[Alisher Navoiy] o‘z asarlarida haqiqiy sevgi, mardlik, go‘zallik va vatanparvarlik, xalqlar do‘stligi kabi umuminsoliy g‘oyalarni tarannum etgan. Ulug‘ mutafakkirning “Hamsa” asarlaridagi barcha dostonlari kabi *“Saddi Iskandariy”*da ham ayol obrazi go‘zal satrlar bilan bitilgan. Shoh Iskandar timsoli orqali adib uning hayotidagi ayollarni sharqona odob va hayo bilan gavdalantirgan.
[Navoiy]ning asarlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ideal ayol obrazini ko‘z oldimizga keltiramiz. Yana shu jihati bilan boshqa salaflaridan farqli ravishda uning no‘yob qalb egasi, kaftunkor inson jinsi va uning kuch-qudrati mislsiz darajada bo‘lishi mumkinligini yorqin tasvirlar bilan ko‘rsatgan. Oila deb atalgan kichkina mamlakatning tinchligi, kelajak avlod, millatning davom etishi uchun ayol kadr-qimmati baland bo‘lishiga, uning aql-idroki, farosati bilan yetuk farzandlarni tarbiyalashiga ishora beradi.
[Navoiy]ning Iskandar dostonida barcha xislatlari, davlatni boshqarish, xalq dardini eshitish, ilm-fan egalari bilan ishlash kabi jihatlar keng tasvirlanadi. Masalan, [Iskandar] o‘zidan kuchli bo‘lgan shoh [Doroni] yenggach, uning vasiyatini bajarishga harakat qiladi. Iskandar dildagi maqsadlarini bir guruh donishmandlarga izhor etadi. Donolar har bir kimsa taxti bo‘lsa, u o‘zidan keyin valiahd qoldirish tadbirini ko‘rmoq lozimligini bildiradi. Bu bilan [Navoiy] har bir insonning oilasi bo‘lishi, oilani esa nikoh orqali mustahkamlab, to‘y qilib xalqga bildirish kerakligini uqtiradi. Dunyoga keladigan farzandlar nikohli tug‘ilib, ota-onasini bilishi, oilada tarbiya topishi kerakligiga ishora qiladi. [Iskandar Doro]ning go‘zal qizi Ravshanakka uylanadi. [Doro]ning vasiyatiga ko‘ra, uning yolg‘iz qizi jufti halol qilib olinadi.
Ravshanak katta xotin, [Doro]ning shamchirog‘i. [Iskandar] nasl-nasabi jihatidan hamda [Doro]ga bergan va’dasiga vafo tarzida [Ravshan]akni juda hurmat qiladi. [Navoiy] bu jihatdan har bir erkak o‘z oilasi, jufti halolini hurmat qilishda shoh [Iskandar] kabi bo‘lishga chaqiradi.
Ishq bilan aql bir-biriga mos kelmaydigan insonning nozik xislatlari hisoblanadi. Aqlli odamlar uchun jonidan aziz narsa yo‘q, ammo ishq ega shohlariga jononidan ortiq jon yo‘q. Inson tabiati shunday yaratilgan bo‘lishiga qaramay, hayotni sevilib yashash kerakligini [Navoiy] asarlarida aytib o‘tadi.
Dostonda Hind shohi [Mallu]ning qizi ^^Nozmehr^^ (nozli quyosh) ham keltirilgan bo‘lib, u shoh joniga rohat baxsh etib, ruhini uning muloqotidan bahra oladi. Hindu, Kashmir zotidan bo‘lgan ^^Nozmehr^^ [Iskandar]ining ikkinchi xotini. [Iskandar]ning hazin joni ^^Nozmehr^^ ishqida azoblanar, yurakdan uni sevar edi. Hayotiy haqiqatga ko‘ra kundoshlar bir-biri bilan chiqishmaydi. ^^Nozmehr^^ ham yorini Ravshanakdan qizg‘onadi. [Navoiy] ushbu holatni ham sharqona odob doirasida ko‘rsatgan. Ya’ni, erkaklarni xotinlari o‘rtasida nizo chiqmasligi uchun o‘rtada tarozi bo‘lishga undaydi. Albatta, bir yurakka ikki sevgi sig‘maydi, ammo silani boshqarishda, uning tinchligini saqlashda shoh [Iskandar]ni ibrat qilib ko‘rsatadi. Shoh ikkala xotiniga ham e’tiborli bo‘lishga, ularning ko‘nglini qoldirmaslikka harakat qiladi.
[Navoiy]ning [Iskanda]rini yetti iqlim shohi deb ta’riflar ekan, uning mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishda xalqlarvarligini ulug‘laydi. Har bir mamlakat xalqining dardini eshitib, ularga yordam qilish choralarini qo‘llaydi. Shoh Iskandar Mag‘rib zaminiga yetib kelgach, xalq chumolilarga o‘xshash maxluqlardan aziyat chekayotganining guvohi bo‘ladi. Shuningdek, devsifat vahshiylarga duch keladi. Iskandar shunkorlari jangda yengila boshlaganda, maydonga Chin niqobli bir odam kirib keladi. Devsifat vahshiyni engib, g‘olib bo‘ladi. U kuchli raqiblarga mohir sarkarda kabi qilich o‘ynatib, shunkorlar yenga olmagan vahshiylarni maydondan chiqarib yuboradi. Iskandar uning kimligini bilishga qiziqqanda, u odam boshidan niqobini yechadi. U Chin qizi, chaqqon Hurzod bo‘ladi.
Chin xoqoni [Iskandar]dga uni berganida, uning go‘zalligi, san’atda sozandaligi va jangda mislsiz ekanligini ta’riflagan. Iskandar buni beztiyor bo‘lganini fahmlaydi.
[Alisher Navoiy] ayollarni ilm-fan va san’atda bilimdonligini *“Hamsa”*ning boshqa dostonlarida ham ko‘p marotaba madh etsa-da, bu dostonida ayolning jangda ham mislsiz darajada mohirligiga yuqori baho beradi. Bilamizki, sarkarda, sohibqiron [Amir Temur] askarlarining ichida ham shunday minglab ayollari bo‘lgan.
[Navoiy] o‘z davri hukmdorlarini ilm-fan ahllariga homiylik qilishlariga, ularning oqilona maslahatlarini tinglab, davlatni idora qilishga chaqiradi. Iskandar davlatni boshqarishda donishmandlar o‘gitlariga quloq tutadi.
Xulosa:
[Navoiy] yashagan davrda ayollarga munosabat zo‘r bo‘lmagan, ularning haq-huquqlariga bepisandlik bilan qaralgan. Dosti [Amir Husayn Boyqaro] saroyidagi haramda ham ko‘p ayollar bor edi. Hadi cha begim hukmdor ko‘ngliga yo‘l topgani uchun tez orada malikaga aylanadi. U farzandi valiahd bo‘lishini xohlaydi. Kundoshlik hissi yuqori bo‘lgan malika boshqa xotinlarni mensimaydi. [Husayn Boyqaro]ning suyukli xotini ^^Xadichabegim^^ning salbiy xislatlariga qarshi [Navoiy] ehtimol Ravshanak va ^^Nozmehr^^ obrazini misol tariqasida keltiradi. Ular kundosh bo‘lsa-da bir-birini hurmat qiladi. Bu bilan oilada ahillik, farzandlarning bir-biriga hurmatda bo‘lishi, mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishini istaydi. Chunki shoh haramlardagi ayollar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishini nazarda tutadi. Shu sababli Navoiy asarlarida yaratilgan ayol obrazlari jamiyat taraqqiyoti, mamlakat tinchligi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, har bir xotin-qizni ma’rifatli bo‘lishga undaydi.
[Navoiy] ilgari surgan fikrlar, g‘oyalar hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Biz buni muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan siyosatda ko‘rishimiz mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlarni, ya’ni ularning ta’lim olishi uchun berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholagan bo‘lar edik. Bizning mamlakatimizda ayolga e’tibor, uning yashashi va ta’lim olishi [Navoiy] orzu qilganidek bo‘layotgani kelajakka yaxshi umidlar bilan boqishga undaydi.