$$O‘zbekiston$$da yaxshi niyat bilan yangi boshlangan yilga nom beriladi. Avvallari yilga berilgan nomdan hamma bilardiki, yil davomida ma’lum darajada bo‘lsa ham o‘sha sohada yangiliklar qilinar edi. Lekin keyingi yillarda nomlar ham, rejalashtirilgan ishlar ham keng qamrovli bo‘lmoqda. Ya’ni, inson ham yuksalgan sari rejalarini kengroq va puxtaroq tuza boshlagani singari davlatchiligimiz yuksalgan sari rejalari ham teranlashmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan $$Yangi O‘zbekiston$$ning taraqqiyot strategiyasi hamda Prezidentning $$Oliy Majlis$$ va $$O‘zbekiston xalqi$$ga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq, aholining hayot darajasini yana-da yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or jahon standartlariga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da quyidagi rejalari amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Dastur loyihasi jamoatchilik muhokamasi va takliflari uchun ochiq
DAVLAT XIZMATLARI BO‘YICHA
2023 yil 1 iyuldan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlarida "Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish" choratadbirlari belgilanishi. Vazirlar 15 kun muddatda o‘z tizimida masofadan turib, shu jumladan, mobil ilovalar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni ko‘paytirish, undiriladigan to‘lovlar miqdorini kamaytirish, talab qilinadigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish, ko‘rib chiqish jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartirish, shaffoflikni oshirish, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonchalarini tashkil etish, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha tadbirlar dasturini tasdiqlab, aholi va tadbirkorlarga e’lon qilish.
$$Adliya vazirligi$$ va $$Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi$$ bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatadigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha 200 ta davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 73 foizga yetkaziladi. Hozirda esa, mavjud 770 dan ortiq davlat xizmatlaridan 262 tasi davlat xizmatlari markazi, 370 tasi (50 foiz) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladi.
IJTIMOIY HIMOYA BO‘YICHA
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada mazkur shakldagi davlat xizmatlari bilan 4 mln.ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qamrab olinishi ta’minlanadi.
Elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada yiliga o‘rtacha 300 mingta ariza bo‘yicha elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish xizmatlari proaktiv tarzda ko‘rsatilishi ta’minlanadi. Bujet mablag‘lari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarga subsidiyalar ajratish bilan bog‘liq barcha xizmatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini maxsus elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Masalan, 2022 yilda nodavlat bog‘chalar uchun elektron tizim orqali subsidiyalar ajratishga o‘tish orqali har oyda 20 mlrd. so‘m iqtisod qilingan.
Fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiya to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
Natijada 2,4 mingdan ortiq fuqaroga 21,7 mlrd. so‘m miqdoridagi pensiya to‘lab berilishi imkoniyati yaratiladi.
NOGIRONLIKNI BELGILASHGA QO‘SHIMCHA YENGILLIKLAR
Shu maqsadda 2023 yil 1 martdan boshlab nogironlik idoralaro elektron ma’lumot almashinuvi asosida fuqarolar kasalligining og‘irligi va uning asoratlaridan kelib chiqib, ularning ishtirokisiz belgilanadi.
Natijada yillik 27 ming nafar fuqarolar (25 foiz) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormaydi va ularga nogironlik sirtdan belgilanadi. Nogironlikni belgilashda davlat muassasalaridan kasallik tarixi ko‘chirmalari elektron tarzda qabul qilinadi (Toshkent shahrida aprobatsiyadan o‘tkazilgan) hamda ushbu ma’lumotlar asosida nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.
2023 yil 1 martga qadar nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasi loyihasi kiritilishi, unda:
Fuqarolarning mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasidan kelib chiqib nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechilib, uning o‘rniga jahon standartlari asosida nogironlikni belgilash va nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotga ijtimoiy moslashuvi va ularning sog‘ligini qayta tiklash;
Mustaqil harakat qilish imkoniyati bo‘lmagan shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (jamoat va ishlab chiqarish binolariga, sog‘liqni saqlash va sport obyektlariga, madaniyat va tomosha muassasalariga) moneliksiz kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay formatdagi axborot texnologiyalaridan foydalanishi, imo-ishora tilidan hamda muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.
Ijtimoiy modelga o‘tish tavsiyalari $$O‘zbekiston Respublikasi$$ tomonidan ratifikatsiya qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada belgilangan. Konsepsiyaning qabul qilinishi natijasida nogironlikni belgilashda xalqaro klassifikatsiya asosida axborot texnologiyalari joriy etiladi (kasalliklar shifrlanadi), nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaruriy sharoitlar yaratiladi (panduslar, ko‘tarma liftlar, surdo tarjimon, tovushli va vizual signalizatsiyalar va boshqalar) hamda ularni reabilitatsiya qilish bo‘yicha shaxsiy dasturlar ishlab chiqiladi.
TASHABBUSLI BYUDJET
Ushbu amaliyotni hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida:
2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln. so‘m, shundan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari uchun 4 trln. so‘m yo‘naltirish;
2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 4 trln. so‘m ajratish kutilmoqda.
Natijada mazkur tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori qariyb 2 baravar ko‘paytiriladi. Masalan, 2022 yilda ushbu tadbirlar uchun 4,3 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
2024 yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidan boshlab, davlat organlari tomonidan taklif etilgan ijtimoiy hamda muhandislik infratuzilma obyektlarini ushbu dasturga "Ochiq byudjet portalida ovoz berish jarayonida to‘plangan ovozlar soniga ko‘ra kiritish" amalga oshirish amaliyoti joriy etish nazarda tutilgan.
Natijada tashabbusli byudjet jarayoni orqali taqsimlanadigan mablag‘lar miqdori 8 trln. so‘mdan 23 trln. so‘mga (+15 trln. so‘m) yetadi.
SOG‘LIQNI SAQLASH BO‘YICHA
Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va uni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 taga yaqin ixcham nahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish; 18–40 yoshli 12,6 mln. nafar aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, 40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan 6,3 mln. nafar aholini yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 mln. nafar aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlardan o‘tkazish;
Spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bolalarni dori vositalari bilan ta’minlash;
Eshitish zaifligi mavjud bo‘lgan 250 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish, shuningdek, bunday operatsiyalar o‘tkazilgan 132 nafar bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish choralarini ko‘rish.
Natijada mazkur amaliy tadbirlarga 308,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.
QONUN USTUVORLIGI BO‘YICHA
Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish belgilangan:
Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida $$"Habeas corpus" instituti$$ni qo‘llash amaliyotini kengaytirish maqsadida tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni hatlashga sanktsiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish.
So‘nggi 3 yil ichida fuqarolarga tegishli 4 mingga yaqin mulklar tergovda hatlangan bo‘lib, ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha sud tomonidan ularning atigi 1,3 mingtasiga undiruv qaratilgan, 2,7 mingta mulk tergov davrida ortiqcha hatlanganligi sababli keyinchalik bekor qilingan.
Jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.
Hozirda jinoyat ishlari sudlarga faqat ayblov xulosasi bilan beriladi, natijada sudyalarda ish bilan tanishish jarayonida ayblovga moyillik paydo bo‘ladi. Jinoyat protsessida tomonlar tengligini ta’minlash maqsadida himoyachi fikri ham sudga kiritish belgilanishi.
Oliy sud, $$Adliya vazirligi$$ va $$Bosh prokuratura$$ mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha tegishli qonun loyihalarini Davlat dasturida belgilangan muddatlarda ishlab chiqib, kiritilishini ta’minlashi kutilmoqda.
TA’LIM SIFATI BO‘YICHA
Sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida:
2023 yil 1 sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bitta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyotini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.
Natijada 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi. Shuningdek, o‘quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasblar, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va "kreativ industriya" yo‘nalishidagi kasblarga o‘rgatiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.
Natijada, joriy yil davomida bepul ovqat berish tizimi bilan 2,5 mln. nafar o‘quvchi qamrab olinadi va ushbu maqsadlarga 2,7 trln. so‘mga yaqin mablag‘ ajratish ta’minlanadi.