doim yonma-yon, hamnafasdir. Kishilar qandaydir masala yuzasidan mahallaning imkoniyati, vakolatlari yetmasa, keyin boshqa kattaroq idoralarga borishadi. Buni ko‘rsatadiki, mahallaning “qo‘li uzun bo‘lsa, odamlarning mushkuli oson bo‘ladi”.
$$Nаmangan tumani$$dagi $$“Nam Motor Servis” korxonasi$$dagi uchrashuv muloqot go‘yat ko‘tarinki ruhda kechdi. Prezidentimiz dastlab korxona faoliyati bilan tanishdi. To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021 yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan ta’minlandi.
Prezidentimizga korxonaning istiqboldagi rejasi, navbatdagi bosqichlar haqida ma’lumot berildi. Loyihaning ikkinchi bosqichi may oyida, yakuniy bosqich esa yil oxiriga qadar ishga tushadi. Natijada ishlab chiqarish geografiyasi kengayadi. Yana 160 ga yangi mahsulot turi qo‘shilib, hamkorlik va ish o‘rinlari yaratiladi.
Davlatimiz rahbari boshqa tarmoqlar va korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eng muhimi, berilgan ko‘rsatma va takliflar yaqin kelajakda yirik korxonalar faoliyati samaradorligini oshiradi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ishchilar daromadlari sezilarli o‘sadi. Azni qat’iy, shijoatli namanganliklar tavsiya va takliflarni dasturga aylantirib, tashabbuskorlikni qo‘lga olgan holda ulug‘vor maqsadlar yo‘lida yanada dadillanishdi, deb ishonaman.
[ZIYOVUDDIN MANSUROV],$$O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI NАМАНГАН VILOYAT BO‘LIMI$$ RAHBARI, “EL-YURT HURMATI” ORDENI SOHIBI, VILOYAT KENGASHIDAGI O‘ZXDP DEPUTATI.
Viloyatimiz keyingi yillarda ancha taraqqiy topdi, o‘sdi, yuksaldi. Yangi sanoat zonalari, ayniqsa, aholi zich istiqomat qiladigan chekka hududlardagi kichik sanoat zonalari ishsizlikning qisqarishi, odamlar uchun qulay ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. Muhimi, viloyatimiz yil sayin emas, oy sayin, kun sayin, soat sayin o‘zgarayotganidan ko‘nglimda zavq, quvonch, iftixor tuyg‘ularining cheki yo‘q.
Tashrif davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirgan fikrlar, Nаманганni yana odamlarimiz farovonligini va daromadini rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslar, oshirishga qaratilgan ulkan rejalar, albatta, kundirishi tabiiyda.
Prezidentimiz $$Nаманган shahri$$da $Nаманган, Andijon va Farg‘ona viloyatlari$$ hokimlari hamda iqtisodiy kompleks mutasaddilari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishida $$Sayxunobod tajribasi$$ asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Mahallalarda ishsizlar, ehtiyojmandlarga alohida e’tibor qaratish, tashkiliy-noliyaviy ko‘mak berib, bandligini ta’minlash zarurligi aytildi. Buning uchun barcha nas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqin ishlaydigan tizim yo‘lga qo‘yishi qayd etildi. Mahallalarga hokimlik va barcha iqtisodiy idora xodimlari biriktirilib, ular xonadonlarda bo‘lib, imkoniyatlarini tahlil qiladigan bo‘ldi.
Qarang, qancha imkoniyat. Bir zamonlar odamlarimiz “ishlayman, tadbirkor bo‘laman” degan maqsad bilan hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar oldida kuchib, muammolari bilan o‘ralashib yurar edi. To‘siqlardan, qog‘ozbozliklardan charchab, rahbarlar eshigini taqillataverish joniga tekkandan keyin ishini oxiriga yetkazmay qo‘l siltagan holatlar ko‘p edi. Hozir vaziyat tamomila boshqacha. Hokimliklar, iqtisodiy idoralar vakillaring o’zi mahallalarga, xonadonlarga boradi, odamlar bilan bevosita suxbatlashadi.
Tomorqasi borlarning ham daromadi oshadi, hunarmandlikka uquvi borlarga xom ashyo, uskuna va aylanma mablag‘dan yordam beriladi. Tadbirkorlik istagi bo‘lsa, biznes loyihalar qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, qo‘lidan ish keladigan odamlar qo‘llab-quvvatlanadi, harakat qilgan odam endi kam bo‘lmaydi.
Bu galgi tashrifning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, u shunday muborak oylarda tashkil etildi. Shu kuni yurtimiz ming barcha hududlarida, viloyat, shahar va tumanlardagi hamma mahallalarda iftorlik dasturxonlari azilganidek Nаманganda ham iftorlik dasturxoni yozildi, viloyatdagi bu ehsonga Farg‘ona va Andijon viloyati nuroniylari ham tashrif buyurdi. Prezidentimiz ham bu iftorlikda ishtirok etdi. Uluğ kunlarda qilingan niyat va maqsadlar ro‘yobga chiqishiga ishonamiz.
Shu kuni yana bir muhim tashabbusdan viloyatimiz ahlini xabardor qilindi. $$Nаmangan viloyatid$$a yangi elektr stansiyalari qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda elektr iste’moli ancha o‘sganini va bu davom etishi inobatga olib, viloyatda jami qiymati 1,1 milliard dollar, quvvati 1 228 megavatt bo‘lgan uchta majmua loyihalashtirildi. Bular gidroelektr stansiyalar kaskadi hamda ikkita quyosh elektr stansiyasidir. Ushbu stansiya shu yil yakuniga qadar tarmoqqa ulanadi. Ularda 120 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Marosimda Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, mazkur yirik energetika loyihalari qurilishini boshlab beradi.
Odamlarimiz farovon yashashiga sharoit yaratish yangi $$O‘zbekiston siyosati$$ odamlarimiz farovon yashashiga xizmat qiladigan asosiy poydevorlaridan biridir. Buning uchun katta-kichik loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, ularning barqaror faoliyati uchun uzluksiz energiya ta’minoti nihoyatda zarur. Shu ma’noda, bugungi marosim ham tarixiy voqea. Barchangizni shunday yangi loyiha va tashabbuslar bilan tabriklayman, dedi davlatimiz rahbari.
Albatta, niyat yaxshiligida gap ko‘p. Yaxshi niyat bilan boshlangan ishlar xayrli bo‘ladi. Shu onda nimani o‘yladim, bilasizmi? Asosiy maqsad yangi imkoniyatlar eshigini ochish, investitsiyalarning kirib kelishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga erishish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilganini yana bir bor tushunib yetding. Bu o‘qilona siyosatning birgina ko‘rinishi, xolos. Eng quvonarlisi, odamlar orzu qilishga, yangi marralarni yuqori kayfiyat bilan har qanday marrani zabt etish mumkin.