🔍

Article

FRAKTSIYA SAVOLIGA JAVOB TOPILARMIKAN?

By Ahmad QURBONOV • in 2023

Kecha, 7 fevral kuni $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ning navbatdagi yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hafta boshida Turkiyada yuz bergan seysmik fojia turk xalqi bilan qardosh va bir ildizga borib taqaladigan o‘zbek xalqini ham chuqur iztirobga soldi. Hamdardlik ruhi parlamentga ham ko‘chgandek go‘yo. Har galgi majlislarda kun tartibidagi masalani chuqur muhokama qilib, keng munozaralarga boradigan deputatlarimiz bu gal bosiqroq kayfiyatda, muhokamalardan tiyilibroq turgandek bo‘ldi. Bunga balki kun tartibida yirik, konseptual masalalarning kamligi ham sabab bo‘lgandir. Balki, ayni vaqtda o‘zimda turk xalqiga hamdardlik kayfiyati ustun bo‘lganligi uchun boshqalardan ham shu kayfiyatni izlagandirman.

Xullas, majlisda dastlab "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mga oshirish hamda norresidentlarga bank aksiyalarini sotib olishga bo‘lgan taqiqni saqlagan holda, ularning aksiyadorlari va benefisiarlari uchun mazkur taqiqni bekor qilish belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi banklarning kapitalizatsiya darajasini oshirish, resurs bazasini ko‘paytirish, bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish hamda banklarning investitsion jozibadorligini oshirish orqali strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

SUD ODIL QAROR CHIQARISHI UCHUN PROKUROR NIMAGA KERAK?
Majlisda muhokama qilingan keyingi masala "Sudlarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibini takomillashtirish munosabati bilan $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Ushbu qonun loyihasi $$Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi$$ yig‘ilishida muhokama etilganda qizg‘in bahs-munozaralar kelib chiqqan edi.

Oliy sud tomonidan tashabbus qilingan mazkur loyiha yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, bu sohada qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, sudlarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Sudlar tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda davlat manfaatlari ifodasiga zarurat kuchaygani qayd etilgan. Shu sababli mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar yuzasidan davlat manfaatlari bilan bog‘liq ishlar muhokama qilinayotganda prokurorning majburiy ravishda ishtirok etishini belgilash nazarda tutilgan.

Oliy sud taklif etayotgan mazkur me’yor bir qancha savol va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim deputatlar "Prokuror qatnashmasa, sud odil hukm chiqaroladimi?" degan savolni qo‘ydi, sudlar mustaqilligiga erishish juda muhim masala bo‘lib turganda, bunday yangilikka nima zarurat borligini izohlashni so‘rashdi.

Boshqa deputatlar esa yer uchastkalari bilan bog‘liq nizolar ko‘rilayotganda sudda prokurorlar qatnashishi davlat idoralarining noto‘g‘ri faoliyatidan jabrdiyda bo‘lgan fuqaroning zarariga ishlashini ta’kidlashdi.

$$O‘zXDP fraktsiyasi$$ning ayrim a’zolari qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishdi. Uzoq bahs-munozaralardan so‘ng, parlament quyi palatasining mas’ul qo‘mitasi vakili ikkinchi o‘qishga qadar savollar va e’tirozlar ustida keng va chuqur ishlashini aytib, fraktsiyadan birinchi o‘qishda qo‘llab berishni so‘radi. Deputatlar ko‘pchilik ovoz bilan qonun loyihasini mazmunan ma’qul qildi.

Yalpi majlisda qonun loyihasi haqida Oliy sud raisi o‘rinbosari qo‘shimcha tushuntirish berdi, lekin savollar baribir bo‘ldi. Qonunchilik palatasi spikeri loyiha ijodkorlariga bir qator savollar bilan murojaat qildi: "Davlat manfaatlari bilan bog‘liq sud ishlarida prokuror ishtirokini majburiy qilishni taklif qilayapsizlar, lekin ko‘rilayotgan ishda davlat manfaati bor-yo‘qligi qanday aniqlanadi?"

Savolga aniq, asosli, huquqiy mantiq nuqtai nazaridan rad etib bo‘lmaydigan javob berilmadi.

Loyihani keyingi o‘qishlarga tayyorlayotganda davlat manfaati bor yoki yo‘qligini aniqlash mexanizmi ishlab chiqilishi kerakligi ta’kidlandi.

Nimagadur aksar deputatlar qonun loyihasining ichiga chuqurroq kirmagandek tuyuldi. Yoki Oliy sud raisi o‘rinbosari sobiq deputat bo‘lganligi sababli u tushuntirgan qonun loyihasining ezguligiga to‘liq ishonishdi. Qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Ikkinchi o‘qishda qonun loyihasi oson o‘tmasligi kutilmoqda.

Bu yerda yana bir masala bor: ayrim huquqshunoslarning kuzatishicha, Oliy sud turli tashabbuslar orqali o‘zidagi yuklamani kamaytirishga urinayotgani mumkin. Bunday mantiqsiz gaplarga qo‘shilish qiyin, Oliy sudning vijdoniga shubha qilish yaxshi emas.

KOPROQ ISH, KAMROQ SOLIQ
Shuningdek, majlisda $$"O‘zbekiston Respublikasi$$ning ayrim qonun hujjatlariga nora rasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokamadan o‘tdi.

Prezidentimizning 2022 yil 30 avgustdagi tegishli qarori ijrosidan ish olib chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan $$Soliq kodeksi$$ hamda "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, $$Soliq kodeksi$$ning 408-moddasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Ya’ni, o‘zgarishdan oldin tadbirkor bitta yollanma ishchi uchun yiliga 1 mln 800 ming so‘m davlatga soliq to‘lagan bo‘lsa, yangi loyiha bo‘yicha yiliga bir marta 300 ming so‘m to‘lashi belgilangan.

Lekin savdo majmualari va bozorlarida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun amaldagi tartib saqlab qolinadi.

Shu bilan birga, "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunning 11-moddasi ikkinchi qismiga kiritilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar), issiqxona, parrandachilik (bedana, kurka, goz, o‘rdak), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga ularning tegishli tomorqa yer uchastkasi maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalar sonidan qat’i nazar, ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat etilishi belgilanyapti.

Shu sababli "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonundan yer uchastkasi maydoniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlanmoqda.

Xalq vakillarining aytishicha, ushbu qonun loyihasi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

E’tiborli, qonun loyihasi nora smiy bandlik ulushini qisqartirishga, rasmiy sektor bandidlar ulushini oshirishga hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishga zamin yaratadi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Loyihani yanada takomillashtirish, puxta holatga keltirish bo‘yicha ko‘plab takliflar ilgari surildi.

Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasining bugungi kundagi ahamiyati va zarurati e’tiborga olinib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi so‘ngida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyaning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Qayd etilishicha, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq qonun loyihalari yuzasidan berilgan 50 dan ortiq takliflar tegishli qonun loyihalarini maromiga yetkazish jarayonida foydalanilgan. Majlisda komissiyaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Shu tariqa parlament quyi palatasining yana bir majlisi o‘z nihoyasiga yetdi. Majlislarda deputatlar ko‘p ishlatadigan "juda muhim" degan jumla bor. Darhaqiqat, qonunchilikka kiritilayotgan har bir o‘zgarish va qo‘shimcha juda muhim. A’niq va tizimli ishlaydigan qonunlar davlatimiz rivoji uchun birinchi, aslida eng kuchli asosdir.

Total words

987

Unique words

607

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

8

TTR

0.615

Hapax

440

Distribution

Top frequency chart

Dataset