$$Konimex rayoni$$ng mehnatkashlari $$Muborak va Forish rayonlari$$ qorako‘lchilarning tashabbusini qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar va qo‘ychilikni rivojlantirish yuzasidan 1979 yil uchun oshirilgan sotsialistik majburiyatlar qabul qildilar. Qo‘zilatish kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish borasida $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ qabul qilgan qaror hamda $$Muborak va Forish qorako‘lchilar$$ning tadbirlari fermalar va sovxozlarning kollektivlarida muhokama etildi, bu qaror va tadbirlarni ko‘pgina cho‘ponlarning brigadalari keng qo‘llab quvvatlaydi, bu brigadalar ilgari qabul qilingan majburiyuatlari qayta ko‘rib chiqib yanada yuksakroq marralarni belgiladilar.
$$“Shofikron”, “Konimex” “Oktyabr 40 yilligi” qorako‘lchilik savxozlari$$ning kollektivlari har yuz bosh, sovliqdan 155-160 tadan qo‘zi olish yuzasidan sotsialisti majburiyatlarni qabul qildilar. Umuman rayon bo‘yicha 422 ming yoki har yuz bosh sovliqdan 150 tadan qo‘zi olish, 270 ming qo‘zini parvarish qilish uchun olib qolish va otar tuzish vaqtigacah, har bir sovliqdan bittadan qo‘zini parvarish qilish va yil oxirigacha qo‘y va echkilarni 600 ming boshga yetqazish yoki 120 ming bosh ko‘paytirish ko‘zda tutilmqda. Qorako‘l teri va jun yetishtirish hamda tayyorlash planlarini muvaffaqiyatli bajareishga, birinchi sort qorako‘l teri salmog‘ini 90 prosentgacha, har bir qo‘ydan qirqib olinadigan o‘rtacha jun miqdorini 3.1 kilogramga yetkazishga ahd qilindi. Hozirgi vaqtda rayon xo‘jaliklarida qo‘ylar yoppasiga qo‘zilay boshladi. Qo‘zilatish kampaniyasini muvaffaqiyuatli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 490 ta tiplyali qurildi va remont qilindi, hamma cho‘ponlar brigadalariga qo‘shimcha yordam yuborildi, zarur miqdordagi ishchi kuchi ajratildi, 280 nafar boniter va hisobchi tayyorlandi, fermalarning hodimlari uchun madaniy-maishiy sharoitlar yaratildi.
Article
Muborak va forishliklar tashabbusi bilan izidan TASHABBUS QO‘LLAB -QUVVATLANDI
Total words
218
Unique words
162
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
5
TTR
0.743
Hapax
125
Distribution
Top frequency chart
Dataset