🔍

Article

ORZULARNI AMALGA OSHIRISHGA KO‘MAKLASHMOQDA

By Toshtemir XUDOYQULOV, “O‘zbekiston ovozi” muxbiri • in 2023

SO‘NGGI YILLARDA OLIY TA’LIM TIZIMIGA NODAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR, SHUNINGDEK, KO‘PLAB XORIJIY OLIY O‘QUV YURTLARI VA FILIALLARNINING KIRIB KELISHI O‘ZINING IJOBIY TOMONINI KO‘RSATMOQDA. BIR JIHATDAN OLIY TA’LIMNING QAMROVI KENGAYSA, IKKINCHIDAN, DAVLAT VA NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA IJOBIY MA’NODA O‘ZARO RAQOBAT MUHITI SHAKLLANMOQDA.

Xulosa qilib aytganda, bugun oliy ta’lim tizimida ham bozor qonunlari ishlay boshladi, deyish mumkin. Har bir oliy o‘quv muassasasi sifatli kadrlar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor sifat­siz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natiijada raqobatbardosh kadr yaratish har bir oliy ta’lim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi. Natija esa kutilganidek yuqori bo‘ladi. Ta’limdagi islohotlar chuqur o‘ylangan holda olib borilayotganini kuzatish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda Xalq banki tomonidan ta’limni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy yordam berish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, moliya muassasalari respublikamizdagi 10 ga yaqin ta’lim dargohi bilan ishlamoqda. Shu islohotlar natijasida ko‘plab nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda.

Xususan yaqinda Xalq banki tomonidan jurnalist va bloggerlar uchun $$Toshkent viloyati$$ning $$Angren shahri$$da $$Angren universiteti$$ning ochilish marosimiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Tantanali tadbirda Angren shahar hokimi [Alisher Raimov] ishtirok etdi.

O”zingiz guvohi bo’ldingiz, bugun $$Angren shahri$$da $$Angren universiteti$$ning ochilishi shahar aholisining ko‘p yillardan beri kutgan orzusi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,” - dedi shahar hokimi. Tarixdan bilamiz, bu yerda bir qancha institutlar bo‘lgan. O‘tgani davomida institutlar markazlashgan, deyarli barchasi poytaxtimizga ko‘chirilgan. Bugun esa $$Angren shahri$$ning orzusi va fuqarolarimizning talab va takliflaridan kelib chiqib, nodavlat ta’lim muassasasi $$Angren universiteti$$ ochildi. E’tiborli jihati, bugun 2500 ga yaqin abituriyent talabalik orzusiga yetgan bo‘lsa, ularning qariyb 60 foizi hudud farzandlaridir. Ushbu universitet Xalq bankining yirik mijozlaridan biri bo‘lgan xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Xalq banki ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashish bilan birga, talabalar o‘qishi uchun ham moliyaviy yordam bermoqda. 2022 yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarining 40 foizi Xalq banki tomonidan amalga oshirilgan. Bank tomonidan 52 mingga yaqin talabaga to‘lov kontrakt puli to‘lab berilgan, shundan 78 foizi xotin-qizlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda universitetda 8 ta ta’lim yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan: davolash ishi, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, huquq ta’limi, moliya va moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyot (tar­moqlar va soha bo‘yicha), xorijiy til va adabiyoti kabi yo’nalishlardir. Aslida oliy ta’lim dargohiga 4 yanvardan 15 yanvargacha onlayn va oflayn tarzda abituriyentlardan jami 4200 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra 2500 ga yaqin talaba universitetga qabul qilindi. Pofessor-o‘qituvchilar tarkibi yosh, iqtidorli xodimlar bilan to‘la shakllantirildi. 70 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Universitetimiz Xalq bankining moliyaviy ko’magida tashkil etildi. Talabalarning 70 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lib, ular 100 foiz to‘lov kontrakt pulini Xalq banki to’lab berdi. Bugungi kunda banklar, xususan, Xalq bank xalqimizga xalqchi xizmatini ayamayapti.

Keyingi o‘quv yiliga yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish va magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Universitetning asosiy maqsadi jamiyatimizga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir.

$$Angren shahri$$ geografik joylashuvi bo‘yicha $$Toshkent viloyati$$ning barcha tuman va shaharlariga qulay, $$Farg‘ona vodiysi$$ bilan chegaradosh, mo‘’tadil iqlim sharoitiga ega ekani sababli talabalar tahsil olishi uchun juda qulay. Shuningdek, universitetda talabalar uchun kerakli sharoit to‘liq yaratilgan. Talabalar turar joyi, kutubxona, sport zal, axborot-resurs markazi to‘liq jihozlangan. Ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida har bir o‘quv xonalari kuzatuv kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, har bir dars mas’ullar tomonidan nazorat qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘quv reja va dasturlar tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan bo‘lib, xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan. Dars mashg‘ulotlarini interaktiv tarzda tashkil etish maqsadida xonalar oxirgi rusumdagi elektron doskalar bilan jihozlangan.

Men ham talaba bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldim, - deydi $$Angren universiteti$$ talabasi [Davlatbek Xolmatov]. Keyingi ikki yil­dan buyon $$Toshkent shahri$$dagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga hujjatlarimni topshirib, test sinovlarida belgilangan ballarni to‘play olmaganim uchun universitetga o‘qishga kira olmayotgan edim. Angren universitetiga hujjatlarimni topshirdim. Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. Endi men ham talabaman. Kelajakda rejal­arim ko‘p. Shu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib, ya’ni o‘qituvchi bo‘lib xalqimizga vijdonan xizmat qilishni niyat qilayapman. Ota-ona­m va meni yanada quvontirgan narsa Xalq banki to‘lov kontrakt pulini to‘lashda yordam bergani bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, universitetga qabul qilinganimdan so‘ng oila­mizda bir muammo paydo bo‘lgan edi. U ham bo‘lsa kontrak pulini qanday to‘laymiz, degan. Ammo bu muammo uzoqqa cho‘zilmadi. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati talaba bo‘lgan yig‘it-qizlarni kontrak pulida muammo bo‘lishini oldindan taxmin qilib, Xalq banki bilan gaplashib qo‘ygan ekan. Talaba kreditini olishda umuman qiyinchilik bo‘lmadi. Endi yaxshi o‘qib, xorijiy tillar o‘qituvchisi bo‘laman.

Press-tur ishtirokchilarining ikkinchi manzili poytaxtimizdagi nodavlat oliy ta’lim muassasi $$Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti$$ (TITU) bo‘ldi.

Ta’lim muassasida asosiy e’tibor ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiyot va insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan kelajak yetakchilarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, soliqlar va soliqga tortish, kompyuter injiniringi, pedagogika va psixologiya, xorijiy til va adabiyot (ingliz tili), boshlang‘ich ta’lim, tarix kabi yo‘nalishlar mavjud.

Universitetimizning istiqboldagi rejalari haqida qisqacha to‘xtalsam, deydi universitet rektori [Shavkat Mavlonov]. Kelgusi yildan boshlab xorijiy tillar yo‘nalishida nemis, fransuz, turk, fors tillari bo‘yicha ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida doimiy rivojlanishni ta’minlash, o‘quv jarayonlariga dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarni jalb etish, milliy va xalqaro ta’lim reytinglarida munosib o‘rinlarni egallashni maqsad qilganmiz.

Bundan tashqari, davlat standartlariga to‘la javob beradigan zamonaviy o‘quv binolari, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyi va sport zalini o‘z ichiga olgan oliy ta’lim majmuasini qurish rejalashtirilgan. Talabalarimizda shartnoma pullarida muammo bo‘lmasligi uchun universitet rahbariyati va Xalq banki o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Talaba bo‘ldim, mana, shartnomam qo‘limda turibdi, - deydi quvalik ^^Ziyoda Sheraliyeva^^. Juda xursandman. 15 yillik orzuimga erishdim. Tumanimizdagi kollejni tamomlaganimdan so‘ng bir yil universitetga hujjatlarimni topshirdim va test imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmadim. Shundan keyin taqdir taqo­zosi ekan, turmushga chiqdim. Oila va farzandlar tashvishi bilan bo‘lib, oliy ma’lumotli bo‘lish orzuim orzuli­gicha qolib ketadimi, deb o‘ylab yurardim. Ha, aytgancha, kollejni tamomlaganimdan keyin mutaxassisligim bo‘yicha 14 yildan buyon Farg‘ona viloyati Quva tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida monitoring guruhi 1-toifali inspektor vazifasida ishlab kelmoqdaman. Ammo bolalikdan pedagog, ya’ni o‘qituvchi bo‘lib, yosh­larga ta’lim-tarbiya berishni juda orzu qilganman.

Niyatim meni bir lahza bo‘lsa-da tark etmadi. Bu universitet ochilganini eshitib, oliy ma’lumotli bo‘lolmay yurganlarni o‘z bag‘riga olayotganini bilganimdan so‘ng, quvon­ganimdan bo‘lsa kerak, qanaqa qilib yetib kelganimni ham bilmay qoldim. Test imtihonlarini topshirdim va o‘tdim. Endilikda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida sirtqi ta’limda ta’hsil olaman. Bu hozirgi ish­imga ham ta’sir qilmaydi. Yana bir quvonganim, shartnoma pullarini talaba krediti orqali Xalq banki foizsiz o‘tkazib berarkan. Chin dildan xohlaganlarga mana shunday imkoniyatlar yaratib berayotganlardan juda minnatdorman.

Press-tur davomida bank faoliyati, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob oldik.

Total words

1,045

Unique words

665

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

13

TTR

0.636

Hapax

516

Distribution

Top frequency chart

Dataset